16 - AMALIY MAShG’ULOT MAVZUSI: Kompyuter tarmoqlarida axborot himoyasining
xususiyatlari
Axborot himoyasi nuqtai nazaridan kompyuter tarmoqlarini korporativ va umumfoydalanuvchi
tarmoqlarga ajratish mumkin. Korporativ tarmoqlarda barcha elementlar (aloqa kanallari bundan istisno
bo’lishi mumkin) bitta korxonaga taalluqli bo’ladi. Bunday tarmoqlarda butun tarmoq bo’yicha axborot
himoyasining yagona siyosatini yuritish mumkin. Davlat va harbiy boshqarish tarmoqlari, aviasiya va
temir yo’l kompaniyalari tarmoqlari korporativ tarmoqlarga misol bulaoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |