ABSTRAKTLIK
|
(lot. Abstractio – mavhumlik). A. – tafakkurning asosiy metodlaridan biri. A. ikki ma’noda qo‘llaniladi. Birinchidan, A. deyilganda, aqliy bilish jarayoni anglashiladi, ya’ni buyumning ko‘pgina tomonlari, xususiyatlari va ularning o‘zaro aloqalari xayolan tasavvur qilinadi; ayni paytda, ular bir–biridan fikran ajratiladi, ularning qandaydir bizni qiziqtirgan tomonlari, xususiyatlari alohida–alohida tartibda farqlanadi. Ob’ektiv borliq har bir moddiy buyumning o‘ziga xos ko‘pgina tomonlari, xususiyati, sifati mavjud bo‘lib, ular boshqa buyum va hodisalar bilan son–sanoqsiz iplar bilan bog‘langan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |