107-mashq. Qiyosiy va orttirma daraja bildiruvchi sifatlarning
tagiga chizing, qanday hosil bo‘lganini tushuntiring.
1. To‘q qizil rangli gullardan biri Bobur mingan saman otning yoliga
kelib tushdi. 2. Musavvirning iltimosi bilan xonni qip-qizil kimxob ko‘rpa
ustiga o‘tkazdilar. 3. Xonning beliga bog‘langan ingichka oltin kamarning
uchi chalmashgan oyoqlar tagidan xuddi qoramtir boshli sariq ilonga
o‘xshab buralib chiqib turar edi. 4. Botib ketgan quyoshning quyuq
shafag‘idan daryo suvi qizg‘ish ko‘rinadi. 5. Oq sallasi va ko‘ylagining
oqligi o‘siq soqolini odatdagidan qoraroq ko‘rsatar edi. 6. Tushga yaqin
yomg‘ir tindi-yu, bulutlar orasidan ko‘m-ko‘k osmon va issiq yoz oftobi
ko‘rindi (Pirimqul Qodirov).
Do'stlaringiz bilan baham: |