A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 2,24 Mb.
bet67/268
Sana16.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#374919
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   268
Bog'liq
Pedagogika O'UM

.
Reja:

  1. Shaxs haqida tushuncha.

  2. Shaxs rivojlanishi. Shaxs rivojlanishining omillari.

  3. Bola shaxsi tarbiya ob’yekti va sub’yekti sifatida.

  4. Shaxs faolligi.

Maqsadi: Talabalarda shaxs kamoloti haqida, shaxs rivojlanishi va shaxs rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar haqida bilimlarni shakllantirish.

Mavzu uchun tayanch so’zlar: shaxs, individ, rivojlanish, tarbiya, shaxs shakllanishi, irsiyat, muhit, jismoniy rivojlanish, qobiliyat va iste’dod.

Mavzu bayoni: Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o’zaro bog’liqligi muhim muammolardan bo’lib, u ko’p munozaralarga sabab bo’ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko’plab ichki va tashqi ta’sirlar va omillar orqali ro’yobga chiqadi.

Inson hayot ekan, butun umri davomida o’sib, rivojlanib, o’zgarib boradi. Bolalik, o’smirlik va o’spirinlik yillarida kamol topishi yaqqol ko’zga tashlanadi.

Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fanlari rivojlanishni biologik va sotsial xususiyatlari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tomonlama kamol topishining samarali bo’lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishning qonuniyatlarini, unga ta’sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta’lim va tarbiya hamda faoliyatning ta’siri, ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma’lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog’liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.

Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muammolariga to’g’ri yondoshish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta’sir etadigan sabab va vositalarni bilish zarur.



Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo’ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil hamda muhit, ta’lim va tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Ma’lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo’ysunadi.

Shaxsning, ayniqsa, bolaning jismoniy rivojlanishi, sog’lig’i biologik omilga bog’liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo’lgan irsiyatning, ya’ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e’tibor bermoqdalar. Har bir bola insonlarga xos tug’ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tug’ilgandan so’ng unda shaxs bo’lib shakllanish, yеtuk inson bo’lib voyaga yеtishi imkoniyati mavjud bo’ladi. Bola o’zining avlod-ajdodlaridan ko’pincha biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim kasalliklar ham nasldan-naslga o’tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Shunday ekan, sog’lom ota-onadan sog’lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.

Oilaning sog’lomligini, ota-onaning totuvligi, bir-birini tushunishi, qo’llab-quvvatlashi o’zaro izzat-hurmati belgilaydi.

Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o’rab olgan muhit ta’sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko’rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin.



Muhit-bu shaxsga ta’sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar yig’indisidir. Bular: tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya’ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun belgilangan imkoniyatlari muhimdir. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta’sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqyealarning to’g’ri ijobiy ta’sirini amalga oshirish imkoni tug’iladi. Muhit bera olmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli shaxsda tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib shaxsni kamolga yеtkazish mumkin. Bundan tashqari tarbiya muhitning salbiy ta’siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo’lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat hoh o’yin, mehnat, o’qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxs ulg’aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o’zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o’zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o’yin, o’quvchi hayotida o’qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.

O’quvchi va talabalarning rivojlanishida o’quv jarayonlarining ahamiyati va ta’siri beqiyos kattadir. Bilimlarni o’zlashtirish ularning tafakkurini o’stiradi, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo’lib qoladi. Bu jarayonda ularda ijtimoiy xulq mezonlari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bo’lishidan qat’iy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat insonning ham jismoniy, ham ma’naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar, o’zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko’rsatishga harakat qiladilar. Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular o’z-o’zini tarbiyalashga astoydil kirishadilar. O’z-o’zini tarbiyalashga ota-ona, o’qituvchining tarbiyaviy ta’siri yanada samarali bo’ladi. Tarbiya bilan rivojlanishning o’zaro bir-biriga ta’siri va munosabatlari mavjud, chunki qayerda tarbiya jarayoni muammolari to’g’ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Kamol topgan shaxs tarbiyaning roli va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydi.




Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish