3.3 Davlat korxonalarining faoliyati va faoliyat yuritishi uchun
normativ-huquqiy asoslarni tartibga solish
Davlat korxonalarining faoliyati va ularning moliyasi bir qator
normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, ―O‗zbekiston Respublikasining
Fuqarolik
kodeksiˮ,
soliq
to‗lovlari
bo‗yicha
―O‗zbekiston
Respublikasining Soliq kodeksiˮ, ―Davlat korxonalari to‗g‗risidaˮgi
nizom (Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006 yildagi 215-sonli qaroriga
1-ilova), ―Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to‗g‗risidaˮgi nizom (O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
05.02.1999
yildagi
540-sonli
qaroriga
ilova),
O‗zbekiston
Respublikasining 30.08.1996 yildagi N 279-I- sonli ―Buxgalteriya hisobi
to‗g‗risida‖gi qonuni, buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar
aylanmasi to‗g‗risida nizom (Moliya vazirining 23.12.2003 yildagi N
131-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2004-
yil 14-yanvarda 1297-son bilan ro‗yxatga olingan), ―Milliy buxgalteriya
standartlariˮ va boshqalar bilan tartibga solinadi.
O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq,
mulkdor tomonidan mulkka biriktirilgan shaxsga egalik huquqi
berilmagan tijorat tashkiloti unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mulki bo‗linmas sanalib, hissalar (ulushlar,
paylar) bo‗yicha, shu jumladan, korxona xodimlari o‗rtasida
taqsimlanmaydi.
Unitar korxonaning ustavida korxona ustav kapitalining miqdori, uni
tuzish tartibi va manbalari to‗g‗risida ma‘lumotlar bo‗lishi kerak.
Unitar korxonaning mulki unga xo‗jalik yuritish yoki tezkor
boshqarish huquqi bilan tegishlidir. Unitar korxonaning firma nomida
uning mulki egasi ham ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak.
Unitar korxonaning organi mulkdor yoki vakolatli organ tomonidan
tayinlangan va ularga hisobdor bo‗lgan rahbar hisoblanadi.
Unitar korxona o‗ziga qarashli barcha mol-mulk uchun o‗z
majburiyatlari bo‗yicha javobgar sanaladi. U mulk egasining
majburiyatlari bo‗yicha javobgar bo‗lmaydi. Unitar korxona mulkining
egasi korxona majburiyatlari bo‗yicha javobgar sanalmaydi. Ushbu
qoida, shuningdek, sho‗ba korxonaga muassis unitar korxonaning sho‗ba
korxona majburiyatlari bo‗yicha javobgarligiga nisbatan ham tatbiq
etiladi.
Xo‗jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona mulk
egasining yoki u vakolat bergan organning qarori bilan tuziladi. Xo‗jalik
yuritish huquqiga asoslangan korxonaning ta‘sis hujjati uning
o‗rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan nizomi hisoblanadi.
Xo‗jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona yuridik shaxs
sifatida o‗rnatilgan tartibda o‗z mulkining bir qismini xo‗jalik yuritish
uchun taqdim etgan holda boshqa unitar korxona (sho‗ba korxona)
tashkil etishi mumkin. Muassis sho‗ba korxonaning nizomini tasdiqlaydi
va uning boshlig‗ini tayinlaydi.
Mulkni xo‗jalikni boshqarish huquqi asosida tasarruf etuvchi unitar
korxona ushbu mol-mulkka egalik qiladi va undan foydalanadi.
Qonunga muvofiq, mol-mulkini xo‗jalik yuritishga bergan mulkdor
korxonani tashkil etish, uning faoliyati maqsadlari va predmetini
belgilash, uni qayta tashkil etish va tugatish masalalarini hal qiladi,
korxona direktori (boshlig‗i)ni tayinlaydi, korxona tomonidan o‗ziga
tegishli mulkdan maqsadga ko‗ra foydalanilishi va saqlanishini nazorat
qiladi. Mulkdor korxonaning xo‗jalik yuritishda bo‗lgan mulkdan
foydalanishdagi daromadning bir qismini olish huquqiga egadir.
Unitar korxona o‗ziga xo‗jalik yuritish huquqi asosida tegishli
bo‗lgan ko‗chmas mulkni sotishga haqli emas. Shuningdek, mulkdor
roziligisiz uni ijaraga berishi, garovga qo‗yishi, xo‗jalik sherikchiligi va
jamiyatlarining ustav fondiga ulush sifatida kiritishi yoki usulda tasarruf
etishi mumkin emas. Korxonaga tegishli mol-mulkning qolgan qismini u
mustaqil tasarruf etadi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, davlat organining qaroriga
ko‗ra davlat tasarrufida bo‗lgan mulk bazasida tezkor boshqarish huquqi
asosida davlat unitar korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi
mumkin.
Davlat korxonasining ta‘sis hujjati uning nizomi sanaladi. Tezkor
boshqarish huquqiga asoslangan davlat korxonasining firma nomida
korxona davlat korxonasi ekanligini ko‗rsatish lozim.
Davlat korxonasining mulki yetarli bo‗lmagan hollarda uning
majburiyatlari bo‗yicha davlat ham subsidiar tartibda javob beradi.
Davlat korxonasi uni tashkil etish to‗g‗risida qaror qabul qilgan
davlat organi tomonidan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Davlat korxonasi o‗ziga biriktirilgan mulkdan qonunda belgilangan
doirada, o‗z faoliyati maqsadlariga, mulkdorning (yoki uning
topshirig‗iga ko‗ra u vakolat bergan davlat organi – muassisning)
topshiriqlariga hamda egalik qilish huquqidagi mulkning maqsadiga
muvofiq mulkdan foydalanishni va uni tasarruf etishni amalga oshiradi.
Davlat korxonasi yoki muassasasiga topshirilgan mulk egasi
ortiqcha,
foydalanilmayotgan
yoki
maqsadiga
zid
ravishda
foydalanilayotgan mulkni olib qo‗yish va uni o‗z xohishiga ko‗ra
tasarruf etish huquqiga ega. Davlat korxonasi o‗z tasarrufidagi mol-
mulkni ushbu mulk egasining roziligi bilan davlat ixtiyoriga o‗tkazishi
yoki boshqacha tarzda tasarruf etishi mumkin.
Davlat korxonasi, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‗lmasa, o‗z mahsulotlarini mustaqil ravishda sotadi. Davlat
korxonasining daromadlarini taqsimlash tartibi uning mol-mulki egasi
tomonidan belgilanadi.
Muassasa o‗ziga biriktirilgan mulk va smeta bo‗yicha unga
ajratilgan mablag‗lar hisobidan sotib olingan mulkni davlat ixtiyoriga
o‗tkazishi yoki boshqacha tarzda tasarruf huquqiga ega emas. Agar ta‘sis
hujjatlariga muvofiq muassasaga daromad keltiruvchi faoliyatni amalga
oshirish huquqi taqdim etilgan bo‗lsa, u holda bunday faoliyatdan
olingan daromad va ushbu daromadlar hisobidan sotib olingan mulk
muassasaning mustaqil tasarrufiga o‗tadi va alohida balansda qayd
etiladi.
Mulkdor tomonidan unitar korxona yoki muassasaga biriktirish
haqida qaror qabul qilingan mulkka nisbatan ushbu korxona yoki
muassasada xo‗jalik yuritish huquqi yoki mulkni operativ boshqarish
huquqi agar qonunchilikda yoki mulkdorning qarorida boshqa holat
nazarda tutilmagan bo‗lsa, mulk o‗tkazilgan paytdan boshlab paydo
bo‗ladi.
Xo‗jalik yuritish yoki tezkor boshqarishda bo‗lgan mulkdan
foydalanish mevasi, mahsulotlari va daromadlari, shuningdek, unitar
korxona yoki muassasa tomonidan shartnoma bo‗yicha yoki boshqa
asoslarda sotib olingan mulk egalik huquqini qo‗lga kiritish uchun unitar
korxona yoki muassasaning xo‗jalik yuritishi yoki tezkor boshqarishiga
kelib tushadi.
Mulkka nisbatan xo‗jalik yuritish huquqi va tezkor boshqarish
huquqi mulkdorning qaroriga binoan va qonunchilikda nazarda tutilgan
boshqa asoslarda bekor qilinadi.
2. O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa
qonunchilik hujjatlariga muvofiq, davlat korxonalari to‗g‗risida nizom
davlat korxonalarining huquqiy maqomini, davlat korxonasi, uning
sho‗‗balari va vakolatxonalarini tuzish hamda ularning faoliyatiga xos
xususiyatlarni, muassisning, ijro organining huquq va majburiyatlari,
davlat korxonasi va uning muassisi o‗rtasidagi mulkiy munosabatlarni
belgilab beradi.
Davlat korxonasi alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank
hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramzi,
shtamplari va blankalariga, O‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbi
tasviri tushirilgan, o‗zining firma nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega
bo‗ladi. Davlat korxonasining firma nomida ―davlat korxonasiˮ so‗zlari
bo‗lishi kerak.
Davlat korxonasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‗z
nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga
oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da‘vogar va javobgar bo‗lishi
mumkin.
Davlat korxonasi muassis roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq
tijorat
tashkilotlari,
shuningdek,
ularda
yuridik
shaxslarning
qatnashishiga yo‗l qo‗yiladigan notijorat tashkilotlar qatnashchisi
(a‘zosi) bo‗lishi mumkin. Davlat korxonasi davlatning boshqa korxonasi
muassisi bo‗lishga haqli emas.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan
davlat unitar korxonalari faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini,
faoliyatning ushbu turlarini amalga oshirish O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining yoki O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlarida nazarda tutilgan hollarda, tegishli litsenziya olmasdan
amalga oshirishga haqlidirlar.
Quyidagilarning qarorlari davlat korxonasini tashkil etish uchun
asos sanaladi:
– O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti;
– O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
– davlat boshqaruvi organi;
– mahalliy davlat hokimiyati organi.
Davlat korxonasi, agar uni tashkil etish to‗g‗risidagi qarorda
boshqacha qoida belgilanmagan bo‗lsa, faoliyat ko‗rsatish muddati
cheklanmagan holda tashkil etiladi.
Muassis tomonidan tasdiqlangan va qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda tegishli davlat organlarida ro‗yxatga olingan ustav davlat
korxonasining ta‘sis hujjati hisoblanadi.
Davlat korxonasi ustavida quyidagi ma‘lumotlar bo‗lishi kerak:
– firma nomi, joylashgan joyi (pochta manzili);
– faoliyatining predmeti va maqsadi;
– davlat korxonasi faoliyatini boshqarish tartibi;
– ustav fondining miqdori, uni shakllantirish tartibi va manbalari;
– ustav fondini ko‗paytirish va kamaytirish tartibi;
– mulkni tasarruf etish shartlari;
– daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi;
– zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
– rahbarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
– yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
– davlat korxonasini qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Jamiyat ustavida qonun hujjatlariga zid bo‗lmagan boshqa qoidalar
bo‗lishi mumkin.
Davlat korxonasi ustaviga o‗zgartirishlar muassisning qaroriga ko‗ra
kiritiladi va belgilangan tartibda davlat ro‗yxatidan o‗tkaziladi.
Davlat korxonasining mulki:
- muassis tomonidan davlat korxonasiga tezkor boshqarish huquqi
bilan birkitilgan mulk;
- davlat korxonasining o‗z faoliyatidan olingan daromadlari;
- qonun hujjatlariga zid bo‗lmagan boshqa manbalar hisobiga
shakllantiriladi.
Davlat korxonasi mulkining qiymati korxonaning mustaqil balansida
aks ettiriladi.
Tashkil etilgan davlat korxonasida davlat mulkini tezkor boshqarish
huquqi, topshirish – qabul qilib olish dalolatnomasi korxona rahbari va
muassis tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab paydo bo‗ladi.
Davlat korxonasi mulki bo‗linmas mulk hisoblanadi va qo‗shilgan
hissalar (ulushlar, paylar) bo‗yicha, shu jumladan davlat korxonasi
xodimlari o‗rtasida taqsimlanishi mumkin emas.
Davlat korxonasi mulkini tasarruf etish quyidagi hollarda davlat
korxonasining ijro etuvchi organi tomonidan muassis bilan kelishgan
holda amalga oshiriladi:
– asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga topshirish;
– mulkni xo‗jalik jamiyati ustav fondiga ulush sifatida qo‗shish;
– xo‗jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish;
– mulkni davlat korxonasi faoliyati maqsadlariga muvofiq
bo‗lmagan boshqacha tarzda tasarruf etish.
Davlat korxonasi muassis bilan kelishuv bo‗yicha, qonun hujjatlari
talablariga rioya qilgan holda filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar
ochishi mumkin.
Filial yoki vakolatxona tashkil etilgandan keyin bir hafta muddatda
davlat korxonasi bu to‗g‗rida O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulki
qo‗mitasini (uning hududiy organini) xabardor qilishi shart. Davlat
korxonasining filiallari va vakolatxonalari ularni tashkil etgan davlat
korxonasi nomidan, davlat korxonasi tomonidan tasdiqlangan nizomlar
asosida faoliyat ko‗rsatadi va uni tashkil etgan davlat korxonasi mulkiga
ega bo‗ladi. Davlat korxonasi filiali yoki vakolatxonasi rahbari davlat
korxonasining rahbari tomonidan muassis bilan kelishgan holda
tayinlanadi va uning ishonchnomasi asosida faoliyat ko‗rsatadi. Filial
yoki vakolatxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to‗xtatilgan
taqdirda ishonchnoma davlat korxonasi rahbari tomonidan bekor
qilinishi kerak.
Davlat byudjetiga va byudjetdan tashqari jamg‗armalarga barcha
soliqlar hamda boshqa majburiy to‗lovlar to‗langandan keyin davlat
korxonasida qoladigan sof foyda korxona ixtiyorida qoladi va undan
muassisning qaroriga binoan foydalaniladi.
Davlat korxonasi o‗z ixtiyorida qoladigan sof foyda hisobiga
korxona ustavida nazarda tutilgan tartibda va muassis tomonidan
tasdiqlanadigan miqdorlarda zaxira fondi va boshqa fondlarni tashkil
etishi mumkin.
Davlat korxonasi o‗z majburiyatlari bo‗yicha o‗ziga tegishli mulk
bilan javob beradi. Muassis korxona mulki yetarli bo‗lmaganda davlat
korxonasi majburiyatlari bo‗yicha subsidiar tartibda javob beradi. Davlat
korxonasi muassisning majburiyatlari bo‗yicha javob bermaydi. Davlat
korxonasining filiali va vakolatxonasi majburiyatlari bo‗yicha ularni
tashkil etgan davlat korxonasi javob beradi.
Davlat korxonasi hisobot davri tugagach vakolatli organlarga
moliyaviy hisobotni va ro‗yxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa
hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning
belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob
beradi.
Davlat korxonasi faoliyatini xo‗jalik yurituvchi organ sifatida
nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassis va boshqa
vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat korxonasi muassis qaroriga ko‗ra, tegishli ravishda Davlat
mulki qo‗mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda,
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoxud sud qaroriga binoan qayta
tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―O‗zbekiston
Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va
raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini
boshqarish
markazi
faoliyatini
tashkil
etish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror davlat aktivlarini
samarali boshqarishni ta‘minlash, yagona texnik-iqtisodiy, ishlab
chiqarish
siyosatini
amalga
oshirish,
ishlab
chiqarishni
modernizatsiyalash, shu jumladan investitsiyalarni jalb etish yo‗li bilan
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarish va
o‗zlashtirish hajmlarini kengaytirish maqsadida qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, davlat unitar korxonasi hisoblanadigan Markazga
aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat
paketlari, shuningdek, mas‘uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav
fondlaridagi davlat ulushlarini tasarruf etish huquqisiz egalik qilish va
foydalanish uchun beriladi.
Davlat raqobat qo‗mitasining Toshkent shahri bo‗yicha hududiy
boshqarmasi huzuridagi Davlat mulki ijarasi markazi tomonidan
Toshkent shahri byudjetiga yo‗naltiriladigan mablag‗larning bir qismi
2013-yilda, 2014-yildan boshlab esa – davlat ulushi bo‗yicha
O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga amalda tushgan
dividendlarning bir qismi hamda O‗zbekiston Respublikasi Davlat
raqobat qo‗mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasi
bo‗yicha davlat korxonalari foydasining bir qismidan ajratiladigan
ajratmalar, ta‘minot, zarur moddiy-texnik bazani shakllantirish,
shuningdek, Markazning faoliyat ko‗rsatishi bilan bog‗liq bo‗lgan
boshqa xarajatlarini qoplash manbai hisoblanadi.
3.
Davlat
korxonasi
faoliyatining
moliyaviy
natijalarini
shakllantirish O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
05.02.1999-yildagi ―Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va
sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi to‗g‗risidaˮgi nizomni tasdiqlash haqida
54-sonli qarori bilan
tartibga solinadi.
Ushbu nizomga muvofiq, xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy
ko‗rsatkichlari quyidagicha ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |