O„z biznesingni yarat
Interaktiv davlat xizmatini ko‗rsatishdan maqsad, tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‗ullanish istagidagi yuridik va jismoniy
shaxslarga zarur ma‘lumotlar berish, ularga qulay shart-sharoit
yaratish hamda ko‗rsatilayotgan axborot xizmatlari sifatini
oshirishdan iborat. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanish
istagidagi yuridik va jismoniy shaxslar uchun o‗z biznesini
yaratish, yuritish, qayta tashkil qilish va tugatishga oid tegishli
ma‘lumotlar joylashtiriladi.
Imtiyozlar ma‟lumotnоmasi
Soliq to‗lovchi yuridik shaxslarning soliq imtiyozlari
to‗g‗risida axborot taqdim etish. Mazkur xizmat Davlat soliq
qo‗mitasining
www.soliq.uz
rasmiy
saytida
soliq
to‗lovchilarga soliq imtiyozlari to‗g‗risidagi axborotlarni
taqdim etishga qaratilgan.
Soliq nizolarini ko„rib chiqish
Mazkur xizmat orqali soliq solish qonunchiligini amalda
qo‗llash jarayonida soliq to‗lovchilar va davlat soliq xizmati
organlari o‗rtasida yuzaga kelgan o‗ta murakkab va
munozarali masalalar hamda ushbu nizoning yechimi
yuzasidan Davlat soliq qo‗mitasi huzuridagi Ekspert kengashi
qarorlari taqdim etiladi.
Ko„p uchraydigan savollar
Mazkur xizmat orqali jismoniy va yuridik shaxslar soliq solish
masalalariga oid eng ko‗p uchraydigan savollar va ularga
berilgan javoblar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.
STIRingizni aniqlang
Jismoniy shaxslar uchun. Soliq to‗lovchiga o‗zining soliq
to‗lovchining individual raqami (STIR)ni bilish imkoni
taqdim etiladi. Soliq to‗lovchi (jismoniy shaxs) DSIda
ro‗yxatdan o‗tkazish amalga oshiriladigan ro‗yxatdan
o‗tkazish hujjatlari, ayrim faoliyat turlari bilan shug‗ullanish
uchun litsenziyalar, shuningdek pul-hisob-kitob to‗lov
hujjatlarida o‗z STIRni aniq yozishi shart.
Soliq to‗lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Davlat soliq
220
qo‗mitasi tomonidan «STIRingizni aniqlang» yangi interaktiv
xizmati joriy etilgan va har bir jismoniy shaxs uchun o‗z
STIRini mustaqil ravishda aniqlab olish imkoniyati yaratilgan.
DSQning 2005 yil 5 avgustda «Davlat soliq xizmati organlarida
avtomatlashtirilgan komp‘yuter dasturiy mahsullarni amalga joriy
etish to‗g‗risida»gi 148-sonli buyrug‗iga asosan joriy qilingan
dasturiy mahsullar.
Soliq organlarini tashkil etishning butun tizimida tub
o‗zgarishlarni amalga oshirish, soliqqa oid ma‘lumotlarni
avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash bo‗yicha kompyuter
dasturiy mahsullarini amalga joriy etish maqsadida DSQning 2005
yil 5 avgustda «Davlat soliq xizmati organlarida avtomatlashtirilgan
komp‘yuter dasturiy mahsullarni amalga joriy etish to‗g‗risida»gi
148-sonli buyrug‗i chiqdi.
Buyruqda O‗zbekiston Respublikasi DSQ da ishlab
chiqilayotgan dasturiy mahsullar bo‗yicha tuzilgan mas‘ul ishchi
guruh a‘zolarining ro‗yxati hamda dasturiy mahsullar texnik
topshiriqlarini ishlab chiqish, dasturiy mahsullarni ishlab chiqish va
quyida keltirilgan dasturiy mahsullarni tajribaviy ishga tushirish
muddatlari belgilab berildi.
Davlat soliq qo‗mitasining 2011 yil 1 martdagi ―Davlat soliq
qo‗mitasida amaliyotga joriy etilgan dasturiy mahsullarni WEB
texnologiyasi asosida takomillashtirish, ma‘lumotlar bazasini
Oracle platformasiga o‗tkazish va umumlashtirish chora-tadbirlar
rejasi‖ga muvofiq, hamda 2012-yil 11-fevraldagi «Davlat soliq
xizmati organlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan dasturiy
mahsullarning ma`lumotlar bazasini shakllantirish va ulardan
foydalanishni tartibga solish hamda interaktiv Davlat xizmatlarini
ko‗rsatish bo‗yicha reglamentlarni tasdiqlash to‗g‗risida»gi 64-sonli
buyrug‗iga asosan Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan
dasturiy mahsullarni takomillashtirish va birlashtirilishi natijasida
dasturiy mahsullar joriy qilindi.
Shuningdek, Davlat soliq qo‗mitasining 2015 yil 12 iyuldagi
―Davlat soliq xizmati organlarida axborot tizimlarini ishlab chiqish,
ularning toifasini belgilash, o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish
221
hamda axborot tizimlarini topshirish va qabul qilish tartibi
to‗g‗risida‖gi Nizomni tasdiqlash xaqidagi 226-somli buyrug‗iga
asosan quyidagi dasturiy mahsullar joriy qilindi.
222
Do'stlaringiz bilan baham: |