1.3 «Ta'lim to’g’risida»gi Qonun
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 9 sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta'lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Shu munosabat bilan yurtboshimiz «Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida nutq so’zlab, ta'lim-tarbiya tizimida islohatlar o’tkazish zarurati va omillarini asoslab berdilar.
“Ta'lim to’g’risidagi” ushbu qonun 5 bo’lim, 34 moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |