7. Maqsad ma’nosini bildiruvchi ravishdosh qaysi gapda
qo‘llangan?
A) Muyassar shosha-pisha unga o‘ylarini gapira boshladi;
B) Siz bilan maslahatlashgani keldim;
C) Yomg‘ir tinib, bulutlar tarqalgach, tiniq osmonda quyosh nurlari
yana porladi;
D) G‘o‘zalar qonib-qonib suv ichdi.
8. Qanotini qush qoqmayin uyg‘onar el polvonlari. Ushbu gapda
qoqmayin so‘zi ...
A) sifatdosh shakli;
B) ravishdosh shakli;
C) fe’lning buyruq-istak mayli;
D) maqsad ravishdoshi.
9. Uch-to‘rt kun mehmondorchilikda yurishgach, maktabga
qaytdilar. Ushbu gapdagi ravishdoshning ma’nosini aniqlang.
A) payt ma’nosi;
B) chog‘ishtirish ma’nosi;
C) maqsad ma’nosi;
D) ravishdosh qatnashmagan.
10. Tog‘ oralig‘idagi qalin qor eriy-eriy odam bemalol kira
oladigan qor bo‘lib qolibdi. Gapdagi ravishdoshning turini aniqlang.
A) maqsad ravishdoshi;
B) payt ravishdoshi;
C) holat ravishdoshi;
D) ravishdosh qatnashmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |