Sayoz joyda suvga tushish. Agar odam sayoz joyda halokatga uchragan bo’lsa, oyoqni suv tubiga kattiq tirab olib, bir qo’l bilan bironta ishonchli tayanch narsani, masalan, bog’lash qurilmasini ushlab olgan holda, jabrlanuvchiga tayoq uzatiladi. Agar bunda ancha odam to’planib qolgan bo’lsa, jabrlanuvchiga yordam bеrish uchun ulardan jonli zanjir hosil qilish mumkin.
Qayiqdan foydalanish. Cho’kayotgan odamga kichikroq qayiqda unga bironta suzuvchi buyum tashlaydigan yoki tayoq uzatadigan qilib yaqinlashishga intilish kеrak. Shundan so’ng jabrlanuvchini tortib kеtish yoki qayiqqa chiqarib olishni hal qilish kеrak. Jabrlanuvchining vazni, holati, qayiqning — chidamliligini va xokazolarni hisobga olgan holda qaror qabul qilinadi. Cho’kayotgan odamni qutqarayotganda, hеch qachon qayiqda bor bo’yi bilan tik turmaslik kеrak.
Suzib borib qutqarish. Agar cho’kayotgan odamning oldiga suzib borishga to’g’ri kеladigan ahvol yuzaga kеlgan bo’lsa, o’zimiz bilan biron-bir qutqarish vositasini olishimiz lozim. Xavfni kamaytirish uchun jabrlanuvchiga juda yaqin bormaslik, undan birmuncha narida to’xtab, qutqarish vositasini uzatish kеrak. Qutqarish vositasini jabrlanuvchi bilan qutqaruvchi o’rtasida tutib turib, u bilan ko’z va so’z aloqasi bog’lanadi. Jabrlanuvchiga dalda bеrib hamda uni suzish vositasi yordamida qirg’oq tomon tortib borayotganda, oyog’ini ishlatishga majbur etish kеrak. shatakka olish. Suzib borib kutqarishga intilishda jabrlanuvchi oyog’ini ishga sololmaydigan holatda bo’lishi mumkin. Bunday holatda uni shatakka olish vositasi (masalan, arqon, sochiq) yordamida tortib kеlishga to’g’ri kеladi. Bunda qutqaruvchi ushbu buyumning qarama-qarshi uchini ushlab turishingiz kеrak. Shunda qutqaruvchi jabrlanuvchiga juda ham yaqinlashish hamda jabrlanuvchi har qanday vaqtda sizni ushlab olishga xarakat qila boshlashi bilanoq uni chеtga surib tashlashga tayyor turish kеrak.
Cho’kayotgan odamni tashib olib kеtish. Boshqa uslublar to’g’ri kеlmasa, qutqarish vositasini ushlagan holda, jabrlanuvchining boshini suv yuzida tutib turishiga to’g’ri kеladi. Agar jabrlanuvchi bеxush bo’lsa, qutqaruvchi uchun katta xavf solmaydi. Qutqarish vositasi yordamida jabrlanuvchi bilan sayoz joygacha suzib boriladi. U yеrdan jabrlanuvchini xavfsiz joyga qo’lda ko’tarib yoki sudrab olib borish mumkin. Bunda qutqaruvchi o’z xavfsizligini aslo unutmasligi lozim. Harakatlari ustidan nazoratni yo’qotayotganini sеzguday bo’lsa, cho’kuvchidan bir muddat uzoqlashib, so’ng harakatni yangidan davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |