Tranzaksiya bo‘yicha agentning yakuniy hisoboti
Provayder
|
Servis
|
So‘mma
|
Hisob-
varaqqa
so‘mma
|
Agentning
vositachilik
haqi
|
Tranzaksiya-
lar soni
|
UzMobile
|
Hisob-varaqni to‘ldirish
|
3 000
|
2 820
|
120
|
1
|
Bilayn
|
Hisob-varaqni to‘ldirish
|
344 400
|
323 990
|
13 522
|
114
|
UCell
|
Hisob-varaqni to‘ldirish
|
514 905
|
484 549
|
20 058
|
218
|
Jami:
|
862 305
|
811 359
|
33 700
|
333
|
Provayder
|
Naqd so‘mma
|
Plastik
kartalar-
dan so‘mma
|
Qayd
etilgan
naqd so‘mma
|
Depozitdan
olingan
naqd so‘mma
|
Haq
|
Tranzak-
siyalar
soni
|
UzMobile
|
3 000
|
0
|
2 820
|
2 880
|
120
|
1
|
Bilayn
|
344 400
|
0
|
323 990
|
330 878
|
13 522
|
114
|
Ucell
|
514 905
|
0
|
484 549
|
494 847
|
20 058
|
218
|
Jami
|
862 305
|
0
|
811 359
|
828 605
|
33 700
|
333
|
Yuqorida keltirilgan muomalalar korxona buxgalteri tomonidan quyidagi tartibda hisobga olingan:
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
So‘mma
(so‘m)
|
hisobvaraqlar korrespondensiyasi
|
Debet
|
kredit
|
Bosh agent bilan shartnoma tuzish chog‘ida kafillik badali o‘tkazilgan
|
1 500 000
|
5530
4890
|
5110
5530
|
Jismoniy shaxslardan naqd pul mablag‘lari (to‘lovlar) qabul qilingan
|
862 305
|
5010
|
4890
|
Naqd pul mablag‘lari inkassatsiyalangan
|
862 305
|
5710
5531
|
5010
5710
|
Aholidan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan haq so‘mmasi aks ettirilgan
|
33 700
|
5110
4890
|
5531
9030
|
Maxsus hisobvaraqdan pul mablag‘lari bosh agentga kafillik badali sifatida o‘tkazilgan
|
828 605
|
4890
|
5531
|
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Korxona chet tashkilot kuchi bilan sex qurmoqda. Buning uchun qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasi tuzildi .Shartnomaga ko‘ra pudrat tashkiloti obyektni zarur materiallar bilan ta’minlashi, shuningdek, ularning saqlanishi va qurilish subyektigacha tashilishini tashkil qilishi kerak. Buyurtmachining o‘z omborida pudrat tashkilotiga berish majburiyatini olgan 3000000 so‘mlik so‘mmadagi materiallar, shu jumladan QQS-500 000 so‘m mavjud. Pudratchi uchun sexning umumiy smeta qiymati 70 mln so‘m (QQS bilan birga) Buyurtmachi subyektni 70 mln so‘mlik qiymat bo‘yicha kirim qiladi.
Talab qilinadi:
Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Masala. Shakar ishlab chiqarish zavodidan temiryo‘l orqali ulgurji savdo tashkilotiga 25 tonna shakar jo‘natilgan. Yuk ortilgan vagon belgilangan stansiyaga 21.12.da kelgan va yuklarni tushirishga berilgan. Shakarni qabul qilish paytida 23.12 kuni dalolatnoma rasmiylashtirilib, komissiya tarkibiga ombor mudiri T.Nizomov va O.Egamovlar va buxgalter N.Qosimovlar kiritilgan. Dalolatnomada ko‘rsatilishicha mol yetkazib beruvchining hujjatiga muvofiq 25000 kg shakar, har bir kilogrammi 120 so‘mdan umumiy so‘mmasi 3000000 so‘mni tashkil qiladi. Shakarni tortib ko‘rilganda 150 kg shakar so‘mmasi 18000 so‘m kam kelganligi ko‘rsatilgan. Qabul qilish dalolatnomasiga asosan 24850 kg shakar buxgalteriyada kirimga olingan. Kamomad so‘mmasi 2010 «Ishlab chiqarish xarajatlari» schotiga hisobdan chiqarilgan. Dalolatnoma hech kim tomonidan tasdiqlanmagan. Shakarni tashish paytidagi tabiiy kamayish normasi 0,15% etib belgilangan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring va holatga baho bering.
Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor quyidagilarni aniqladi: Hisobot davri boshiga materiallar qoldig‘i 2000 ming so‘m bo‘lib, hisobot davrida asosiy ishlab chiqarish uchun 1000 ming so‘mlik, yordamchi ishlab chiqarishga 200 ming so‘mlik, transport vositalarining remonti uchun 50 ming so‘mlik, boshqaruv extiyojlari uchun 10 ming so‘mlik, yotoqxonani ta’mirlash uchun 70 ming so‘mlik material sarflangan. Ushbu muomalalarni aks ettirish uchun buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilingan:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» -1000 ming so‘m;
Debet 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» -200 ming so‘m;
Debet 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» -60 ming so‘m;
Debet 9410 «Sotish xarajatlari» -70 ming so‘m;
Debet 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» -180 ming so‘m;
Kredit 1000 «Materiallar» -1330 ming so‘m.
Talab qilinadi: Materiallarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq noto‘g‘ri buxgalteriya provodkalarini aniqlang. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. Chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona tomonidan ikki kamerali sovutkich 800 ming so‘mga sotildi. Uning xarid qiymati 620 ming so‘mni tashkil qiladi. Ushbu tovarda yashirin nuqsonlar borligi aniqlanganligi sababli xaridor bir haftadan keyin uni qaytarib berdi, o‘z navbatida, unga o‘zi to‘lagan to‘lov so‘mmasi qaytarildi. Korxonada tovarlar hisobi sotish narxi bo‘yicha yuritilgan. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi operatsiyalar quyidagicha buxgalteriyada hisobga olingan:
Do'stlaringiz bilan baham: |