Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021)
159
birlashib turadi. Masalan,
ta’lim
so‘zi ongda
maktab, kitob, muallim
singari bir qancha so‘zlar bilan
bog‘lanib turadi. Bunday munosabatning sintagmatik munosabatdan tamomila boshqacha xususiyatga
egaligini ko‘rish qiyin emas. Keyingi munosabat cho‘ziqlikka ega emas, u miyada lokallashadi va har bir
shaxsning xotirasida saqlanuvchi xazinaga mansub bo‘ladi. Bunday munosabat assotsiativ munosabat
hisoblanadi” [A.Nurmonov, 2012: 98].
Antonimik munosabatdagi leksik birliklarning assotsiativ bog‘lanishi ham semantik aloqadorlikka
asoslanadi. Ma’lumki, har qanday ziddiyat bir-biriga qarshilantirilgan zid a’zolarni taqozo etadi. Zid
a’zolarning qarshilantirilish orqali o‘zaro bog‘lanishi ularning til egasi xotirasida bir-birini yodga solib
turishiga sabab bo‘ladi. Bu holat semantik jihatdan o‘zaro zidlanuvchi leksemalarning ham tilda leksik
assotsiatsiyalarni hosil qilishini anglatadi. Masalan,
olis
leksemasi
yaqin
leksemasi bilan,
achchiq
leksemasi
shirin
leksemasi bilan antonimik munosabati asosida assotsiativ bog‘lanadi [D.Lutfullayeva,
2017: 29].
Biz bu o‘rinda assotsiativ tajriba natijalarini tahlil qilamiz.
Oq
leksemasiga sinaluvchilar tomonidan
quyidagi javob reaksiyalari berildi:
rang
,
qor, sutrang, paxta rangli, qora, sariq, oqish, oppoq, yorqinlik,
issiq o‘tkazmaydigan, oq sut bergan ona, oq kofta, oq doka, oq qog‘oz, qora qog‘oz, oq non, oq it, qora it
— bari bir it,
oq tusga moyil, tiniq yuz, oq badan, oq tanli, oq yuzli, oq bilak, oqlik
-
sut-qatiq, oqliq,
oqarmoq,
qoraymoq
,
aroq, oq poshsho, oqqa ko‘chirmoq,
oq suvoq,
gunohsiz, sha’niga dog‘ tushmagan
kishi; to‘g‘ri, haqiqat, oq-qorani tanigan, oqdan qorani ajratmoq, oqargan tuk, soch va soqol, sochiga oq
oralagan
,
ko‘zning oqi, ko‘z qorachig‘ida paydo bo‘ladigan oqish dog‘, parda, tuxumning oqi, ko‘zining
oq-u qorasi, manglayi oq bo‘lsin, oq yo‘l, oq kiymoq, motam, rangi oqarmoq, oq ko‘ngil, ichi qora, oq
oltin, paxta
,
oq sutini oqqa, ko‘k sutini ko‘kka sog‘moq,
farzandidan norozi bo‘lib, undan yuz o‘girmoq,
oq fotiha, fotiha, biror ishni bajarishga kirishish uchun rozi bo‘lib, mamnunlik bilan beriladigan ruxsat,
ijozat,
oq choy, oq yuvib, oq taramoq, oq o‘ramoq, unashtirish, farzandini oq qilmoq, oqpadar
va
boshqalar.
I.Assotsiativ maydonda oq leksemasi quyidagi birliklar bilan paradigmatik munosabatga kirishadi:
1) sinonimik munosabat:
Do'stlaringiz bilan baham: |