Amanov akram mirzayevich zaripov xusan baxodirovich "soliqlar va soliqqa tortish" fani



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/126
Sana12.06.2022
Hajmi4,86 Mb.
#657848
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126
Bog'liq
fayl 1707 20210831

Kasblarning tiplari. 
Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar 
beshta tipga bo‘linadi. 
1. «Odam - tabiat». Bu yerda mehnatning asosiy, etakchi 
predmeti jonli tabiatdir. Bu tipga, masalan, quyidagi kasblar kiradi: 
urug‘shunos, 
meva-sabzavotshunos, 
davlat 
urug‘chilik 
inspektsiyasining 
laboranti, 
chorvador-usta, 
ximik-
bakteriologik analiz laboranti, zootexnik, agronom. 
2. «Odam - texnika». Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy 
etakchi predmeti texnika ob`ektlari (mashinalar, mexanizmlar va 
boshqa shunga o‘xshashlar), materiallar, energiya turlaridan iborat 
bo‘ladi. Jonsiz tabiat ob`ektlari (yer osti boyliklari, tuproq, suv, 
o‘rmon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) ham ko‘p jihatdan 
shularga o‘xshagan bo‘ladi. 


16 
3. «Odam-odam». Bu yerda asosiy mehnat predmeti 
odamlardir. Mazkur mehnat sohasida mayllar, qiziqishlar qay 
darajada ekanini aniqlashda o‘quv predmetlaridan tashqari, siz 
shaxsan o‘zingiz jamoa bo‘lib o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil 
etishda ishtirok etib orttirgan tajribangiz ham yordam beradi. 
Makzur tipga kiradigan quyidagi kasblarni ajratib ko‘rsatish 
mumkin: - Radioelektron apparatlar va asboblar montajchisi elektr 
va radiotexnika sohasida chuqur bilimga ega bo‘lmog‘i kerak. 
4. «Odam-belgilar tizim». Kasblarning bu tipida shartli belgilar, 
raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun`iy tillar asosiy etakchi mehnat 
predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va 
belgi tizimlari dunyosida tekstlar, chizmalar, sxemalar, kartalar, 
jadvallar, formulalar, yo‘l belgilari ichida yashaydi. Binobarin, 
bularning hammasini biladigan tegishli mutaxassislar ham zarur. 
«Odam 

belgilar tizimi» tipidagi kasblar quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
hujjatlarni (ona tilida yoki chet tilida) rasmiylashtirish, ish 
yuritish, matnlar va ularning qayta yozilishi, qayta kodlashtirilishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: tarjimon, sekretar-mashinistka, 
telegrafchi, texnik redaktor va boshqalar; 
5. «Odam badiiy obraz». Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar, 
ularning tuzilish usullari etakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Bu 
yerda quyidagi kasblarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
tasviriy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: badiiy mebellar 
ishlab chiqarish boyicha duradgor, toshga oyib gul soluvchi, 
yoritish elektrotexnigi (teatrda), poyabzal konstruktor-modeleri, 
dizayner-rassom va boshqalar. 
Soliqlarning paydo bo‗lishi davlatning paydo bo‗lishi bilan 
bog‗liq bo‗lganligi uchun hamda hozirgi O‗zbekistonda ijtimoiy 
himoyalangan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uni tashkilotchisi 
ekanligidan soliqlar va soliqqa tortish fani davlatning o‗ta zarur 
bo‗lgan xilma - xil vazifalari bilan chambarchas bog‗liq va ularga 
asoslanadi. 
Davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot ishlab 
chiqarish uni taqsimlashning qonun - qoidalarini ishlab chiqadi. Bu 
taqsimlashdagi munosabat bozor iqtisodiyoti sharoitida pul orqali 


17 
amalga oshirilganligidan davlat uni taqsimlashni ham pul 
munosabatlari orqali, ya‗ni soliq, pul va kredit orqali amalga 
oshiradi. Davlatning bunday faoliyatini o‗rganish - soliqlar va 
soliqqa tortish fanining diqqat - markazida turadi. 
Bozor iqtisodiyoti talab va taklif, raqobat, qiymat va boshqa 
qonunlar orqali amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti - erkin 
iqtisodiyot, pulli munosabatlar iqtisodiyotidir. Soliqlar ham pul 
munosabatlarini ifoda etganligi uchun bozor iqtisodiyoti tarkibiga 
kiradi, uning ajralmas qismidir. Bozor iqtisodiyoti qonunlari - 
soliqlar va soliqqa tortish fanining asosini tashkil etadi. U 
qonunlarni chuqur anglamasdan turib soliqlar va soliqqa tortish 
mexanizmini tushunib bo‗lmaydi. 
Bozor iqtisodiyoti qonunlarini o‗rganib chiqib, davlat yalpi 
ichki mahsulot qiymatini soliqlar orqali taqsimlash vazifasini o‗z 
zimmasiga oladi. Shunday ekan, davlat to‗g‗risidagi ta‗limot - 
davlat iqtisodiyotni boshqarishda bosh rol o‗ynashi soliqlar va 
soliqqa tortish fanining asosi bo‗lib xizmat qiladi. Davlat bozor 
iqtisodiyotini boshqarishda etakchilik, boshqaruvchilik rolini 
o‗ynaydi. Davlat soliqlarni iqtisodiy mohiyati va vazifalarini 
o‗rganib chiqib, uni amaliyotga tadbiq qilishni o‗z zimmasiga oladi. 
Soliq xizmati xodimlari o‗zlariga qonuniy hujjatlarda 
yuklangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlari uchun faqat 
amaliy jihatdan soliqlarni bilibgina qolmasdan, soliqlarning 
mohiyati, belgilari, ularning ob‗ektiv zarurligiga, davlatning soliq 
siyosati, soliqlar tizimi, soliqqa tortish tizimi, soliq idoralari tizimi 
va boshqalar kabi nazariy masalalarni chuqur bilishlari zarur. 
Buning uchun esa soliqlar va soliqqa tortish fanini chuqur o‗rganish 
kerak. Shuni nazarda tutish zarurki, Leonardo da Vinchi 
aytganidek: «Nazariya qo‗mondon, amaliyot askarlardir» Nazariya 
amaliyotni to‗g‗ri yo‗lga boshlovchi kompasdir. Har qanday 
vazifalarni kadrlar hal qiladi. Shuning uchun, ular chuqur nazariy 
bilimga va kasb mahoratiga ega bo‗lishlari zarur. 
Fanning mazmunini chuqur egallagan har qanday mutaxassis 
soliqlar va soliqqa tortish jarayonini o‗rganishda va ularni hayotga 
to‗g‗ri hamda to‗liq tadbiq etishda adashmaydi. Shunday ekan bu 
fan soliq xizmati xodimlari, soliq sohasi vakillari, ilmiy xodimlar 


18 
uchun o‗zlarining ilmiy salohiyatlarini oshirishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish