«Adabiyot» sinflar uchun sinf sinf mavzu: Ma’naviyat xazinasi


) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi



Download 0,72 Mb.
bet39/142
Sana19.02.2022
Hajmi0,72 Mb.
#459036
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142
Bog'liq
6- sinf Adabiyot 2017

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
O‘zbek milliy nasrining zabardast vakillaridan biri yozuvchi Abdulla Qahhor 1907-yilning 17-sentabrida Qo‘qon shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Asht qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi usta Abduqahhor temirchilik bilan shug‘ullanardi. Ustaning oilasida garchi juda ko‘p farzand tug‘ilgan bo‘lsa-da, ular orasidan faqat Abdullajongina yashab qolib, boshqalari go‘daklik chog‘laridayoq turli sabablarga ko‘ra nobud bo‘lishadi. Abdullajon tug‘ilgan davrini tasavvur qilar ekansiz, avvalgi darslarda o‘tilgan G‘afur G‘ulom mavzusi, o‘sha ijodkor, ayniqsa, uning Shum bolasi taqdiri darrov yodingizga tushgan bo‘lsa, ajab emas. To‘g‘ri sezdingiz - Abdulla Qahhorning bolalik yillari ham boshqa tengdosh yozuvchi-shoirlarniki singari juda og‘ir kechgandi. Yana bir o‘zbek shoiri Hamid Olimjon o‘sha yillarni eslab:
Men bir qora kunda tug‘ildim,
Tug‘ildim-u, shu on bo‘g‘ildim,
deyishi bejiz emas edi. Zero, o‘sha yillardagi Turkiston o‘lkasi nihoyatda og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy tanglikni boshdan kechirardi. Abdulla Qahhor endigina yetti yoshga kirganida boshlangan Birinchi jahon urushi esa bu ahvolni yanada og‘irlashtirgandi.
Usta Abduqahhor tirikchilik uchun pul topish ilinjida Qo‘qon atrofidagi qishloq-kentlarga ustaxonasini ko‘chirib borar, oila ham uning ortidan sarson-sargardon sudralib yurardi. Bir qishloqda yarim yil turilsa, boshqa birida ikki oyga yetar-yetmas temirchi usta qiladigan ishlarning tagi ko‘rinib qolardi. Yana ko‘ch-ko‘ronni ko‘tarib yo‘lga chiqilar, qayerga borilsa, birovlarning uyi yoki tashlandiq hovlisida sig‘indi bo‘lib yashashga to‘g‘ri kelardi. Bularning bari Abdullajonning - bo‘lg‘usi yozuvchining ruhiyatiga, dunyoqarashi va xarakteriga ta’sir qilmasligi mumkin emas edi, albatta. Agar Abdulla Qahhorning «Sarob» romani (uning 1937-yildagi 1-nashridan o‘rin olgan temirchining o‘g‘li Sarimsoq tarixi), «O‘tmishdan ertaklar» (yozuvchi bolaligi to‘g‘risida batafsil hikoya qilingan avtobiografik asar) qissasi, o‘tmish hodisalari yoritilgan o‘nlab hikoyalariga nazar solsak, bu ta’sirning qanchalar kuchli bo‘lganini ko‘ramiz. Mazkur asarlarida yozuv-chi o‘sha kunlarni quyuq bo‘yoqlarda - xalq taqdiridagi eng og‘ir kunlar sifatida tasvirlaydi.
Abdullajonning savodi o‘sha qishloqlardagi eski maktablarda chiqqan bo‘lsa-da, ota-onasi Qo‘qonga ko‘chib kelib, muqim o‘rnashgandan keyingina u chinakam maktab ta’limini oladi. Avvaliga shahardagi sobiq xotin-qizlar gimnaziyasi o‘rnida tashkil qilingan internatda, keyin esa (1922—1924-yillari) o‘qituvchilar tayyorlanadigan texnikumda o‘qiydi.
U yillari savodli, qo‘lida qalami bor yosh kadrlarga talab nihoyatda katta edi. Shu tufayli ham Abdulla Qahhor Turkiston o‘lkasining markazi - Toshkentga keladi va «Qizil O‘zbekiston» (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») gazetasiga adabiy xodim bo‘lib ishga joylashadi. 1926-1930-yillar oralig‘ida O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning pedagogika fakultetida o‘qiydi. O‘qib yurgan kezlari «Mushtum» jurnalida, ko‘plab gazetalarda uning o‘nlab felyetonlari, hikoya va hajviyalari ketma-ket chop etiladi. Yozuvchi bu asarlar ostiga Norin shilpiq, Sarimsoq singari taxalluslar qo‘yardi.
Yosh yozuvchi tez orada yirik janrlarga ham dadil qo‘l uradi. Agar «Qishloq hukm ostida» nomli dastlabki qissasi 1932-yilda chop etilgan bo‘lsa, 1934-yilda u «Sarob» deb atalgan yirik romanini yozib tugatadi. 1935—1939-yillar oralig‘ida adibning uchta «Hikoyalar» to‘plami, 1937-yilning oxirida esa «Sarob» romani o‘quvchilarga kitob shaklida taqdim etiladi.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish