«Qo’l berishish» muolajasining ikkita varianti farqlanadi: begonalar bilmaydigan savol va
javoblarni ayirboshlash va faqat o’zaro aloqa o’rnatayotgan jarayonlarga ma’lum bo’lgan f(x)
funksiyadan foydalanish. f(x) funksiyadan foydalanishda birinchi jarayon
x
kattaligini shakllantiradi
va ikkinchi jarayonga uzatadi; ikkinchi jarayon maxfiy algoritm yordamida y=f(x) funksiyani hisoblaydi
va birinchi jarayonga uzatadi; birinchi jarayon y=f(x) funksiyani hisoblaydi va birinchi jarayondan
olingani bilan taqqoslaydi. Agar taqqoslash natijasi ijobiy bo’lsa, o’zaro aloqadagi tomonlarning
haqiyligi xususida xulosa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |