6.5.3.Mustaqil ishlash uchun masalalar
1-masala.
O’zaro hamkorlikda mahsulot ishlab chiqaruvchi firmalardan biri jami 10mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarib 5mlrd. so’mlik mahsulotini eksport qilgan. Ikkinchi firma esa jami 20mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarib 8mlrd. so’mlik mahsulotini eksport qilgan.
Topshiriq:
Har bir firma rejalashtirgan hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun har 1 mlrd. so’mlik mahsulot hajmiga ikkinchi firmaning necha so’mlik mahsulotini iste’mol qilganligini aniqlang.
2-masala.
1-masala shartida firmalar eksport hajmini ikki barobar oshiradigan bo’lsa, har bir firma ikkinchi firmaning necha so’mlik mahsulotini iste’mol qilishi kerak?
3-masala.
O’zaro hamkorllikda ikki ko’ptarmoqli fermer xo’jaliklari mos ravishda 15 va 16mln. dollorlik mahsulot ishlab chiqarib o’z ichki iste’molida foydalanish uchun har bir fermer xo’jaligi 2,5mln. dollorlikdan mahsulot qoldirganlar.
Bir mln.dollorlik mahsulot ishlab chiqarish uchun birinchi fermer xo’jaligi jami ishlab chiqargan mahsulotinig 2 foizi miqdorida ikkinchi fermer xo’jaligi mahsulotidan, ikkinchi fermer xo’jaligi esa ishlab chiqargan mahsulotining 3 foizi miqdorida birinchi fermer xo’jaligi mahsulotidan foydalangan.
Topshiriq
Har bir fermer xo’jaligi qancha miqdordagi mahsulotini eksport qilgan?
4-masala
Ikki gaz va elektr ta’minoti korxonalari hududdagi iste’molchilarning talablarini qondirish uchun gaz ta’minoti korxonasi 2mlrd so’mlik elektr energiyasini iste’mol qilib 12 mlrd. so’mlik gazni aholiga etkazib bergan. Elektr energiya tarmog’i esa 1,5mlrd. so’mlik gaz yoqilgisini sarflab 20mlrd. so’mlik ishlab chiqargan elektr energiyasini 2mlrd. so’mlik qismini o’zi iste’mol qilgan.
Topshiriq
Gaz ta’minoti korxonasi ichki iste’moli uchun qancha miqdorda gaz sarflaganligini aniqlang.
Elektr energiyasi ta’minoti korxonasi o’z mahsulotini qancha miqdorini aholiga etkazib berganligini aniqlang.
Adabiyotlar
Абдуллаев О.М., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Эконометрика. Учебник. –Т.: ”Fan va texnologiya”. 2007. – 612 с.
Абдуллаев О.М., Жамалов М.С. Эконометрическое моделирование. Учебник. –Т.: Fan va texnologiya. 2010. – 612 с.
Айвазян С.А. Прикладная статистика и основы эконометрики. Учебник. – М. ЮНИТИ, 2007. – 345 с.
4. Валентинов В.А. Эконометрика: Учебник. –М.: ИТК «Дашков и К˚», 2009. – 367 с.
5. Greene W.H. Econometric Analysis. Prentice Hall. 7th edition, 2011.–1232 p.
6. Christopher Dougherty. Introduction to Econometrics. Oxford University Press, 2011. – 573 p.
Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 5th edition, 2009. – 922 p.
8. Кремер Н.Ш. Эконометрика: Учебник.–М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008. –562с.
9. Nasritdinov G. Ekonometrika. O’quv qo’llanma. Toshkent: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. 252 b.
10. Практикум по эконометрике. Учебное пособие/И.И. Елисеева и др. М.: “Финансы и статистика”, 2003. -192.
11. Эконометрика: Учебник/ Под редакцией И.И.Елисеевой. - М.: Финансы и статистика, 2003. – 344 с.
12Shodiev T.Sh. va boshqalar. Ekonometrika. –T.: TDIU, 2007. – 270 b.
13. Habibullayev I. Iqtisodiy matematik usullar va modellar: o‘quv qo‘llanma / O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. -Toshkent: “Tafakkur-Bo’stoni”, 2012. 112 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |