Yodlash uchun she’rlar: Agar bolalar ikki misrali she’r shaklini eslab qolish imkoniyatiga ega bo’lsalar she’r misralarini 6-7 qatorgacha kengaytirish lozim. Yodlash uchun she’rlarni logopedning o’zi tanlaydi.
Uyushiq bo’lakli gaplar: Uyushiq bo’lakli gaplar ustida olib boriluvchi logopedik ishni umumlashtiruvchi tushunchalar ustidagi ish bilan bog’lash maqsadga muvofiqdir. Agar bosh kelishikda ot va sifatni moslashtirishni bolalar hech bir qiyinchiliksiz o’zlashtirsalar, ularga ot va sifatni egalik sifatlarida muvofiqlashtirish taklif etiladi.
Fe’lning grammatik shakllarini taqqoslash
Bunday logopedik ish fe’llarning shaxs, son, birlik-ko’plik kategoriyalarini va bolalarga so’z birikmalarida beriluvchi nutqning boshqa qism kategoriyalarini (olmosh, ot) keyinchalik bolalar tomonidan o’zlashtirishiga yordam beradi.
Logoped asosiy e’tiborni, aynan bir fe’lni hozirgi va kelasi zamonda taqqoslashga qaratish lozim. Bu bolani bajarilayotgan harakatni farqlashga, ularga birmuncha aniqlik kiritishiga o’rgatadi. Ravishni imkon qadar ko’proq xozirgi zamon fe’li bilan birga qo’llash tavsiya etiladi. (hozir, mana, bugun) avval, ilgari, allaqachon, kecha – ravishlarini esa o’tgan zamon fe’li bilan qo’llash tavsiya etiladi. Kelasi zamon fe’llari dastlab yordamchi so’zlar bilan birga beriladi: bo’ladi, bo’lamiz kabi.
Bolalarni mos keluvchi savollar qo’ya turib, fe’lning grammatik shaklini to’g’ri qo’llashga o’rgatish lozim. Masalan, nima qilyapti? Nima qilyaptilar? Nima kildilar? kabi.
Murakkab gapni shakllantirish.
(Ergashgan va bog’langan qo’shma gap)
Bolalar uyushiq bo’lakli sodda gaplarni to’g’ri tuzishni o’rganganlaridan so‘ng trli ko’rinishdagi murakkab gaplarni tuzishga etish tavsiya qilinadi. Murakkab gap ustida olib boriluvchi logopedik ish bog’langan qo’shma gapdan boshlanadi, so’ng ergashgan qo’shma gapga o’tiladi.
Bolalarni murakkab gapni sintaktik va grammatik jihatdan to’g’ri tuzishga o’rgatish jarayonidan nutqning savol-javob shaklidan foydalanish qulaydir. Shu sababli ishning dastlabki bosqichlarida bolalardan faqat qo’yilgan savolga javob bo’luvchi murakkab gapning ikkinchi qismini talaffuz qilish talab qilinadi. (Logoped: «Nima uchun ayiqcha xafa bo’lib o’tiribdi» Bola: «Chunki, u toliqqan»)
Keyinchalik murakkab gap butunligicha to’liq talaffuz qilinadi. Bugun gapning sintaktik va grammatik jihatdan to’g’ri tuzilganligini kuzatib borish muxim. Chunki ergashgan gapda byuolalar gox bog’lovchining ikkinchi qismini, goh egani tushirib qoldiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |