Asbob-uskuna tanlash uchun hisoblash shartlari


Yuqori kuchlanish uzgichlari



Download 2,97 Mb.
bet10/15
Sana20.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#827685
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5. El stansiya o\'tkaz va el asbob uskuna tanlash

Yuqori kuchlanish uzgichlari
Uzgichlar ishchi va avariya toklarini uzish va ulash uchun xizmat qiladi. Uzgichlar quyidagi asosiy qismlardan iborat.
1) korpus yoki bak;
2) chiqishlar;
3) kontaktlar tizimi;
4) yoy so'ndirish qurilmasi;
5) yoy so'ndirish muhiti (havo, moy, elegaz, vakuum);
6) uzgichning yuritmasi (qo'lda, havoli, solenoidli).
Yuqori kuchlanish uzgichlariga quyidagi talablar qo'yiladi:
• har qanday toklarni ishonchli uzish;
• uzish vaqtining kichikligi;
• tez ishlovchi avtomatik qayta ulashni ta'minlash;
• 110 kV va undan yuqori kuchlanish uzgichlarini faza bo'yicha boshqarish imkoniyati;
• kontaktlarni ko'zdan kechinsh va reviziya qihshnmg qulayhgi;
• yong'in va portlashga xavfsizlik;
• transportirovka qilish va ishlatishning qulayligi.
O'rnatilishiga ko'ra uzgichlar ichkariga va tashqariga o'rnatiladigan va yig'ma taqsimlash qurilmalari uchun ishlab chiqariladi.
Ajratgichlar bu kontaktli kommutatsion asbob bo'lib, u toksiz va kichik tokli elektr zanjirlarni ulash yoki uzish uchun xizmat qiladi. Ajratgich xavfsizlikni ta'min­lash maqsadida uzilgan holatda kontaktlari orasida izolatsiya oralig'iga ega bo'ladi.
Ta'mirlash ishlari paytida ta'mir uchun chiqarilgan asbob-uskunalarning tok o'tkazuvchisi va kuchlanish ostida qolgan tok o'tkazuvchi qismlar orasidagi ajrat-gich tomonidan ko'rinadigan uzilish hosil qilinadi.
Ajratgichlar yordamida yuklama toklarini uzish mumkin emas, chunki ajratgichlarning kontakt tizimi yoy so'ndiruvchi qurilmaga ega emas, shuning uchun yuklama toklarini noto'g'ri uzish hollarida turg'un yoy hosil bo'lib, bu hoi fazalararo qisqa tutashuvga va ishlayotgan shaxsning baxtsiz hodisaga uchrashiga olib kelishi mumkin. Ajratgichni ishlatishdan avval zanjiri o'chirgichi yordamida uzilgan bo'lishi kerak.


Qisqa tutashtirgichlar va uzgichlar
Qisqa tutashtirgich -- bu kommuta-tsion asbob bo'lib, elektr zanjirda sun'iy qisqa tutashuvni hosil qilingandan so'ng shikastlangan transformatorni uzish uchun podstansiyalarning soddalashtiilgan sxemalarida keng qo'llaniladi. 35 kv li qurilmalarda qisqa tutashtirgichning ikki qutbi qo'llanilib, ular ishga tushganda sun'iy ravishda ikki fazali qisqa tutashuv hosil bo'ladi. Neytrali yerga tutashtirilgan qurilmasi (110 kV va un­dan yuqori) qisqa tutashtirgichning bir qutbi qo'llaniladi. KZ-35 tipli qisqa tutashtir­gichning tuzilishi 9-rasmda ko'rsatilgan. Qisqa tutashtirgichlar yuritmasi, kuchlanish ostida bo'lgan qo'zg'almas kontaktga yerga tutashtirilgan pichoqning ulanishini ta'minlaydigan prujinaga ega. Yuritmaning ishlashi uchun rele muhofazasidan impuls beriladi. Uzish qo'lda bajariladi.

9-rasm. KZ-35 qisqa tutashtirgichi:


1-pichoq; 2-qo'zg'almas kontakt; 3-izolator; 4-yerga tutashtirish shinasi; 5-rama
Qisqa tutashtirgichni ulashda yoy hosil bo'lishini va asbob-uskunalarning buzilishining oldini olish uchun, pichoqning Tok keltiruvchi katta tezlikda harakatlanishini ta'minlash kerak. Hozirgi tuzilishlarda qisqa tutashtirgichni ulash vaqti 0,4—0,5 s ni tashkil etadi.
Ulashni tezlatish uchun pichoqqa harakatning poroxli zaryadning portlash kuchini beradigan tuzil-ishli qisqa tutashtirgichlar ham mavjud. Uzgich tashqi ko'rinishi jihatidan ajratgichdan farq qilmaydi, lekin unda uzish prujinali yurit­masi bor. Uzgichni ulash qo'lda bajariladi. Uzgichlar, ajratgichlar singari, bir yoki ikki tomondan yerga tutashtiruvchi pichoqlarga ega bo'lishi mumkin. Mavjud OD laming tuzilishlarining kamchiligi bo'lib, ularni uzish vaqtining juda kattaligi hisoblanadi (0,5—1 s).


Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish