Bilib oling! So‘zlovchining ish-harakatga munosabatini ifodalovchi
formalar yig‘indisi fe’l mayli deyiladi. Fe’lda quyidagi mayl turlari
mavjud:
1. Xabar mayli. 2. Buyruq-istak mayli. 3. Shart mayli. 4. Maqsad
mayli.
Xabar mayli ish-harakatning uch zamondan birida bajarilishi yoki
bajarilmasligini ifodalaydi.
1. O‘tgan zamon: (keldi, kelmadi). Dugonam kasalligi sababli darsga
bormadi.
2. Hozirgi zamon: (kelyapti, yozmayapti). Qo‘ng‘iroq chalinyapti.
3. Kelasi zamon: (ketmoqchi, o‘qimoqchi). Singlim universitetda
o‘qimoqchi.
Bunday fe’llar darak gapning kesimi bo‘lib keladi.
133
Do'stlaringiz bilan baham: |