69
Fizik ximoyalash tizimining tarkibi turli – tuman: oddiy qulfli yog’och eshikdan to
qo’riqlashning avtomatlashtirilgan tizimigacha. Fizik ximoyalash tizimning umumlashtirilgan sxemasi
7-rasmda keltirilgan.
Obyektlarni injener himoyalash va texnik qo’riqlash zaruriyati statistika orqali tasdiqlanadi,
ya’ni suqilib kirishlarning 50% dan ko’prog’i xodimlar va mijozlar tomonidan erkin foydalaniladigan
obyektlarga amalga
oshirilsa, faqat 5 % kuchli qo’riqlash rejimli obyektlarga amalga oshiriladi.
7-rasm. Axborot manbaini fizik himoyalash tizimining strukturasi
Axborotni injener ximoyalashni quyidagilar ta’minlaydi:
niyati buzuqning va tabiiy ofatning axborot manbalariga (yoki qimmatbaho narsalarga) qarab
harakat qilishi mumkin bo’lgan yo’ldagi tabiiy va sun’iy to’siqlar;
foydalanishni nazoratlovchi va boshqaruvchi tizimlarning to’suvchi qurilmalari.
Tabiiy to’siqlarga tashkilot xududida yoki yonidagi yurish qiyin bo’lgan joylar (zovurlar, jarlar,
qoyalar, daryolar, quyuq o’rmon va changalzor) taalluqli bo’lib, ulardan chegaralar mustaxkamligini
kuchaytirishda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Sun’iy to’siqlar odamlar tomonidan yaratilib, tabiiy to’siqlardan konstruksiyasi va niyati buzuq
ta’siriga barqarorligi bilan jiddiy farqlanadi. Ularga turli devorlar, qavatlararo pollar, shiplar, bino
derazalari va h. taalluqli.
Derazalar mexanik ta’sirga bardosh oyna va metall panjaralar yordamida mustaxkamlanadi.
Himoyaning oxirgi chegaralarini metall shkaflar, seyflar tashkil etadi. Shu sababli ularning
mexanik mustaxkamligiga yuqori talablar qo’yiladi.
Metall shkaflar maxfiylik grifi yuqori bo’lmagan hujjatlarni, qimmatbaho narsalarni, katta
bo’lmagan pul mablag’ini saqlashga mo’ljallangan. Shkaflarning ishonchliligi faqat metalning
pishiqligiga va qulflarning maxfiyligiga bog’liq.
8 - rasmda obyektlarni qo’riqlovchi texnik vositalar kompleksining namunaviy strukturasi
keltirilgan. Qo’riqlaydigan
xabarlovchi (datchik) texnik qurilma bo’lib, u
unga niyati buzuq tomonidan
mexanik kuch va maydon ta’sir qilganida trevoga signalini shakllantiradi.
Signalizasiya shleyfi elektr zanjirni hosil qilib, datchiklar va qabul qiluvchi - nazoratlovchi
asboblarning elektr bog’lanishini ta’minlaydi.
Qabul qiluvchi – nazoratlovchi punkt datchiklardan keladigan signallarni qabul qilish va
ishlashga, qo’riqlash xodimlarini tovush va yorug’lik signali yordamida trevoga signallari kelganligi,
datchiklar va shleyflar ishlashidagi nosozliklar xususida xabardor qilishga mo’ljallangan.
Ахборот манбаини физик ҳимоялаш
тизими
Ахборот манбаини инженер
ҳимоялаш
Ахборот манбаини физик ҳимоялаш
воситаларини бощқариш
Ахборот манбаини
техник қўриклаш
70
8-rasm. Obyektlarni qo’riklovchi texnik vositalar kompleksining namunaviy strukturasi
Hozirda
televizion kuzatuv tizimi keng qo’llanilmoqda. Bu tizim tarkibiga tungi vaqtda
qo’riqlanuvchi hududda kerakli yoritilganlik darajasini ta’minlovchi navbatchi yorituvchi vositalari ham
kiradi.
Avtonom qo’riqlash tizimining ekspluatasiyasi katta sarf -xarajatlarni talab etadi. Shu sababli
markazlashtirilgan qo’riqlash tizimlari keng qo’llaniladi. Ushbu tizimda niyati buzuqlarni
neytrallashtirish masalasi bir necha tashkilotlar uchun umumiy hisoblanadi.
Markazlashtirilgan qo’riqlashga misol tariqasida omonat bank filiallarini, kichik firmalarni,
xususiy uylarni,
dala hovlilarni, xonadonlarni qo’riqlashni ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: