08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
21/232
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonuniy vakil: o‘zi vakillik qilayotgan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki
sudga chaqirilganligidan xabardor bo‘lish; o‘zi vakillik qilayotgan qamoqdagi shaxs bilan xoli
uchrashish; o‘zi vakillik qilayotgan shaxs ushbu Kodeksga muvofiq ega bo‘lgan
protsessual
huquqlarni amalga oshirish huquqiga ega.
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi O‘RQ-587-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonuniy vakil: o‘zi vakillik qilayotgan shaxsga nisbatan o‘tkaziladigan protsessual harakatlarda
ishtirok etishi; surishtiruvchining,
tergovchining, prokurorning va sudning chaqiruvlariga binoan
hozir bo‘lishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish,
soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga
urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar orqali to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi
vaqtida tartibga rioya etishi shart.
(61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi O‘RQ-587-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son)
Qonuniy vakil guvoh sifatida so‘roq qilinishi,
shuningdek himoyachi, fuqaroviy da’vogar yoki
fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Bunday hollarda qonuniy
vakil yuqorida aytib o‘tilgan protsess ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlariga ega bo‘ladi.
62-modda. Jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning va fuqaroviy javobgarning vakillari
Jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakillari tariqasida
advokatlar, vakil sifatida ishtirok etishga maxsus ruxsatnomalari bo‘lgan
shaxslar, surishtiruvchi,
tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga ko‘ra ishda qatnashishga ruxsat berilgan yaqin
qarindoshlar va boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Vakilning ishda ishtirok etishi
uchun uning jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy
javobgar bilan tuzgan topshiriq shartnomasi asos bo‘ladi. Yuridik shaxsning
vakili sifatida uning
rahbari ishtirok etishi uchun alohida vakolatnoma kerak emas. Rahbar tomonidan berilgan ishonch
qog‘ozi bo‘yicha yuridik shaxslarning vakillari sifatida uning shtatdagi xodimlariga va advokatlarga
ruxsat etiladi.
Jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili ishda o‘zi vakillik
qilayotgan shaxs bilan birga, shuningdek uning o‘rnida ham ishtirok etadi. Jabrlanuvchi, fuqaroviy
da’vogar va fuqaroviy javobgar ish yuritishning istalgan vaqtida vakildan voz kechishga yoki boshqa
shaxsni vakil qilib olishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: