Bilib oling!Bog‘lovchi gapning uyushiq bo‘laklarini va qo‘shma
gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladi.
Bog‘lovchilar vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar. Teng bog‘lovchilar gapning uyushiq bo‘laklarini (Kecha qiziqarli va
mazmunli o‘tdi) hamda qo‘shma gap tarkibidagi teng huquqli sodda
gaplarni (quyosh chiqdi, lekin qorlar erimadi) bog‘laydi. Ular biriktiruv,
zidlov, ayiruv bog‘lovchilari kabi turlarga bo‘linadi.
1. Biriktiruv bog‘lovchilari: va, ham, hamda. Qo‘nqiroq chalindi va dars boshlandi. 2. Zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq, holbuki, balki.
Bulardan oldin hamisha vergul qo‘yiladi. E’tiroz bildirmoqchi bo‘lib og‘iz juftladi, lekin jur’at qilolmadi.