II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
EZOP MASALLARI VA ULARNING IBRATLARI HAQIDA
YOVVOYI ECHKILAR BILAN CHO‘PON
Cho‘pon echkilarini yaylovga qo‘yib yubordi. Bir payt qarasa, echkilari yovvoyi echkilar bilan o‘tlashib yuribdi: xursand bo‘ldi-yu kech kirgach, hammasini o‘zining g‘origa qamadi. Ertasiga havo buzuqligi tufayli echkilarni odatdagidek yaylovga olib chiqolmadi: g‘ordayoq boqishiga to‘g‘ri keldi. Cho‘pon o‘zining echkilariga nomigagina — o‘lmagunday yem solgani holda, qo‘lga o‘rgatib olish niyatida yovvoyi echkilarga mo‘l-ko‘l qilib to‘kdi. Ertasi, havo yurishib ketgach, echkilar tog‘ga qarab ura qochdilar. Cho‘pon ularni yaxshilikni bilmaydigan nonko‘rlar, deya koyishga tushdi: «Axir men sizlarni o‘zimning echkilarimdan-da yaxshiroq boqmadimmi?» Yovvoyi echkilar aytdilar: «Shuning uchun ham sendan nariroq yurishimiz ma’qul ko‘rindi-da. Bizlar kechagina senga yo‘liqqandik, sen esa bizni o‘zingning eski echkilaringdan-da yaxshiroq boqding. Demak, ertaga yana yangilar kelib qo‘shilsa, unda ularni bizlardan afzalroq ko‘rarkansan-da?!»
Alqissa, yangi do‘stlarni eskilardan afzal tutuvchilar bilan do‘stlashishga shoshilmang, zero yana yangi do‘stlar orttirganda siz ham eskilardan bo‘lib qolasiz.
Aziz bolajonlar, qissadan hissani anglagan bo‘lsangiz kerak-a?! Siz ham o‘z do‘stlaringiz, yaqinlaringiz haqida o‘ylab ko‘ring. Shu bilan birga o‘zingizni do‘stlarga munosabatingizni yaxshi tushunib oling. Do‘stlik degan so‘z bilan sadoqat, do‘stga sodiqlik tushunchasi doimo yonma-yon kelmog‘i lozim. Inson hayoti davomida juda ko‘p qaltis vaziyatlarga tushishi, turli sinovlarga duch kelishi mumkin. Ana shunday sharoitda faqat o‘z manfaatini o‘ylab, Sizni yolg‘iz tashlab ketadigan yoki boshqa odamlarni do‘st tutib ketadiganlardan nariroq bo‘lgan ma’qul.
Ezop insonlar tabiatidagi tuban illatlarni, yaramas xususiyatlarni juda aniq anglab, lo‘ndagina majoziy voqea asosida uning mohiyatini ko‘rsatib beradi. Quruq safsata yoki pand-nasihat bilan emas, aynan bo‘lishi, uchrashi mumkin bo‘lgan hayotiy hodisani shartli — ramziy hikoyat vositasida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bir shaklda ifoda etadi. Ezop masallarini insonlardagi barcha yuksak va chirkin xususiyatlarni mujassam etgan ibratnoma deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |