Niqoblash (imitasiyalash)
Uchinchi fodalanuvchi (V) foydalanuvchi (B)ga foydalanuvchi (A) nomidan ma’lumot jo’natadi.
Yuqorida sanab o’tilgan: modifikasiyalash, soxtalashtirish, faol modifikasiyalash, niqoblash kabi
aloqa tizimi qoidalarining buzilishini oldini olish maqsadida raqamli signaturadan – raqamli imzo va
uzatiladigan ma’lumotning biror qismini to’la o’z ichiga oluvchi raqamli shifrmatndan iborat bo’lgan
ma’lumotdan foydalaniladi.
Takrorlash
Foydalanuvchi (V) foydalanuvchi (A) tomonidan foydalanuvchi (B)ga jo’natilgan ma’lumotni
takroran (B)ga jo’natadi. Bunday noqonuniy xatti–harakat aloqa usulidan banklar tarmoqlarida elektiron
hisob–kitob tizimidan foydalanishda noqonuniylik bilan o’zgalar pullarini talon-taroj qilishda
foydalaniladi. Ana shunday noqonuniy usullardan muhofazalanish uchun quyidagi chora - tadbirlari
ko’riladi.
- imitasiyalashga bardoshlilik – imitabardoshlilik;
- kriptotizimga kirayotgan ma’lumotlarni muhofaza maqsadlaridan kelib chiqib tartiblash.
Elektron raqamli imzo aloqa tizimlarida bir necha tur qoida buzilishlaridan muhofaza qilinishni
ta’minlaydi, ya’ni:
- maxfiy kalit faqat foydalanuvchi (A)ning o’zigagina ma’lum bo’lsa, u holda foydalanuvchi (B)
tomonidan qabul qilib olingan ma’lumotni faqat (A) tomonidan jo’natilganligini rad etib bo’lmaydi;
- qonun buzar (raqib tomon) maxfiy kalitni bilmagan holda modifikasiyalash, soxtalashtirish, faol
modifikasiyalash, niqoblash va boshqa shu kabi aloqa tizimi qoidalarining buzilishiga imkoniyat
tug’dirmaydi;
102
- aloqa tizimidan foydalanuvchilarning o’zaro bog’liq holda ish yuritishi munosabatidagi ko’plab
kelishmovchiliklarni bartaraf etadi va bunday kelishmovchiliklar kelib chiqqanda vositachisiz aniqlik
kiritish imkoniyati tug’iladi.
Ko’p hollarda uztilayotgan ma’lumotlarni shifrlashga hojat bo’lmay, uni elektron raqamli imzo
bilan tasdiqlash kerak bo’ladi. Bunday holatlarda ochiq matn jo’natuvchining yopiq kaliti bilan
shifrlanib, olingan shifrmatn ochiq matn bilan birga jo’natiladi. Ma’lumotni qabul qilib olgan tomon
jo’natuvchining ochiq kaliti yordamida shifrmatnni deshifrlab, ochiq matn bilan solishtirishi mumkin.
1991 yilda AQSh dagi Standartlar va Texnologiyalar Milliy Instituti DSA (Digital Signature
Algorithm) raqamli imzo algoritmining standartini DSS (Digital Signature Standard) biz yuqorida
keltirgan El-Gamal va RSA algoritmlari asosida yaratib, foydalanuvchilarga taklif etgan.
Dastlab ta’kidlanganidek, imzo hujjatning yuridik maqomini kafolatlaydi. Hozirgi rivojlangan
jamiyatda axborot kommunikasiya tarmoqlarida elektron ma’lumot almashinuvining kengayib borishi
ma’lumotlarning maxfiyligini, haqiqiyligini va mualliflikni o’rnatish masalalarini yechishni talab etadi.
Masalan, almashilgan elektron ma’lumotlar asosida u yoki bu holatning o’zgarishi, bu ma’lumotlar
muallifi manfatlariga zid kelib, u elektron ma’lumot muallifligidan bosh tortishi mumkin. Shunday
holatlarning oldini olish mexanizmi ma’lumot muallifini o’zigagina ma’lum bo’lgan biror sonli parametr
(maxfiy kalit) bilan bog’liq holda hosil qilinadigan sonlar ketma-ketligida iborat bo’lgan elektron
raqamli imzo (ERI) hisoblanadi.
ERI axborot kommunikasiya tarmog’ida elektron hujjat almashinuvi jarayonida quyidagi uchta
masalani yechish imkonini beradi:
- elektron hujjat manbaaining haqiqiyligini aniqlash;
- elektron hujjat yaxlitligini (o’zgarmaganligini) tekshirish;
- elektron hujjatga raqamli imzo qo’ygan subyektni mualliflikdan bosh tortmasligini ta’minlaydi.
Har qanday ERI algoritmi ikkita:
–
imzo qo’yish;
–
imzoni tekshirish;
qismdan iborat bo’ladi. Imzo qo’yish muallif tomonidan, faqat unga ma’lum bo’lgan maxfiy kalit bilan
amalga oshiriladi. Imzoning haqiqiyligini tekshirish esa istalgan shaxs tomonidan, imzo muallifining
ochiq kaliti bilan amalga oshirilishi mumkin.
Elektron kommunikasiyalar va elektron hujjat almashinuvi hozirgi kunda ish yuzasidan
bo’ladigan munosabatlarning ajralmas qismi hisoblanib, har qanday zamonaviy tashkilotni elektron
hujjatlar almashinuvi va Internetsiz tasavvur qilish qiyin.
Internet tarmog’idan elektron hujjatlar almashinuvi asosida moliyaviy faoliyat olib borishda
ma’lumotlar almashinuvini himoya qilish va elektron hujjatning yuridik maqomini ta’minlash birinchi
darajali ahamiyat kasb etadi.
Elektron hujjatli ma’lumot almashinuvi jarayonida ERIni qo’llash har xil turdagi to’lov tizimlari
(plastik kartochkalar), bank tizimlari va savdo sohalarining moliyaviy faoliyatini boshqarishda elektron
hujjat almashinuvi tizimlarining rivojlanib borishi bilan keng tarqala boshladi.
Hozirda ERI tizimini yaratishning bir nechta yo’nalishlari mavjud. Bu yo’nalishlarni uchta
guruhga bo’lish mumkin:
1)
ochiq kalitli shifrlash algoritmlariga asoslangan;
2)
simmetrik shifrlash algoritmlariga asoslangan;
3)
imzoni hisoblash va uni tekshirishning maxsus algoritmlariga asoslangan raqamli imzo
tizimlaridir.
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlariga asoslangan ERI tizimlari quyidagicha tashkil qilinadi. Agar
axborot - kommunikasiya tarmog’ining
i
-foydalanuvchisi
j
- foydalanuvchisiga imzolangan
elektron hujjat jo’natmoqchi bo’lsa,
i
- foydalanuvchi o’zining maxfiy kaliti
м
i
k
bilan imzolanishi kerak
bo’lgan hujjatni o’zini shifrlab yoki uning xesh qiymatini shifrlab, shu hujjat bilan birgalikda jo’natadi.
Bu elektron hujjatni qabul qilib olgan
j
- foydalanuvchi, shifrlangan ma’lumotni
i
-foydalanuvchining
ochiq kaliti
о
i
k
bilan deshifrlab, xosil bo’lgan matnni hujjat matniga yoki uning xesh qiymatiga
solishtiradi. Agar matnlar bilan xesh qiymatlar bir xil bo’lsa imzo haqiqiy, aks holda haqiqiy emas deb
qabul qilinadi.
103
Simmetrik shifrlash algoritmlariga asoslangan ERI tizimlari quyidagicha tashkil etiladi.
i
-
foydalanuvchi bir vaqtning o’zida
i
-foydalanuvchiga ham
j
- foydalanuvchiga ham ma’lum bo’lib,
boshqa foydalanuvchilarga ma’lum bo’lmagan
м
ij
k
- kalit bilan imzolanishi kerak bo’lgan elektron
hujjatni yoki uning xesh qiymatini shifrlab, shu hujjat bilan birgalikda jo’natadi. Elektron hujjatni qabul
qilib olgan
j
-foydalanuvchi, shifrlangan ma’lumotni
м
ij
k
- kalit bilan deshifrlab, hosil bo’lgan matnni
hujjat matniga yoki uning xesh qiymatiga solishtiradi. Agar matnlar bilan xesh qiymatlar bir xil bo’lsa
imzo haqiqiy, aks holda haqiqiy emas deb qabul qilinadi. Bunday ERI tizimi bir martalik hisoblanadi,
chunki
м
ij
k
- kalitdan ikkinchi marta foydalanish imkoniyati elektron hujjatlarni qalbakilashtirish
imkoniyatini yaratadi. Bunday holatga chek qo’yish uchun elektron hujjat almashinuvi ishonchli
uchinchi tomon orqali amalga oshirilishi mumkin:
i
- foydalanuvchi o’ziga va faqat ishonchli uchinchi
tomonga ma’lum bo’lgan kalit
м
i
k
3
bilan raqamli imzoni amalga oshirib, imzolangan elektron hujjatni
uchinchi ishonchli tomonga jo’natadi, uchinchi tomon imzoni xaqiqiyligini
м
i
k
3
- kalit bilan tekshirib,
agar haqiqiy bo’lsa,
j
- foydalanuvchining o’ziga va faqat ishonchli uchinchi tomonga ma’lum bo’lgan
kalit
м
j
k
3
bilan raqamli imzoni amalga oshirib, imzolangan elektron hujjatni
j
- foydalanuvchiga
jo’natadi. Bunday ERI tizimi foydalanuvchilar uchun noqulay bo’lib, ko’plab kelishmovchiliklarni
keltirib chiqaradi.
Amalda, uchinchi turdagi imzoni hisoblash va uni tekshirishning maxsus algoritmlariga
asoslangan raqamli imzo tizimlaridan keng foydalaniladi.
Maxsus ERI algoritmlari raqamli imzoni hisoblash va imzoni tekshirish qismlaridan iborat.
Raqamli imzoni hisoblash qismi imzo qo’yuvchining maxfiy kaliti va imzolanishi kerak bo’lgan
hujjatning xesh qiymatiga bog’liq bo’ladi. Imzoni tekshirish qismi imzo egasining ochiq kalitiga va
qabul qilib olingan hujjatning xesh qiymatiga bog’liq holda amalga oshiriladi.
Maxsus ERI standartlari turkumiga:
1. Rossiya ERI standarti: GOST R 34.10-94 va uning elliptik egri chiziqda takomillashtirilgan varianti
GOST R 34.10-2001;
2. Amerika ERI standarti: DSA va uning elliptik egri chiziqda takomillashtirilgan varianti ECDSA -
2000;
3. O’zbekiston Respublikasi standarti: O’zDSt 1092:2005;
algoritmlari misol bo’la oladi
Raqamli imzo bitlar ketma-ketligida ifodalangan biror sondan iborat. Shuning uchun uni boshqa
elektron hujjatlarga ko’chirish yoki o’zgartirish kiritish katta qiyinchilik tug’dirmaydi. Shuning uchun
elektron hujjat almashinuvi tizimida ERI ni qalbakilashtirishning oldini olish chora - tadbirlari – ERI
algoritmining elektron hujjatlarni qalbakilashtirishga bardoshliligi masalasini yechish talab etiladi.
ERI algoritmining bardoshliligi quydagi uchta masalaning murakkabligi bilan aniqlanadi:
- imzoni qalbakilashtirish, berilgan hujjatga, maxfiy kalitga ega bo’lmagan holda to’g’ri imzo hisoblash;
- imzolangan ma’lumotni tashkil etish, maxfiy kalitga ega bo’lmagan holda to’g’ri imzolangan
ma’lumotni topish;
- ma’lumotni almashtirish, bir xil imzoga ega bo’lgan ikkita har xil ma’lumotni topish.
Keltirilgan ERI algoritmlari standartlari bardoshliliklari diskret logarifimlash va elliptik egri
chiziq rasional nuqtalari ustida amallar bajarish masalalarining murakkabligiga asoslangan.
