JARANGLI VA JARANGSIZ UNDOSHLAR
29-mashq. "Hikmat" matnini o‘qing, mazmunini ayting. "Saxiy",
"oliyjanob", "chiroyli", "shirin", "muattar" so‘zlarini daftaringizga
ko‘chirib yozing. So‘zlardagi jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni
aniqlang.
Hikmat
Saxiy va oliyjanob kishilar bilan suhbatdosh bo‘lmoq kishida
yoqimli fe’l va chiroyli xislatlarga rag‘bat uyg‘otadi. Yomon fe’lli va fasod
tabiatli kishilar bilan suhbat esa yoqimsiz sifat va qabih illatlarga
yetaklaydi. Yomonlar bilan yaxshilar suhbati orasidagi farq va ular bilan
qilingan suhbat ta’siri xuddi shamol kabidir. Shamol yomon joydan o‘tib
qolsa, badbo‘y hidlarni olib keladi. Agar shirin hidli joylardan o‘tib qolsa,
muattar islarni keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |