Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.
2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
individual - tarqatma materiallar, kartochka.
Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Taniqli o‘zbek adibi G‘afur G‘ulomning tarjimayi holi, «Mening o‘g‘rigina bolam» nomli hikoyasi bilan o‘tgan o‘quv yilida tanishgan edingiz. Yodingizda bo‘lsa, bo‘lg‘usi adib 1903-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning ayni o‘ynab-kuladigan, baxtli va betashvish kunlarni kechirishi lozim bo‘lgan bolalik onlari Birinchi jahon urushi davri (1914-1918-yillar) ga to‘g‘ri keldi. Ota-onasidan yosh yetim qolgan G‘afurjonning boshiga juda ko‘p ko‘rgiliklar tushadi. Garchi urush bizning yurtimizdan juda uzoqda - olis Yevropada kechayotgan bo‘lsa-da, uning sovuq nafasi butun o‘lkamizni qamrab olgan edi. Shahar va qishloqlar och-nahor odamlarga, tilanchi va devonalarga to‘lib ketgandi. Urush tufayli turmush tobora og‘irlashar, qimmatchilik va qahatchilik (oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning yetishmasligi) xalqning tinkasini quritar darajagayetgandi. Bunga qo‘shimcha, yurtimizni bosib olgan chor Rusiyasi mustamlakachilari urash ortidagi og‘ir qora ishlarni bajartirish uchun bizning o‘lkamizdan ham erkaklarni - qo‘lidan ish keladigan kishilarni majburan mardikorlikka olib ketardi. Boquvchisidan ajragan xonadonlar, ayollar va bolalar nihoyatda ayanchli ahvolda qolgan, shu sharoitda, og‘ir mehnat bilan yetishtiriladigan aksariyat noz-ne’matlarni chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan yurtdan tashib ketardi. Ko‘chalarda daydib yurgan to‘p-to‘p tilanchilar va gadoylar safiga urush bo‘layotgan joylardan jon saqlash uchun qochib kelgan yuz minglab och odamlar ham qo‘shilgandi.
Bo‘lg‘usi adib mana shu musibatga to‘la kunlarni o‘z boshidan o‘tkazar ekan, bolalik tasavvurida bu ko‘rgiliklar uzoq muddatga muhrlanib qolmasligi, qalbini larzaga solmasligi mumkin emas edi, albatta. Keyinchalik -1936-yilda yozuvchi bu o‘tmish hodisalarini xayolida qayta jonlantiradi va o‘zining mashhur «Shum bola» nomli qissasini yaratadi. Bu qissa uning umrining oxiriga qadar yanada sayqallanib, boyib boradi, o‘tgan asrning 60-yillarida hozirgi mukammal holiga keltiriladi.
Quyida ana shu qissadan bir parchani e’tiboringizga havola qilar ekanmiz, avvalo bu parchani sinchiklab mutolaa qilishingizni, qolaversa, maktabingiz kutubxonasidan G‘afur G‘ulom kitobini topib, asarni to‘liq holda o‘qib chiqishingizni istar edik. Shuni bilingki, mazkur qissani bugungi kunda nafaqat o‘zbek kitobxonlari, balki dunyoning juda ko‘p joylaridagi tengdoshlaringiz ham miriqib o‘qimoqdalar. G‘afur G‘ulomning «Shum bola» qissasi dunyodagi ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etilayotgani bejiz emas, albatta.
Qissa to‘g‘risidagi suhbatni esa undan bir shingil bahramand bo‘lganingizdan keyin boshlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |