Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


Chorvachilik  fermalarida  chorva  mollarini



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/255
Sana02.01.2022
Hajmi2,14 Mb.
#79269
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   255
Bog'liq
texnologiya 5 uzb

Chorvachilik  fermalarida  chorva  mollarini 
parvarish  qilish  usullari
Chorva mollarining yaxshi o‘sishi va ularning mahsuldor-
ligini oshirishga tashqi muhit katta ta’sir qiladi.
Chorvachilikni rivojlantirishda iqlim, shu joyning o‘ziga xos 
sharoitlari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Iqlimning hayvonlarga 
ham, yem-xashak bazasiga ham ta’siri bo‘ladi. Molxonalarda-
gi havoning issiqligi, namlik darajasi, tarkibidagi gazlarning 
almashinuvi, molxonaning yoritilish darajasi qishloq xo‘jalik 
hayvonlariga ta’sir qiladi.
Harorat. Hayvonlar sovuqda qolsa, tanasidan issiqlik ajra-
lishi kuchayadi, uning o‘rnini to‘ldirish uchun esa organizm 
ko‘proq yem-xashak talab qiladi, bu holda oziqa modda ye-
tishmasa, mahsuldorlik kamayadi va sifat pasayadi. Shuning-
dek, hayvonlar sovuqda uzoq muddat qolib ketsa shamollaydi, 
kasallanadi, hatto nobud bo‘ladi. Hayvonlarning teri ostidagi 
yog‘ qatlami va terining qalin jun bilan qoplanganligi tanadan 
issiqlikning tarqalishiga va organizmga sovuqning ta’sir eti-
shiga yo‘l qo‘ymaydi, ammo haroratning normadan pasayishi 
ham hayvonga yomon ta’sir qiladi.
Namlik. Chorva mollari boqiladigan xonalarda ma’lum 
miqdorda namlik bo‘lishi kerak. Bu namlik haroratga va 
molxonadagi havoning almashinishiga bog‘liq bo‘ladi. Polda-
gi, suvdonlardagi va ho‘l yem-xashakdagi namning bug‘lanishi 
natijasida, molxonada havoning namligi ortadi. Shuningdek, 
hayvonlar nafas chiqarganda va terlaganda ham ko‘p miq-
dorda suv bug‘lanadi. Masalan, 400–500 kg keladigan sigir 
bir sutkada 8–12 kg namlikni bug‘lantirishi aniqlangan.
Molxonada namlikning ko‘p bo‘lishi ham, ortiqcha quruq 
bo‘lishi ham hayvonlarga yomon ta’sir qiladi. Sovuq, nam 
havoda hayvonlar issiqlikni ko‘p tarqatishi natijasida sovqo-


225
tadi  va shamollab kasal bo‘ladi. Sovuq nam havo, ayniqsa, 
yosh  hayvonlar  uchun  xavfli.
Molxona havosi haddan tashqari quruq bo‘lsa, mollarning 
tomog‘i qurib qoladi hamda chang ko‘payib kasallanishiga 
sababchi bo‘ladi.
Yorug‘lik. Molxonaga yorug‘lik yaxshi tushib turishi lo-
zim. Yorug‘ xonalarda mollar yem-xashakni yaxshi topib 
yeydi. Yorug‘lik tushib turadigan xonalarda parrandalar, otlar, 
qoramollar va cho‘chqalar yaxshi rivojlanadi. Lekin molxo-
naga kechasi lampalar yoqib qo‘yish mollarning yaxshi dam 
olishiga xalaqit beradi.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish