yog‘och to‘qmoqdan
foydala
nish ma’qul (57-rasm, d). Yog‘och to‘qmoqning
muhrasi katta va tekis bo‘lib, iskana dastalarini, yog‘och sirt-
larini ezmaydi, uning yordamida bolg‘alash qulay. O‘quvchilar
o‘yish-teshish vaqtida bolg‘ani qo‘llariga urib olmasliklari
uchun ko‘zlarini dastadan olmaydilar, tig‘ga esa e’tibor ber-
maydilar. Buning natijasida iskana rejadan chiqib, yog‘ochni
o‘yib qo‘yadi. Shuning uchun buyumlarni yig‘ish, qismlar-
ning jipsligini ta’minlash, iskanalar bilan ishlashda yog‘och
to‘qmoqlardan foydalaniladi.
Yog‘och to‘qmoqlar qayrag‘och, chinor, akatsiya, tut kabi
qattiq pishiq yog‘ochlardan randalab yoki yog‘och ishlanadi-
gan tokarlik stanogida yo‘nib ishlanadi.
Po‘lat va plastik bolg‘alar, to‘qmoqlar bilan metallga ishlov
berish texnologiyasi bo‘limida tanishgansiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |