-xizmat turi g‘oyalar, axborotlar, bilimlar, nazariy va amaliy taklif va tavsiyalar, ko‘nikmalar uzatilishini tashkil etish, ularni ishlab chiqarishda o‘zlashtirishga amaliy yordam berishni nazarda tutadi.
Mehnat qurollari
|
Orudiye
truda
|
Working Weapons
|
insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qilishda vosita bo‘lib xizmat qiladigan narsalar: mashinalar, stanoklar, traktorlar, pluglar, qurulmalar, uskunalar va boshqalar.
|
Mehnat predmetlari
|
Predmetы truda
|
Working subjects
|
bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar (yer – suv, xom ashyo, materiallar va boshqalar).
|
Kapital
|
Kapital
|
Capital
|
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ishlatilib, o‘z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va pul mablag‘laridir.
|
YEr-suv
|
Zemlya – voda
|
Land-water
|
tuproq unumdorligi, o‘tloqlar, suvlar, o‘rmon, qazilma boyliklardan iborat bo‘lgan va foydalanishga tortilgan tabiiy resurslar.
|
Tadbirkorlik qobiliyati
|
Predprini-matelskaya sposobnost
|
Entrepreneurial ability
|
insonda bo‘lgan tashabbuskorlik, tashkilotchilik, novatorlik, iqtisodiy xavfdan, javobgarlikdan cho‘chimaslik hislatlarining birligi.
|
Qo‘shimcha mahsulot
|
Dopolnitel-nыy produksiya
|
Additional Product
|
ishchi va xizmatchilarning qo‘shimcha ish vaqtida yaratilgan mahsulot bo‘lib, sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan oshiqcha qismidir. Qo‘shimcha mahsulot tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga tegishlidir.
|
O‘rtacha mahsulot
|
Srednyaya produksiya
|
Average product
|
jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir — birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori.
|
Xususiylash-tirish
|
privatizatsiya
|
Privatization
|
mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishi.
|
Tovar
|
tovar
|
Brand
|
biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulotdir.
|
Naflilik
|
Poleznost (poluchayemaya ot chego-libo)
|
Dyspepsia
|
tovarlarning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati
|
Aniq mehnat
|
Tochnaya rabota
|
Exact work
|
muayyan aniq iste’mol qiymatlarni vujudga keltiradigan mehnat.
|
Abstrakt mehnat
|
Abstraktnaya rabota
|
Abstract work
|
mehnatning aniq shaklidan qat’iy nazar umuman inson ishchi kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.
|
Mehnat unumdorligi
|
Proizvoditel-nost truda
|
Labor productivity
|
ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan aniqlanadi.
|
Pul
|
dengi
|
Money
|
hamma turdagi tovar va xizmatlarni ayirboshlashda umumiy ekvivalentlik rolini bajaruvchi maxsus tovardir. Qog‘oz pullar esa shu tovar pulning vakilidir.
|
Bozor iqtisodiyoti
|
Rыnochnaya ekonomika
|
Market economy
|
tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
|
Bozor mexanizmi
|
Rыnochnaya mexanizmы
|
Market mechanism
|
bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir
|
Bozor
|
Rыnok
|
The market
|
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisidir.
|
Bozor ob’yekti
|
Ob’yekt rыnka
|
Market object
|
bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iktisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.
|
Bozor sub’yekti
|
Sub’yekt rыnka
|
The subject of the market
|
bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir
|
Bozor infratuzilma-si
|
Rыnochnaya infrastruk-tura
|
Market Infrastructure
|
ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
|
Iqtisodiy islohotlar
|
Ekonomicheskiye reformы
|
Economic Reforms
|
iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
|
Iqtisodiyotni barqarorlash-tirish
|
Stabilizatsiya ekonomiki
|
Stabilization of the economy
|
tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
|
Talab
|
spros
|
Demand
|
iste’molchi ma’lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olishga qodir bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir.
|
Talab qonuni
|
Zakon o trebovanii
|
The demand law
|
tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o‘rtasidagi teskari yoki qarama –qarshi bog‘liqlikni ifodalaydi
|
Taklif
|
predlojeniye
|
Offer
|
ishlab chiqaruvchi ma’lum vaqtda ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan, narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar miqdoridir.
|
Taklif qonuni
|
Zakon o predlojenii
|
Proposal Law
|
narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bevosita yoki to‘g‘ridan–to‘g‘ri bog‘liqlikni ifodalaydi.
|
Raqobat
|
sopernichestvo
|
Competition
|
bozor sub’yektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
|
Tarmoqlararo raqobat
|
Mejdissiplinarnaya konkurensiya
|
Interdisciplinary competition
|
turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash.
|
Monopoliya
|
monopoliya
|
Monopoly
|
monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.
|
Narx
|
sena
|
Price
|
bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
|
Ulgurji narxlar
|
Optovыye senы
|
Wholesale Prices
|
ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar katta partiyalarda bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda mavjud bo‘ladi.
|
Chakana narxlar
|
Roznichnыye senы
|
Retail prices
|
tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narxlardir.
|
Aksiya
|
aksiya
|
Action
|
bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
|
Ishlab chiqarish xarajatlari
|
Proizvodstven-nыye izderjki
|
Production costs
|
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflardir.
|
Qo‘shimcha xarajatlar
|
Dopolnitel-nыye rasxodы
|
Additional costs
|
mahsulotning navbatdagi qo‘shimcha birligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar.
|
Ish haqi
|
Zarabotnaya plata
|
Fee
|
ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi.
|
Agrar munosabatlar
|
Agrarnыye otnosheniya
|
Agrarian relations
|
yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
|
Makroiqtiso-diyot
|
Makroekono-mika
|
Macroeconomics
|
moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
|
Maslahat beruvchi firma
|
Konsaltingo-vaya firma
|
Consulting firm
|
asosiy vazifasi yuridik yoki jismoniy shaxslar buyurtmasi bo‘yicha tahlil o‘tkazish, ilmiy-texnik va tashkiliy-iqtisodiy yangiliklarni rivojlantirish hamda foydalanish istiqbollarini asoslashga doir ishlarni bajarish bilan shug‘ullanadigan tashkilot
|