O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
“AGROKONSALTING”
FANIDAN MUSTAQIL ISHLARINI TAYYORLASH UCHUN
USLUBIY KO‘RSATMA
Samarqand – 2021
Mazkur uslubiy qo‘llanma hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida agrokonsalting faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslarini, talab va taklif asosida qishloq xo‘jalik korxonalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etishga yordam beradi. Shu bilan birga qishloq xo‘jalik korxonalari va agrokonsalting xizmati korxonalari o‘rtasidagi aloqalarning huquqiy asoslari, uni tashkil etish iqtisodiy shart – sharoitlari, agrokonsalting xizmati va undan dan foydalanishga oid nazariy va amaliy masalalar bo‘yicha yechimlar topish, yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llashning optimal mukammal yechimini tezkor baholash, qishloq xo‘jalik korxonasi moliyaviy–iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib faoliyat biznes rejasini asoslash va tuzish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qulay soliqqa tortish mexanizmini tanlash, qishloq xo‘jaligiga xizmat qiluvchilar bilan xo‘jalik shartnomalarni qonuniy shakllantirish masalalarini hamda qishloq xo‘jaligi sohasida menejer, tashkilotchi, iqtisodchi, boshqaruvchilik va fan texnikaning zamonaviy rivojlanishi sharoitlarida yangi bilimlarni amaliyotga qo‘llash masalalariga keng e’tibor qaratilgan.
Qo‘llanma agrar oliygohlarning qishloq xo‘jaligida menejment yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan.
TUZUVChILAR:
|
Yuldashev G‘.T.– “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik iqtisodiyoti” kafedrasi assistenti
|
TAQRIZChILAR:
|
Raxmonov D–– TDIU Samarqand filiali, “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
|
Ushbu oʻquv-uslubiy majmua Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligida 2020 yil “_14_” ___08_______da roʻyxatga olingan “Agrokonsalting” fan dasturi asosida tayorlangan.
Kirish
Agrokonsalting fani agrar sektorda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor sub’yektlarining mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari uchun mustahkam huquqiy, iqtisodiy sharoit yaratish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, davlat mulki monopoliyasiga barham berish, haqiqiy yer egalarining ya’ni mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini barqaror rivojlantirish va ularni iqtisodiy samaradorligini oshirishda agrokonsalting xizmatlarini tashkil etish va bozor qonunlari asosida o‘zaro munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan.
“Agrokonsaltin” fani talabalarga hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida agrokonsalting faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslarini, talab va taklif asosida qishloq xo‘jalik korxonalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va xizmatlar jarayoniga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
“Agrokonsalting” fanidan:
Fanga ajratilgan umumiy soat - 210 soat.
Fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soati - 120 soat.
Do'stlaringiz bilan baham: |