Uzish (razyedineniye). Tizim resursi yo’q qilinadi, axborotdan foydalanuvchanlik buziladi.
Bunday buzilishlarga misol tariqasida uskunaning ishdan chiqishi, aloqa liniyasining uzilishi yoki
fayllarni boshqaruvchi tizimning buzilishini ko’rsatish mumkin.
Ushlab qolish (perexvat). Resursdan ruxsat berilmagan foydalanishga yo’l ochiladi. Natijada
axborotning mahfiyligi (konfidensialligi) buziladi. Bunday foydalanuvchilar fizik shaxs, dastur yoki
kompyuter bo’lishi mumkin. Bunday buzilishlarga misol tariqasida ma’lumotlarni ushlab qolish
maqsadida aloqa kabeliga ulanish va fayllardan yoki dasturlardan noqonuniy nusxa ko’chirishni
ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |