3–савол
Zooveterinariya xizmati va shaxobchalarini tashkil
etish bo‘yicha maslahatlar
Veterinariya xizmati O‘zbekiston Respublikasining «Veterinariya to‘g‘risida»gi qonuniga (1993 yil 3 sentyabr) binoan amalga oshiriladi. Ushbu qonunga asoslangan holda mamlakatda davlat veterinariyasi, idoraviy va xususiy veterinariya xizmatlari tashkil topdi.
Veterinariya xizmati chorva mollarini kasalliklardan muhofaza qilish va davolash ishlari ularni xonakilashtirish davridan boshlangan. Davlat veterinariya xizmatini Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmalari, tumanlar, viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarning davlat veterinariya bo‘limlari, ular qaramog‘idagi hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash stansiyalari(tuman veterinariya stansiyalari), diagnostika markazlari, veterinariya shifoxonalari, laboratoriyalari, ekspeditsiyalari, hayvon kasalliklariga qarshi kurash qismlari, dehqon bozorlaridagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari va davlat veterinariya tarmog‘ining boshqa muassasalari amalga oshiradi.
Idoraviy veterinariya xizmati vazirlik, idora, korxona, muassasa va tashkilotlar tasarrufida bo‘lib, veterinariya mutaxassislari o‘z vakolatlari doirasida hayvonlarga idoraviy veterinariya nazorati va veterinariya xizmati ko‘rsatishini amalga oshiradi. Xususiy veterinariya xizmati bilan veterinariya vrachi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va boshqalar, shuningdek veterinariya feldsherlari va texniklari, veterinariya vrachi nazoratida shug‘ullanishi mumkin.
Respublikadagi chorva va uy hayvonlarida 80 dan ortiq tur yuqumli, gelmint kasalliklari uchraydi. Ularga qarshi kurashda oldini olish chora-tadbirlar, emlash, gelmintsizlashtirish ishlari olib boriladi. Shunga qaramay quturish, leptospiroz, salmonellyoz, teylerioz, qorason, fasallez, gemonxoz, senuroz, exinokokkoz, manezioz kabi kasalliklar vaqti-vaqti bilan chorvaga katta ziyon yetkazadi.
Hozirgi davrda respublika veterinariya xizmati tarmoqlarida 5454 nafar oliy toifali veterinariya vrachlari, 6 mingdan ko‘proq nafar feldsherlar mehnat qilmoqda. Davlat veterinariya xizmati tarmog‘i tizimida 13 viloyat veterinariya bo‘limi, 165ta tuman veterinariya shahobchalari, 13 viloyat veterinariya laboratoriyalari, 126 tuman va tumanlararo veterinariya laboratoriyalari, 246 veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari, 55 uchastka veterinariya shifoxonalari mavjud.
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklaridagi chorva mollarini turli kasalliklarini oldini olish, naslini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish maqsadida maqsadida 2613 ta zooveterinariya punktlari tomonidan 12,9 mln. so‘mdan ortiq zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatildi, 2962 ming dozadan ortiq naslli buqalar urug‘i yetkazib berildi va 2261 ming bosh sigir va urg‘ochi tanalar sun’iy urug‘lantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |