53
XULOSA.
Malakaviy bitiruv ishi bajarilishi jarayonida mavzuga tegishli adabiyotlar bilan
tanishildi, kerakli ma‘lumotlar o‘rganildi, tahlil qilindi, xulosalar chiqarildi.
- Kichik sayyoralar (asreroidlar) ning - asosan Mars va Yupiter sayyoralari
orbitalari oralig‘ida harakatlanishi o‘rganildi.
- Xuddi shu ―belbog‖da harakatlanuvchi, o‘lchami 1 km dan katta bo‘lgan 1
milliondan ortiq asteroidlardan 6000 tasining orbitalari aniqlangan va ro‘yxatga
kiritilgan. Yer orbitasi atrofida ham asteroidlar harakat qiladi va ular vaqti-vaqti
bilan Yerga yaqinlashib turishi tahlil qilindi.
Bulardan tashqari, bir necha asteroidlarlarning orbital harakatlari va
yorqinligidagi o‘zgarishlar ham o‘rganildi.
Jumladan: ―(334) Chikago‖, ―(3076) Garber‖, ―(3782) Gelle‖ - kichik
sayyoralari tadqiq etildi.
―(334) Chikago‖ kichik sayyorasi Quyoshdan o‘rtacha 3.89 a.b. masofada
harakatlanib, 7.682 yilda, yoki 2805.927 yer sutkasida quyosh atrofida bir marta
to‘liq aylanib chiqadi. O‘rtacha orbital tezligi 15.093 km/sek ga teng. ―(334)
Chikago‖ ni kuzatishda R filtrdan foydalanildi va ekspozisiya vaqti 180 sekundni
tashkil etdi. Shu tariqa, kuzatishlar davomida ―(334) Chikago‖ ga tegishli 141 ta
ZAQ tasvirlar olindi. Raqamli tasvirlar: IRAF (Image Reduction and Analysis
Facility) deb nomlangan maxsus dasturlar paketi yordamida fotometriya qilinib
(qayta ishlanib), ularning yorqinlik egri chiziqlari aniqlandi.
―(3782) Gelle‖ asteroidini kuzatuv davrida asteroidning ko‘rinma yulduz
kattaligi R filtrda o‘rtacha 0.
m
23 magnutudada o‘zgarishlarga erishganligi
aniqlandi.
Kuzatilgan asteroidlardan biri: (3076) Garber asteroidi hisoblanadi. U
Quyoshdan o‘rtacha 2.238 a.b. uzoqlikda harakatlanadi. Absolyut yulduz kattaligi
13.
m
7 ga teng bo‘lib, diametri va massasi hanuzgacha aniqlanmagan. ―(3076)
Garber‖ kichik sayyorasini kuzatishda ZAQ (Zaryadli Aloqa Qurilmasi)
kamerasidan foydalanildi. Kuzatuvlar davomida 40 va 120 sekundlik
54
ekspozitsiyada 996 ta ZAQ tasvirlar olindi. Butun kuzatuvdagi umumiy
ekspozitsiya vaqti 85460 sekundni tashkil etdi. Kuzatish natijalari shundan dalolat
beradiki, (3076) Garber kichik sayyorasining yorqinlik egri chizig‘i sezilarli
magnitudadagi bir necha soatlik davriy tebranishlarga ega bo‘lgani holda, kuzatuv
davrida ko‘rinma yulduz kattaligi asosan R filtrda o‘rtacha 0.
m
25 magnitudaga
o‘zgarishlar berganligi aniqlandi.
Olingan natijalar shu kabi asteroidlarni va Yerga yaqinlashuvchi
asteroidlarni tadqiq etishda qo‘llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: