Agrokonsalting


–savol Qishloq xo‘jaligida yer ijarasi shartnomasini tuzish bo‘yicha



Download 2,27 Mb.
bet53/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

1–savol


Qishloq xo‘jaligida yer ijarasi shartnomasini tuzish bo‘yicha
maslahatlar
Axborot maslahat markaziga fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan bir qatorda ana shu tadbirkorlik turi bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan shaxslar xam murojat qiladilar Ular fermer xo‘jaligi uchun yerni ijaraga olish tartibi va buning uchun qanday hujjatlar zarurligi va buning uchun kimga murojat qilish kerakligigi haqida maslahat oladilar. Respublikada qishloq xo‘jalik sohasida olib borilayotgan islohatlar natijasida fermerlarga qancha yer maydonini ijaraga olish mumkinligi, chorvachilik, dehqonchilik, bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer maydoni qanday bo‘lishi kerakligi, o‘z faoliyatini kengaytirish niyatida bo‘lgan tadbirkorlarga qo‘shimcha tarmoqlarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha yer maydonini olish haqidagi ma’lumotlarni olish manbai albatta o‘z xududlarida joylashgan Axborot maslaxat markazi manba bo‘lib hisoblanadi.
Ma’lumki, yer qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini sug‘oriladigan dehqonchiliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak, yer va suv fermer xo‘jaligi faoliyatida hayotiy zarur narsalardan biri hisoblanadi.
Fermer xo‘jaligida yerdan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining “YEr kodeksi”, “YEr kadastri to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar hamda me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Amaldagi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblanganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,45 gektarni, sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 30 gektarni, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlari yetishtirish uchun kamida 5 gektarni tashkil etadi.
YEr uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) yerning kadastr bahosidan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini tjaraga olish shartnomasida mustahamlab qo‘yiladi.
Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun qanday yerlardan va qay tartibda yer uchastkalari ajratiladi? Amaldagi qonunga muvofiq fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari:
- zahira yerlardan;
- yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan;
- qayta tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklarining hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning yer uchastkalaridan;
- samarasiz ishlagan fermer xo‘jaliklarining hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari,muassasalari va tashkilotlarning yer uchastkalaridan beriladi.
Fermer xo‘jaliklariga samarasiz ishlagan fermer xo‘jaliklarining hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan berilgan yer uchastkalari ularning balansidan chiqariladi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarning yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilmaydi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bo‘ylab besh yuz metrli mintaqada faoliyati hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilarni, hayvonot bog‘lari hamda vivariylarning hayvonlarini va boshqa jonivorlarni) ko‘paytirish, o‘tlatish va boqish bilan bog‘liq bo‘lgan chorvachilik, parrandachilik hamda boshqa yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari berish ta’qiqlanadi.
Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan reyting ballari jadvalda keltirilgan.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish