Test
1. Sifat turkumiga oid so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) yong‘in, toshqin, tuzdon, kuldon;
B) uchqun, to‘lqin, bilimdon, qalamdon;
C) so‘lg‘in, turg‘un, suvdon, xumdon;
D) Yorqin, ozg‘in, gapdon, qadrdon.
2. Gapda kesim bo‘lib kelgan sifat qaysi qatorda berilgan?
A) Buyuk ishlar birdan qilinmaydi;
B) Yaxshiga yondash, yomondan qoch;
C) Go‘zallikdan ezgulik yaxshiroqdir;
D) Topshiriq yaxshi bajarildi.
3. Gapdagi sifatning ma’no turini aniqlang. Uning yuzi
uzunchoqroq edi.
A) Hid bildiruvchi;
B) Shakl-ko‘rinish bildiruvchi;
C) Hajm-o‘lchov bildiruvchi;
D) Holat bildiruvchi.
4. Gapda hol bo‘lib kelgan sifatni aniqlang.
A) Yaxshi kulgu ruhni yengillashtiradi;
B) Moviy osmon beg‘ubor, tiniq;
C) Yaxshidan yomonlar ham yomonlik kutmas;
D) Bir narsani qadrlash uchun uni avvaldan yaxshi bilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |