2-bob. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH
TEXNOLOGIYASI
2.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR
Yog‘ochga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi
Yog‘ochga ishlov berish mashg‘ulotlari maktabning tegishli
ustaxonasida o‘tkaziladi. Unda har biringizga doimiy ish o‘rni,
ya’ni xonaning dastgoh o‘rnatilgan muayyan qismi ajra
tiladi
(30-rasm).
Har bir ish o‘rni o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lishi za rur.
Ish o‘rni maxsus moslamalar: tumbochka, suriluvchi quti,
shkaf, asbob-uskuna uchun javon, himoya ko‘zoynagi, chiz-
malar va h.k. bilan jihozlanishi hamda ularning ish o‘rnidan
tashqariga chiqib turmasligi ta’minlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |