Markaz boshlig‘ining vazifalari. - xududdagi fermer xo‘jaliklari soni, ularning yo‘nalishidan kelib chiqib xodimlar shtatini ishlab chiqish;
-xodimlar xizmat vazifasidan kelib chiqib bajariladigan ishlarni taqsimlash va rahbarlik qilish;
-ko‘rsatiladigan hizmatlarni o‘z vaqtida bajarilishi uchun xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
-xodimlar va Markaz faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlarni chiqarish hamda turli ko‘rsatmalar va shartnomalarga imzo chekish;
- xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan ozod qilish;
- umumiy yig‘ilish qarorlarini bajarilishini nazorat qilish;
- ko‘rsatiladigan xizmatlar baholari bo‘yicha taklif tayyorlash;
-Markaz moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora tadbirlarni amalga oshirish;
-Markaz faoliyatini yanada yaxshilash uchun ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini amalga oshirish kabi vazifalarni bajaradi.
Markaz tarkibidagi huquqshunosning vazifalari.
- Markazda va fermer xo‘jaliklari faoliyatida mavjud qonunlar talablari bo‘yicha maslahatlar berishni tashkil qilish;
- markaz tomonidan sub’yektlarga huquqiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonunchilikning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- buyruqlar, shartnomalar va boshqa huquqiy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini ta’minlash borasidagi maslahatlarni tashkil etish;
- markazda xo‘jalik hisobini mustahkamlash, mehnatni rag‘batlantirish hamda muhofazalashni tashkil etishning boshqa samarali shakllarini joriy qilish uchun huquqiy vositalardan foydalanish, xo‘jalik shartnomalarining bajarilishi uchun masuliyatni kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish;
- markaz faoliyatida hamda fermerlar faoliyatida qonunchilikni buzish holatlarini oldini olish yuzasidan Markaz rahbari va fermer xo‘jaliklari boshliqlarini xabardor qilib borish;
- sudlarda, boshqa tashkilotlarda huquqiy masalalar ko‘rilayotganda Markaz xodimlari, ta’sischilari va a’zolarining manfaatlarni himoya qilish;
- xo‘jalik shartnomalarini tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishga oid ishlarda qatnashadi va shartnomalarga imzo qo‘yish;
- huquqiy va yuridik xizmat faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqib buyurtmachilarga tarqatish, fermer xo‘jaliklarini huquqiy axborotlar bilan ta’minlash kabi vazifalarni bajarishi lozim bo‘ladi.