Amaliy ish: Yamoq solish.
Asbob va moslamalar: ish qutichasi, g‘altak ip,
igna. Ish quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Gazlamani yirtilgan joyidan o‘ngini ichka-
riga qilib, qirqimlarini bir-biriga to‘g‘rilab ikkiga
buklanadi. Yirtilgan joyga to‘g‘nag‘ich qadaladi va
qo‘lda ko‘klanadi (64-rasm, a).
2. Yirtilgan qirqimni mayda yo‘rma qaviqda qo‘lda tikib chiqiladi
(64-rasm, b).
3. Ko‘klov choklari olib tashlanadi va chok dazmollanadi.
4. Bajarilgan ishning sifati tekshirib chiqiladi.
1. Nima uchun kiyimlar chokidan so‘kiladi?
2. So‘kilgan chokni tikishda qanday chok turidan foydalaniladi?
3. Yirtilgan chokni tikishda qanday chok turidan foydalaniladi?
4. So‘kilgan joyni tikish qanday bosqichlardan iborat?
63-rasm.
So‘kilgan chokni
tikish.
a
b
d
64-rasm. Yirtilgan
chokni tikish.
a
b
189
Do'stlaringiz bilan baham: |