CHet el investitsiyalari - O‘zbekiston Respublikasining “CHet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga ko‘ra, chet ellik investorlar asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulakka doir huquqlar, shuningdek, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari deb ataladi. O‘zbekiston o‘z hududida chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun barcha huquqlarni kafolatlaydi va himoya qiladi.
SHHT (SHanxay Hamkorlik Tashkiloti)-tinchlik, havfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot. 2006 yildan oltita davlatni-Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonni o‘z ichiga oladi. SHHTning shakllanishi 1992 yildan Xitoy bilan chegaradosh beshta sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarining o‘zaro chegaralarni aniqlash bilan bog‘liq muommolarni muhokama qilishdan boshlandi. 1996 yil SHanxayda, 1998 yilda Almatida, 1999 yilda Bishkekda o‘tkazilgan besh davlat rahbarlarining sammiti chegaralarni mustahkamlash, chegara hududlarida qurolli kuchlarni qisqartirish kabi masalalarni kelishib hal etishga qaratildi. 2000 yil iyulida Dushanba sammitida O‘zbekiston Prezidenti kuzatuvchi sifatida qatnashdi. 2001 yil 15 iyunda SHHTga oltinchi a’zo bo‘lib O‘zbekiston qo‘shildi. 2003 yil 28-29 mayda Moskvada SHHTning tashkiliy organlari, ramzlari tasdiqlanib, 2003 yil sentyabrida Pekinda “SHHTga a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi qabul qilindi. 2004 yil iyunidan tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi. 2005 yil iyulida Ostona sammitida Eron, Pokiston va Hindiston, kuzatuvchi maqomidagi Mongoliyaga qo‘shildilar.
EKOSAN-Ekologiya va salomatlik xalqaro jamg‘armasining 1992 yili ta’sischilar konferensiyasida tashkil qilingan bo‘lib, u notijorat, nodavlat (nohukumat) tashkilot hisoblanadi. Jamg‘arma 14 mintaqaviy va 200 tuman (shahar) bo‘limlariga ega. Korxona, tashkilot va o‘quv muassasalarida qariyb 2,5 mln. jamg‘arma faollari mavjud. Bir qator xarijiy mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, YAponiya, Pokiston, SHveysariya, MDH mamlakatlari) jamg‘arma bo‘limlari tuzilgan.
“EKOSAN”ning asosiy vazifalari ekologik muommolarni har tomonlama o‘rganish, bu borada ilmiy konsepsiya ishlab chiqishga va shu maqsadda barcha kuchlarni birlashtirishga ko‘maklashish, ekologik madaniyat, ekologik tafakkurni tarbiyalash, aholini atrof-muhit to‘g‘risida xabardor qilish, buning uchun xalqaro uchrashuvlar, ko‘rgazmalar, ekologik masalalar bo‘yicha turli xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatib ish olib borishdir. Jumladan, BMT, EXHT, YUNISEF, Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti, YUNESKO va boshqa tashkilotlar bilan EKOSAN yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Ushbu jamg‘arma har yili “EKOSAN salomatlik poezdi” tashkil qilinishi munosabati bilan, ekologik jihatdan og‘ir ahvoldagi hududlarda 200 mingga yaqin kishiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, insonparvarlik yuklari etkazib berilmoqda. Har yili “Ekologiya va salomatlik kunlari” o‘tkazilmoqda. “ASPERA” nomli tashkilot bilan hamkorlikda “Orol atrofida yashovchi onalar va bolalar”ga ekologik hamda mintaqaviy yordam berilmoqda.
YUNESKO-BMTning ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti. YUNESKO Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng, 44 davlat vakillari Londonda konferensiyaga yig‘ilib, YUNESKOni ta’sis etuvchi Ustavni qabul qilishlari bilan tashkil topgan. YUNESKOning amaliy faoliyati 1946 yil 20 noyabrdan boshlangan. Qarorgohi Parijda. Tuzilish davrida 28 ta davlat a’zo bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda unga 186 ta davlat a’zo. O‘zbekiston Respublikasi 1993 yil 29 oktyabrda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan. YUNESKOning maqsad va vazifalari: ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo‘shish; qonunchilik va adolatlilikka hurmat, irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutdan qat’iy nazar, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishni ta’minlash.
O‘zbekistonda YUNESKO bilan hamkorlikda Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ming yillik, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik, Amir Temuring 660 yillik tantanalari, Toshkent shahrining 2000 yilligi, Samarqandning 2500 yilligi, 1997 yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi keng nishonlandi.
YUNIDO-BMTning sanoat taraqqiyoti bo‘yicha tashkiloti. Rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan BMT ning ixtisoslashgan muassasasi. 1946 yilda tashkil etilgan. 1995 yilda 166 ta davlat a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1994 yil aprelda a’zo bo‘lib kirgan.
YUNKTAD-BMTning savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi. BMT Bosh Assambleyasining xalqaro savdo tashkiloti bo‘lmagan organi. 1964 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 168 ta davlat unga a’zodir. Asosiy vazifalari: xalqaro savdoni, davlatlar o‘rtasida teng huquqli o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amal qilishi bo‘yicha har xil tavsiyalar ishlab chiqish. YUNKTAD qarorlari rezolyusiyalar, bayonotlar singari shaklda bo‘lib, tavsiya xususiyatiga egadir. Uning rahbarligida ko‘p tomonlama bitimlar va konvensiyalar ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi YUNKTAD ga 1992 yilda a’zo bo‘lgan.
1991 yil 25 dekabr-Jahon intallektual mulk tashkiloti (Jeneva)
1992 yil 30 yanvar-Evropada xavfsizlik va xamkorlik tashkiloti (Praga)
17 fevral-Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti-EKO (Tehron)
2 mart-BMT (Nyu-York)
10 mart-SHimoliy Atlantika hamkorlik kengashi (Bryussel)
22 mart-Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (Lozanna)
27 aprel-Evropa rekonstruksiya va taraqqiyot banki (London)
aprel-Jaxon pochta aloqa ittifoqi-JPI (Bern)
22 may-Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti-JSST (Jeneva)
10 iyul-Xalqaro elektraloqa ittifoqi (Jeneva)
13 iyul-Xalqaro mehnat tashkiloti-XMT (Jeneva)
22 iyul-Bojxona hamkorlik kengashi (Bryussel)
1 sentyabr-Qo‘shilmaslik harakati (Jakarta)
9 oktyabr-Xalqaro Epizootiya byurosi (Parij)
21 oktyabr-Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki (Vashington)
21 oktyabr-Xalqaro volyuta jamg‘armasi (Vashington)
12 noyabr-Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (Monreal)
-Jahon bojxona tashkiloti (Bryussel)
-BMTning xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasi YUNSITRAL (Vena)
-BMTning savdo va rivojlanish bo‘yicha komissiyasi- YUIKTAD (Jeneva)
-Parlamentlararo ittifoq (Jeneva)
1993 yil 21 yanvar-Xalqaro Qizil Xoch va Qizil YArim oy qo‘mitasi (Jeneva)
23 yanvar-Jaxon meteorologiya tashkiloti -JMT (Jeneva)
26 oktyabr-YUNESKO (Parij)
-Jahon sayyohlik tashkiloti-JST (Madrid)
-Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti (Varshava)
1994 yil 15 yanvar-Xalqaro atom energiyasi agentligi-MAGATE (Vena)
aprel-BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti-YUNIDO
20 aprel-YUNISEF (Nyu-York)
22 iyun-BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi-ESKATO (Bankok)
iyun-Tariflar va savdoga oid bosh kelishuv (kuzatuvchi)
15 avgust-Xalqaro yo‘l harakati tashkiloti (Jeneva)
28 sentyabr-Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti- Interpol (Rim)
sentyabr-BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi-EIK (Jeneva)
1995 yil fevral-BMTning giyohvand moddalarni nazoratiga oid dasturi- YUNDKP (Vena)
5 aprel-Evropa energetika xartiyasi (Bryussel)
31 avgust-Osiyo taraqqiyot banki
24 noyabr-Kimiyoviy qurollarni ta’qiqlash bo‘yicha tashkilot (Gaaga)
1996 yil 2 oktyabr- “Islom konferensiyasi” tashkiloti (Jidda)
noyabr-YAdro sinovlarini har tomonlama ta’qiqlash bo‘yicha shartnoma tashkiloti (Vena)
1997 yil 7 may-Xalqaro yo‘ldosh telekommunikatsiya tashkiloti (Intelsat)
3 iyun-Xalkaro ko‘rgazmalar byurosi (Parij)
-Xalqaro moliya korporatsiyasi
- Investitsiyalar kafolatiga doir ko‘ptomonlama agentlik
- Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi
-Xalqaro suv ta’minoti assotsiatsiyasi
-Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
-Xalqaro sport federatsiyasi
-Xalqaro mototsikl sporti federatsiyasi
-Xalqaro aviatsiya sporti turlari federatsiyasi
-Xalqaro suv mator ittifoqi
-Jahon suv osti faoliyati federatsiyasi
-Jahon kema modelizmi tashkiloti
-Jahon avtomodelizm tashkiloti
-Xalqaro radiohavaskorlar ittifoqi
-Xalqaro dengiz ko‘pkurashi assotsiatsiyasi
-Xalqaro paxtachilik maslahat qo‘mitasi
Do'stlaringiz bilan baham: |