Aniqlovchi – hokim bo‘lakdan anglashilgan predmetning belgisini yoki
uning kimga qarashli ekanini bildiruvchi bo‘lak.
Buyruq gap – buyurish, da’vat qilish mazmunini bildiruvchi gap.
Darak gap – xabar, darak mazmunini bildiruvchi gap.
Dialog – ikki kishi o‘rtasidagi suhbat.
Ega – kesimga bog‘lanib, kim? nima? qayer? so‘roqlariga javob
bo‘luvchi bosh bo‘lak.
@attestatsiya_uzb
Fonetika – nutqning tovush tizimini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Gap – ohang va fikr tugalligiga ega bo‘lib, kesimlik shakllari
orqali ifodalanuvchi so‘z yoki so‘zlar qo‘shilmasi.
Grafika – yozma nutqning harflar tizimini o‘rganuvchi tilshunoslik
bo‘limi.
Hol – kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildiruvchi bo‘lak.
Ibora – ma’nosi bir so‘zga teng keladigan ko‘chma ma’nodagi
so‘zlar qo‘shilmasi.
Istak gap – istak, xohish mazmunini bildiruvchi gap.
Kesim – gapning mazmuniy markazi.
Ko‘chirma gap – o‘zgalarning aynan keltirilgan gapi.
Leksikografiya – lug‘at va uning turlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Leksikologiya – so‘z va uning xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik
bo‘limi.
Morfologiya – so‘z turkumlari va ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi
tilshunoslik bo‘limi.
Mustaqil so‘zlar – atash ma’nosiga ega bo‘lgan, so‘roqqa javob bo‘ladigan,
sintaktik vazifa bajaradigan so‘zlar.
Orfoepiya – so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz qilinishini o‘rgatadigan tilshunoslik bo‘limi.
Orfografiya – so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini o‘rgatadigan tilshunoslik
bo‘limi.
Paronim – aytilishi va yozilishiga ko‘ra bir-biriga yaqin so‘zlar.
Punktuatsiya – tinish belgilari haqidagi tilshunoslik bo‘limi.
Sintaksis – so‘zlarning bog‘lanishi, gap va uning turlarini o‘rga nuvchi tilshunoslik bo‘limi.
So‘roq gap – so‘roq ma’nosini bildirgan gap.
So‘z birikmasi – ikki va undan ortiq so‘zlardan birining ikkinchisiga tobelanishi natijasida hosil
bo‘lgan so‘zlar qo‘shilmasi.
Takroriy so‘z – bir asosning takrorlanishidan hosil bo‘lgan so‘zlar qo‘-
shilmasi.
Tasviriy ifoda – narsani aniq atamay, tasvirlash uchun qo‘llangan so‘zlar qo‘shilmasi.
To‘ldiruvchi – hokim bo‘lakka kelishik qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar orqali bog‘langan
bo‘lak.
Undalma – so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani bildiruvchi bo‘lak.
Undov gap – buyurish, yalinish, do‘q-po‘pisa mazmunini bildirgan gap.
Uyadosh so‘zlar – bir umumiy mavzu ostiga birlashuvchi so‘zlar.
Uyushiq bo‘lak – gapda bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, bir xil vazifa bajarib
keluvchi bo‘laklar.
Yordamchi so‘zlar – atash ma’nosini anglatmaydigan, so‘roqqa javob bo‘lmaydigan va sintaktik
vazifa bajarmaydigan so‘zlar.
Zid ma’noli so‘zlar – qarama-qarshi ma’noli so‘zlar.
Shakldosh so‘zlar – yozilishi va aytilishi bir xil, lekin ma’nosi turlicha
bo‘lgan so‘zlar.
Shevaga xos so‘zlar – faqat ma’lum bir hududdagina ishlatiluvchi so‘zlar
🔹️🔹️🔹️🔹️
Attestatsiya kanaliga obuna bo‘ling:🔹️🔹️🔹️
Do'stlaringiz bilan baham: |