Quyida axbort-kommunikasiya tarmog’ining maxfiy elektron hujjat almashish tizimi
asimmetrik shifrlash algoritmidan iborat bo’lganda ERIni ochiq kalitli shifrlash algoritmi asosida
amalga oshirish misol tariqasida ko’rib o’tiladi.
Shuday qilib,
i
- foydalanuvchi
M
- maxfiy ma’lumotni
j
-foydalanuvchiga imzo qo’ygan
holda jo’natmoqchi bo’lsa, u holda
i
-foydalanuvchi quydagilarni amalga oshirishi kerak:
1. Ma’lumot
M
tizim foydalanuvchilarining barchasiga ma’lum bo’lgan xesh-funksiya
Y
X
h
:
(bu
yerda
X
- ochiq matnlar to’plami,
Y
- xeshlash natijasida xosil bo’lgan qiymat) bilan qayd qilingan bit
uzunligidagi ifodaga siqiladi;
104
2. Ma’lumotni xesh qiymati
H
M
h
faqat
i
- foydalanuvchining o’ziga ma’lum bo’lgan maxfiy
kalitga
м
i
k
bog’liq bo’lgan bir tomonlama funksiya
E
, orqali shifrlanadi, ya’ni
S
M
h
E
м
i
k
.
3. So’ngra,
j
- foydalanuvchining ochiq kaliti
o
j
k
bilan ma’lumot
M
va
S birlashtirilangan
kengaytirilgan
ma’lumot
shifrlanadi,
ya’ni
C
C
C
M
h
E
E
M
E
S
E
M
E
S
M
E
м
i
o
j
o
j
o
j
o
j
o
j
k
k
k
k
k
k
2
1
;
4. Shifrlangan ma’lumot
С
ochiq aloqa tarmog’i orqali
j
-foydalanuvchiga jo’natiladi.
Shifrlangan ma’lumotni olgan
j
- foydalanuvchi, faqat uning o’ziga ma’lum bo’lgan maxfiy kalit
м
j
k
bilan deshifrlashni amalga oshiradi, ya’ni
,
2
1
2
1
M
h
E
M
M
h
E
E
D
M
E
D
С
D
С
D
C
C
D
С
D
з
i
з
i
o
j
з
j
o
j
з
j
з
j
з
j
з
j
з
j
k
k
k
k
k
k
k
k
k
k
bu yerda ERI ifodasi
M
h
E
м
i
k
xali deshifrlanmagan.
5. Ma’lumot egasini va ma’lumotning o’zini haqiqiyligiga ishoch xosil qilish uchun
j
-
foydalanuvchi
i
-foydalanuvchining ochiq kaliti
o
i
k
bilan ERI qismini
M
h
E
м
i
k
deshifrlab
M
h
-
ifodani oladi, ya’ni
M
h
M
h
E
D
м
i
o
i
k
k
.
6. So’ngra,
j
-foydalanuvchi deshifrlash natijasida olgan
)
(
1
C
D
м
j
k
ochiq ma’lumotni kalitsiz xesh
funsiya bilan xeshlaydi
1
С
D
h
з
j
k
va ushbu
M
h
M
h
E
D
м
i
o
i
k
k
taqqoslash bilan imzoning
to’g’riligiga ishonch hosil qilishi mumkin, agarda
1
С
D
h
м
j
k
M
h
M
h
E
D
з
i
o
i
k
k
bo’lsa, aks
holda imzo noto’g’ri, hamda, elektron hujjat haqiqiy bo’lmaydi.
ERI imzoning to’g’riligi ma’lumotni o’zini, uning avtorini va manbasining haqiqiyligini
kafolatlaydi.
Ta’kidlash joizki, 1 - 6 - bandlar, asimmetrik kriptotizimlarda ma’lumot almashinuvchi
tomonlarning ERI protokolini ifodalaydi. Kriptografik protokol deb, ikki va undan ortiq tomonlar
qatnashgan holda maxfiy ma’lumot almashinuvi jaryonida tomonlarning o’z vazifalarini bajarishi ketma-
ketligi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |