1.4. Moliya siyosatining mohiyati va turlari
Fiskal yoki byudjet-soliq siyosati – bu davlat xarajatlari, soliqqa
tortish, imtiyozlar va subsidiyalar berish, transfert to‗lovlari tartibini
o‗zgartirishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari majmui hisoblanadi. U
moliyaviy resurslar akkumulyatsiyasi va makroiqtisodiy barqarorlik,
resurslar va daromadlarni qayta taqsimlash, to‗liq bandlikni ta‘minlash,
noinflyatsiyaviy mahsulot ishlab chiqarishga erishishga ta‘sir qilish
maqsadida olib boriladi, pul-kredit siyosati chora-tadbirlari bilan birga
esa tovar va xizmatlarning sof eksporti (importi)ga ta‘sir ko‗rsatadi.
Byudjet-soliq siyosatining asosiy instrumentlari soliq va byudjet
regulyatorlaridir. Soliq regulyatorlariga soliq va to‗lov turlari, ularning
tuzilmasi, soliqqa tortish obyektlari, to‗lov subyektlari, soliq manbalari,
stavkalar, imtiyozlar, sanksiyalar, undirish muddatlari, joriy etish
usullari kiradi. Byudjet regulyatorlari – bu mablag‗larning davlat
tomonidan markazlashtirish darajasi, respublika va mahalliy byudjetlar
o‗rtasidagi nisbat, byudjet defitsiti, davlat byudjeti va byudjetdan
tashqari fondlar o‗rtasidagi nisbat, daromad va xarajat qismlarining
byudjet tasnifi va boshqalar hisoblanadi.
Fiskal
siyosat iqtisodiy vaziyatdagi o‗zgarishlarga ta‘sir
mexanizmiga bog‗liq ravishda diskretsion va nodiskretsion (avtomatik)
turga bo‗linib, shunga mutanosib tarzda uning faoliyat mexanizmi
belgilanadi, tartibga solish shakl va metodlari aniqlashtiriladi.
Diskretsion fiskal siyosat hukumat qarorlariga asoslanadi. Bunda
hukumat soliq stavkalari yoki soliqqa tortish tuzilmasi, davlat
xarajatlarining darajasi bilan manipulyatsiya qilgan holda, yalpi talab va
yalpi taklif, milliy mahsulotning real hajmi, ish bilan bandlik darajasi,
inflyatsiya va narxlar shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Hukumat
qarorlaridan
qat‘i nazar, iqtisodiy shart-sharoit
o‗zgarganda davlat xarajatlari va soliq tushumlari darajasida avtomatik
o‗zgarishlarning mavjudligiga bog‗liq holda avtomatik moliyaviy-soliq
siyosati shakllantiriladi. Bu o‗rnatma stabilizatorlar siyosati – o‗z-o‗zini
tartibga solish rejimida ishlaydigan mexanizmlar bo‗lib, bu
rejalashtirilgan xarajatlar va investitsiyalar umumiy hajmi va
tuzilmasidagi
o‗zgarishlarni
kompensatsiyalaydi.
O‗rnatma
stabilizatorlar hukumat tomonidan maxsus qarorlar qabul qilmasdan
turib, inqiroz davrida davlat byudjeti defitsitini oshirishi (yoki uning
ijobiy saldosini qisqartirishi) va inflyatsiya davrida ijobiy saldoni
oshirishi
(yoki
defitsitni
kamaytirishi)
mumkin.
O‗rnatma
stabilizatorlarga tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi, narxlar va
foiz stavkalari darajasi o‗zgarishlariga iqtisodiy tizim ta‘sirchanligini
susaytirishga xizmat qiluvchi soliqlar, ishsizlik bo‗yicha nafaqalar,
ijtimoiy to‗lov kiritiladi. Bu yerda yetakchi rol soliqlarga tegishli.
O‗rnatma stabilizatorlarning ta‘siri quyidagicha izohlanadi:
1. Iqtisodiy inqiroz davrida ishsizlik darajasi o‗sib boradi va ijtimoiy
nafaqalar bo‗yicha byudjet xarajatlari avtomatik ravishda ko‗payadi,
shuning uchun aholi daromadlari va umumiy talab o‗sadi. Iqtisodiy
yuksalish davridagi vaziyat esa aksincha.
2. Hukumatlar diskretsion, ya‘ni, barqarorlashtiruvchi fiskal siyosat
olib borib, u iqtisodiy sikl fazasiga bog‗liq ravishda sekinlashtiruvchi
yoki rag‗batlantiruvchi (defitsit) bo‗lishi mumkin.
Sekinlashtiruvchi fiskal siyosat ortiqcha talabning ta‘siri ostida
yuzaga kelgan inflyasiyani bartaraf etish uchun iqtisodiy yuksalish
bosqichida amalga oshiriladi. U ishbilarmon faollikni cheklash,
YaIMning
real
hajmini
uning
potensial
darajasiga
nisbatan
kamaytirishga qaratilgan. Sekinlashtiruvchi siyosatni amalga oshirish
mexanizmi sof soliqlar oshishini (soliq undirishdan olingan davlat
daromadlari bilan davlat transfert to‗lovlari o‗rtasidagi farq), yoki
ularning davlat xarajatlarini (xaridlar va buyurtmalar) kamaytirish bilan
birga o‗sishini nazarda tutadi, bu iqtisodiyotning xususiy sektorida
umumiy talabning kutilgan jonlanishini kompensatsiyalaydi.
Rag‗batlantiruvchi (defitsit) fiskal siyosat ishlab chiqarish pasaygan
davrda sof soliqlarni kamaytirish yoki buni davlat xarajatlarining oshishi
bilan
uyg‗unlashtirishga
yo‗naltirilgan
chora-tadbirlar
orqali
ishsizlikning sezilarli darajasida amalga oshiriladi.
Soliqlar va davlat xarajatlarining iqtisodiy o‗sishga ta‘siri.
Soliqlar
va
davlat
xarajatlarining
iqtisodiy
rivojlanishga
stabillashtiruvchi ta‘siri shu bilan asoslanganki, ular multiplikatsion
samaraga ega va umumiy talab, milliy ishlab chiqarish hajmi, aholi
bandligiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etadi. Masalan, inqiroz davrida
hukumat davlat xarajatlarini qisqartirishni rag‗batlantirgan holda,
iste‘mol xarajatlarining o‗sishi va investitsiyalarning ko‗paytirish
ehtiyoji yuzaga keltiradi.
Quyidagi nisbatga teng davlat xarajatlari multiplikatori (MRg)
)
1
(
1
MPC
(bu yerda MRC – iste‘molga chegaraviy moyillik) tovar va
xizmatlar xaridi uchun davlat xarajatlari o‗sishi natijasida YaIM
ortishini ko‗rsatadi.
Ishsizlikning sezilarli darajasida davlat soliqlarini qisqartirish
shaklida rag‗batlantiruvchi siyosatni amalga oshiradi. Ancha kam
soliqlar uy xo‗jaligi daromadlari ortishiga olib keladi, bu esa xarajatlar
ortishi va umumiy talab, narxlar o‗sishi, ishlab chiqarish va umumiy
taklif kengayishini, natijada esa real YaIM oshishini keltirib chiqaradi.
Shuningdek, ular uy xo‗jaligi jamg‗armalari o‗sishi va tadbirkorlik
investitsiyalarining foydaliligi oshishini rag‗batlantiradi. Bu kapital
jamg‗arish me‘yori ortishi, ishlab chiqarish kengayishi, ishsizlik darajasi
pasayishi va milliy mahsulot ko‗payishiga xizmat qiladi. O‗z navbatida,
soliqlar ham multiplikatsion samaraga olib keladi.
Sof soliqlar multiplikatori (MRn) – bu jami talabning o‗zgarish
qiymatining real sof soliqdagi berilgan o‗zgarish qiymatiga nisbati.
Uning mutlaq qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi:
MRn=MRg-1.
Soliqlar davlat xarajatlariga nisbatan milliy mahsulot o‗zgarishiga
kam darajada ta‘sir ko‗rsatadi. Soliq multiplikatori iste‘molga
chegaraviy moyillik kattaligida davlat xarajatlari multiplikatoridan
kamroq bo‗ladi:
MPH=MMP* MMR=
)
1
(
MPC
MPC
.
Buning sababi, davlat xarajatlari jami xarajatlarning tarkibiy qismi
hisoblansa, soliq faqat sarf-xarajatlarni qoplaydigan omil – umumiy
xarajatlarning o‗zgaruvchilaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari,
tovar va xizmatlar sotib olish uchun foydalaniladigan har bir pul birligi
YaIM o‗sishiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir qilsa, soliqlar qisqarishi bilan uy
xo‗jaliklari daromadining faqatgina bir qismi iste‘molga o‗tadi, chunki
ikkinchisi jamg‗arishga yo‗naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |