A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati



Download 6,84 Mb.
bet67/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati: O‘zR Konstitutsiyasi 4-bob, 17-moddasida O‘zRsining xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosatining huquqiy (5 ta) prinsiplari ishlab chiqildi va asoslab berildi:

  1. Davlatlarning suvereniteti, tengligi.

  2. Kuch ishlatmaslik yoki tahdid qilmaslik.

  3. CHegaralarning daxlsizligi.

  4. Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish.

  5. Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik.

Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq quyidagi asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi va unga amal qilib kelmoqda:
1) O‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustuvorligi.
2) Teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlapiga aralashmaslik.
3) Mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik.
4) Xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustuvorligi.
5) Tashqi aloqalarni ham ikki tamonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng o‘z tashqi siyosatimizni xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli sub’ekti sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Endilikda tashqi siyosat mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda.



        1. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. O‘zbekistonning MDH hamda SHHTdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi.

Hozirgi kunda O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkor-lik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Shanxay hamkor-lik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, Markaziy Osiyo-da yadro qurolidan holi hudud barpo etish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog'liq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa qo'shmoqda.
1992-yil 2-martda O'zbekiston Respublikasi o'z tarixida birin-chi bor jahon hamjamiyatining teng huquqli subyekti sifatida Bir­lashgan Millatlar Tashkiloti a'zoligiga qabul qilindi.
O'zbekiston Prezidentining asosli mulohazalari bu nufuzli tash-kilot tomonidan inobatga olinib, 1993-yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ta'sis etilib, ish boshladi. Xolid Malik BMTning O'zbekistondagi vakili qilib yuborildi.
O'zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustah­kamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YXHT) a'zo bo'lib kirdi. I. Karimov­ning 1992-yil 9-10-iyulda bo'lib o'tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so'zlashi va uning 10-iyulda bo'lgan majlisiga raislik qilishi O'zbekistonning ja­hon hamjamiyatiga muvaffaqiyatli kirib borayotganligini ko'rsatadi.
O'zbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat o'tka-zishi uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. 1993-yil sentabrda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 48-sessiyasida O'zbekiston Prezidenti I. Karimovning ishtiroki va unda qilgan ma'ruzasi O'zbekistonni jahonga ko'hna va navqiron davlat sifatida tanitdi.
O'zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo'shilmaslik harakatiga qabul qilindi. Bo'lg'usi jahon Parlamentining tim-soli bo'lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kirdi.
BMT Bosh Assambleyasining 2000-yil sentabr oyida o'tgan «Mingyillik sammiti»da xalqaro terrorchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashga, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, BMT faoliyati va uning tarkibiy tizimini isloh qilishga doir ko'plab takliflarni bildirdi. Xal­qaro jamoatchilik e'tiborini yana bir bor Orol muammosiga qarat-di. Ta'kidlamoq joizki, Oroldagi vaziyat nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo mamlakatlarining ekologik muammo-sidir. Shundan kelib chiqqan holda, davlatimiz rahbari «Mingyil­lik sammiti»da ekologik xavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni qo'llab-quwatlash, ushbu xayrli ishlarga xalqaro tashkilot va donor mamlakatlardan moliyaviy vositalar jalb etish maqsadida BMTning Atrof-muhit muhofazasi bo'yicha xalqaro dasturi huzurida Orol va Orolbo'yi muammolari kengashini ruzishni taklif qildi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yilgi Is­tanbul sammitida 1-Prezident Islom Karimov BMT huzurida terrorchi-likka qarshi kurash bo'yicha xalqaro markaz tasbkil etish g'oyasini ilgari surdi. 2001-yil 28-sentabrda BMT Xavfsizlik kengashi doi-rasida terrorchilikka qarshi kurash qo'mitasining tashkil etilishi bu g'oyaning amaliy natijasi bo'ldi.
2006-yilning sentabrida esa Markaziy Osiyo mamlakatlari va­killari Qozog'istonning Semipalatinsk shahrida «Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to'g'risida»gi shartnomani imzoladilar.
Mamlakatimiz BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari bilan turli yo'nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bunda dav­latimiz rahbari Islom Karimovning xalqaro integratsiyani kuchaytirish, barqarorlikni mustahkamlash va davlatlararo hamkorlikni rivoj-lantirishga qaratilgan hamda tinchlikparvarlikka asoslangan izchil siyosati muhim omil bo'lmoqda.
Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko‘rsatadiki, biron-bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. SHarq va g‘arb mamlakatlarini bir-biriga bog‘lagan «Buyuk Ipak» tarixiy yo‘lning markazida joylashgan O‘zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo‘lib kelmoqda.
Ayniqsa, Amir Temur va Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o‘z aloqalarini o‘rnatganlar. Amir Temurning Fransiya, Angliya, Ispaniya qirollari, o‘nlab qo‘shni davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o‘sha davrdagi jo‘shqin siyosiy, madaniy va tijoriy aloqalardan guvohlik beradi.
CHor Rossiyasi bosqinidan so‘ng 130 yildan ortiq davom etgan mustamlaka davri mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo‘ydi. Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning nazorati va ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Bir paytlar dunyoga dong taratgan o‘lkamiz chekka bir viloyat darajasiga tushirib qo‘yildi. Sovetlar davrida esa chetga chiqarilgan bir-ikki diplomat hamda vazifasi oliy rutbali xorijliklarni mehmon qilishdan iborat bo‘lgan Tashqi ishlar vazirligidan boshqa hech narsa yo‘q edi.
Bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotining konstitutsiyaviy zamini yaratildi. SHunga mos ravishda inson huquqlari ham tiklanmoqda. Xalqimizning ma’naviy salohiyati, unga xizmat qiladigan tabiiy va texnikaviy zahiralar, mustahkamlanayotgan xalqaro munosabatlar demokratik rivojlanish va inson huquqlariga rioya qilish uchun barcha sharoitlarning bosqichma-bosqich yaratilishiga kafolat beradi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan konstitutsiyaviy an’analarni davom ettiradi. Mazkur an’analarga ko‘ra xalqaro huquq davlatimiz qurilishining muhim manbai bo‘lib, O‘zbekiston o‘zining xalqaro huquq normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab, namoyish etmoqda.
Bu esa yosh mustaqil davlatimizning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga qabul qilinishiga imkon berdi. Respublikamizning mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar tomonidan diplomatik tan olinishiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishiga yo‘l ochdi.
1991 yil 21 dekabrda Almatida 11 davlat: Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Azarbayjon, Armaniston, Moldaviya davlatlari boshliqlarining kengashida MDH tuzildi. MDHga 1993 yil 24 dekabrda Ashxabadda Gruziya ham qo‘shildi. O‘zbekiston mazkur MDH tashkilotining iqtisodiy integratsiya doirasida qatnashib kelmoqda.
MDH bir butun davlat, federatsiya yoki mamlakat emas, harbiy blok ham emas, balki davlatlar hamdo‘stligining yangicha shakli. Unga kiruvchi har bir davlat xalqaro hukuqning mustaqil va teng huquqli sub’ektidir.
MDH 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida SSSRning barham topishi munosabati bilan shakllandi. Uning vujudga kelishi haqidagi hujjat - bitimga dastlab uch mustaqil davlat – Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya rahbarlari imzo chekdilar. Bitimni imzolagan davlatlarning hududiy butunligini tan olish, hurmat qilish hamda amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi va fuqarolarning harakat erkinligi e’tirof etildi.
MDH a’zolari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy xarajat va qurollarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Hozirgacha ikki yuzdan ortiq normativ va tavsifiy hujjatlar qabul qilindi. SHu bilan birga, tomonlar bir-birlarining yadrosiz zona va betaraf davlat statusiga erishish uchun olib boriladigan harakatlarini hurmatlaydilar.
MDH a’zolarining birgalikdagi faoliyati sohasiga quyidagi tadbirlar kiritildi:
– tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish;
– umumiy iqtisodiy muhitni shakllantirish va rivojlantirish, Umumevropa va Evroosiyo bozorini shakllantirish;
– iqtisodiy islohot o‘tkazish;
– bojxona siyosatini birga olib borish;
– transport va aloqa, shuningdek, energetika tizimlarini rivojlantirish;
– salomatlik, atrof-muhit va ekologik xavfsizligini saqlash;
– uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
1991 yil 21 dekabrda sobiq SSSRning uch slavyan, Markaziy Osiyodagi besh, Zakavkazedagi uch respublika rahbarlari Olmaotada uchrashib, Hamdo‘stlik hujjatlariga jami 11 respublika imzo chekdi. Keyinchalik Gruziya qo‘shildi.
MDHning yuqori Oliy organi – «Davlat boshliqlari Kengashi», shuningdek, «Hukumat boshliqlari Kengashi», «Iqtisodiy Kengash», «Mudofaa vazirlari Kengashi», «Tashqi ishlar vazirlari Kengashi» hisoblanadi. Ijroiya organi «Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita» deyiladi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari Kengashi bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi. Kengashning navbatdan tashqari majlisi MDH a’zosi bo‘lgan - har qanday davlat tashabbusi bilan chaqiriladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
- MDH organlari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash (xarajatlari) a’zo davlatlarning xizmat yuzasidan bo‘lgan ishtiroki tartibi bo‘yicha taqsimlanadi va MDH organlari byudjeti to‘g‘risidagi maxsus bitim asosida o‘rnatiladi.

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish