A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

Davlat  byudjetini  belgilangan  parametrlar  doirasida  ijro  etish. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi va mahalliy hokimiyat 
vakillik organlari, agar  muayyan harakatlari byudjet defitsitining qonun 
hujjatlarida  belgilangan  eng  yuqori  darajasidan  oshib  ketishiga  olib 
keladigan  bo‗lsa,  Davlat  byudjeti  daromadlarini  qisqartiruvchi  yoki 
xarajatlarini oshiruvchi biron-bir harakat qilishga haqli emaslar. 
Mahalliy byudjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida 
ayrim turlar bo‗yicha byudjet daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Jo‗qorg‗i  Kengesi  va  tegishli  mahalliy 
hokimiyat  vakillik  organining  qarori,  agar  unda  boshqa  turlar  bo‗yicha 
daromadlarni ko‗paytirish va (yoki) byudjet xarajatlari tegishli miqdorda 
qisqartirilishi kerak bo‗lgan moddalar nazarda tutilgan bo‗lsagina, qabul 
qilinishi va amalga kiritilishi mumkin. 
Agar  Davlat  byudjeti  qabul  qilinganidan  keyin  moliya  yili 
mobaynida 
Davlat 
byudjetidan 
olingan 
byudjet 
mablag‗larini 
ko‗paytirish  (kamaytirish)  to‗g‗risida  qaror  qabul  qilinadigan  bo‗lsa, 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi, 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tomonidan 
tegishli  darajadagi  byudjetlar  hajmiga  o‗zgartirishlar  kiritiladi. 


Xarajatlarni  ko‗paytirish  yoki  ularni  qisqartirish  byudjetlar  o‗rtasida 
o‗zaro  hisob-kitob  qilish  yo‗li  bilan  amalga  oshiriladi.  Byudjetlar 
o‗rtasida  o‗zaro  hisob-kitob  o‗tkazish  tartibi  O‗zbekiston  Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Soliq  va  byudjet  to‗lovlari  intizomini  mustahkamlash  yuzasidan 
ko‗rilgan  chora-tadbirlar  natijasida  mahalliy  byudjetlarga  tasdiqlangan 
ko‗rsatkichlardan  tashqari  tushgan  qo‗shimcha  daromadlar  aylanma 
kassa  mablag‗i  me‘yori  tasdiqlanganidan  kam  bo‗lmagan  miqdorda 
saqlanib  qolgan  taqdirda  qabul  qilingan  byudjetdagidan  tashqari 
xarajatlarga yo‗naltirilishi mumkin. 
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
Agar  yil  mobaynida  davlat  daromadlari  ancha  qisqargan  va  Davlat 
byudjetining 
oldindan 
belgilangan 
defitsiti 
qonun 
hujjatlarida 
belgilangan  chegara  miqdoridan  oshadigan  bo‗lsa,  O‗zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  Davlat  byudjetining  xarajatlarini 
alohida  moddalar  bo‗yicha  qisqartirish  to‗g‗risida  qonun  hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taklif 
kiritadi. 
Turli  darajadagi  byudjetlarning  daromadlari  va  xarajatlari 
o‗rtasidagi  vaqtinchalik  tafovutni  to‗g‗rilash  maqsadida  moliya  yili 
mobaynida  ularga  tegishli  byudjetlardan  byudjet  ssudalari  ajratilishi 
mumkin.  Byudjet  ssudalarini  berishning  eng  kech  muddati  va  tartibi 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Turli  darajadagi  byudjetlarning  daromadlari  va  xarajatlari 
o‗rtasidagi vaqtinchalik tafovutni moliya yili mobaynida aylanma kassa 
mablag‗i  me‘yori  hisobiga  uni  moliya  yili  oxirigacha  tasdiqlangan 
hajmga  qadar  tiklagan  holda,  byudjet  mablag‗larining  foydalanilmagan 
qoldiqlari  hisobiga,  shuningdek,  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 
davlatning  qisqa  muddatli  qimmatli  qog‗ozlarini  chiqarish  hisobiga 
qoplash mumkin. 
Davlat  byudjetining  kassa  ijrosini  tashkil  etish,  shuningdek,  uning 
davlat  daromadlari  va  xarajatlarini  hisobga  olish  O‗zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  O‗zbekiston  Respublikasi 


Markaziy  banki  bilan  birgalikda  amalga  oshiriladi.  O‗zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi  G‗aznachiligi  va  uning  hududiy 
bo‗linmalari  Davlat  byudjetining  kassa  ijrosini  ta‘minlaydi.  Banklar 
O‗zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  topshirig‗iga  binoan 
Davlat byudjetining kassa ijrosi operatsiyalarini bajaradi. 
Byudjet mablag‗lari oluvchilarning xarajatlari ularning O‗zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi  G‗aznachiligida  yoki  uning  hududiy 
bo‗linmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridagi byudjetdan ajratilgan 
mablag‗lar  qoldiqlari  doirasida  to‗lov  topshiriqnomalari  bo‗yicha 
amalga oshiriladi. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish