A. A. Qaxxarov, yu. Sh. Avazov, U. A. Ruziyev kompyuter tizimlari va tarmoqlari


IX-BOB. TARMOQNING DASTURIY TA’MINOTI



Download 7,26 Mb.
bet175/312
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#321187
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   312
Bog'liq
Компьютер тизимлари Дарслик Юсуф 18 10 2019

IX-BOB. TARMOQNING DASTURIY TA’MINOTI
9.1. Amaliyot tizimlarining vazifasi va qо‘llanilishi

Kompyuterlarning amaliyot tizimlari kompyuterlarning apparat vositalarining rivojlanishi bilan rivojlanadi va takomillashadi. Xotira hajmlarining, sо‘z uzunligining ortishi, arxitekturaning takomillashishi bilan birga kompyuterlarning imkoniyatlari kengaydi, bu yangi, takomillashgan ishlov berish ish tartiblarining paydo bо‘lishiga, foydalanuvchi va kompyuter orasida interfeysning rivojlanishiga, ma’lumotlarni ishlov berish samaradorligining oshishiga sabab bо‘ldi.

Amaliyot tizimlarning rivojlanishida muhim bosqich bо‘lib Unix amaliyot tizimini yaratilishi bо‘ldi. Uning uchun dasturiy kod yuqori darajadagi S tilda yoziladi. Bu amaliyot tizimni turli turdagi kompyuterlarga oson о‘tkazish imkoniyatini berdi va yaxshi funksional imkoniyatlariga ega bо‘lgan ixcham tizim shakliga keldi. Barcha keyingi Sun OS, HP-Ux, AIX, QNX va boshqa kо‘plab amaliyot tizimlar uning versiyalari bо‘ldi. Firma-ishlab chiqaruvchilar Unix xossalarini о‘z apparatlari uchun moslashtirdilar.

Shaxsiy kompyuterlarning paydo bо‘lishi va mahalliy tarmoqlarning yaratilishi bilan amaliyot tizim tomonidan tarmoq vazifalarini qо‘llab-quvvatlash zarurati tug‘ildi. 80-yillarda ishlagan kо‘plab mashinalarda MS DOC amaliyot tizimi faqat fayllarni boshqarish va navbatma-navbat dasturlarni ishiga tushirishga qodir bо‘lgan. Keyingi amaliyot tizimlarda foydalanuvchiga qulay bо‘lgan grafik interfeys, ishlov berishning kо‘p foydalanuvchili ish tartibi, sichqoncha yordamida ishlov berishni boshqarish imkoniyatlari paydo bо‘ldi. Amaliyot tizimlarning muhim natijasi shaxsiy kompyuterlar asosida mahalliy tarmoqlarni qurish uchun yaxshi platforma bо‘lgan OS/2 ning paydo bо‘lishi bо‘ldi. Mahalliy tarmoqlarning paydo bо‘lishi bilan ajratiladigan resurslar tushunchasi paydo bо‘ldi, amaliyot tizim tashqi dasturlarni -tarmoq qobiqlari bilan tо‘ldirdi.

Bozorning katta qismini Nowell kompaniyasining Netware amaliyot tizimi egalladi. Bu amaliyot tizim о‘rnatilgan tarmoq о‘z vazifalariga ega bо‘ldi, mahalliy tarmoqlarning yuqori unumdorligi va himoyasini ta’minladi. Bu imkoniyatlarni Netware amaliyot tizimi о‘rnatilgan tarmoq serverlari yordamida amalga oshirildi.

Faqat shaxsiy kompyuterlar uchun maxsus ishlab chiqilgan MS DOS, OS/2 Netware amaliyot tizimlari qо‘llanilgan emas, lekin mavjud bо‘lgan Unix platformasidagi amaliyot tizimlar ham modernizatsiyalashtirildi. Bu davrda Ethernet, Token Ring, FDDI mahalliy tarmoqlari uchun kommunikatsion texnologiyalarga standartlar qabul qilindi. Bu OSI modelining pastki pog‘onalaridagi amaliyot tizimlarni moslashtirilishini tarmoq adapterlar interfeyslari bilan standartlashtirishga imkon berdi.

90-yillarda barcha tarmoq vazifalari amaliyot tizim yadrosiga о‘rnatildi va ularning ajralmas qismi bо‘lib qoldi. Amaliyot tizimlari barcha lokal (Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, Token Ring, FDI ATM) va global (X.25, Frame Relay, ISDN, ATM) tarmoqlar, shuningdek, tarkibiy tarmoqlar texnologiyalari bilan ishlash imkoniyatini berdi. Bu davrning oxirida Internet bilan ishlashni quvvatlashga katta etibor qaratildi, TCP/IP protokollar steki ommalashdi. Bu stek Unix oilasidagi amaliyot tizimlardan tashqari boshqa tizimlarni ham quvvatlaydigan bо‘ldi. TCP/IP dan tashqari, Telnet, FTP, e-mail servislar ishlatadigan utilitlar paydo bо‘ldi. Kompyuter va tarmoq resurslariga ruxsat etish qurilmasidan tashqari kommunikatsiya vositasi ham bо‘lib qoldi.

Amaliyot tizimning muhim vazifalaridan biri axborot xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Ayniqsa, bu muammo о‘z ma’lumotlar bazasiga ega quvvatli serverlar asosidagi korporativ tizimlarning paydo bо‘lishi bilan dolzarb bо‘ldi. Axborot resurslarni va sirli axborotlarni himoyalash zarurati amaliyot tizimlarning takomillashishi va rivojlashishiga yangi turtki berdi. Korporativ amaliyot tizimlar katta ishlab chiqarish va moliya tuzilmalarida ishlashi kerak bо‘ldi. Korporativ tizimlar uchun turli ishlab chiqaruvchilardan bir turda bо‘lmagan dasturni va apparat vositalarining mavjud bо‘lishi muhimdir, shuning uchun korporativ amaliyot tizim har xil turlardagi amaliyot tizimlar bilan о‘zaro ishlash va turli apparatli platformalarda ham ishlashi kerak. 90-yillarda Netware 4.x va 5.0 Microsoft Windows nT 4.0 amaliyot tizimlari, shuningdek, Unix-tizimlar keng qо‘llanilgan. Bu davrda yirik serverlar uchun OS/390 amaliyot tizim yaratilgan, u TCP/IP protokollar asosida foydalanuvchilar bilan tarmoqda о‘zaro ishlashning qо‘shimcha vositalariga ega bо‘lgan.

Tarmoq tizimlariga mо‘ljallangan zamonaviy amaliyot tizimlar, avvalo shaxsiy kompyuterlar foydalanuvchisi bilan qulay interfeys talablarini qoniqtirishi kerak. Bundan tashqari, xizmat kо‘rsatishda oddiylik, ishlashda ishonchlilik, ruxsat etilmagan ruxsat berishdan himoya talablari qо‘yildi. Bugungi kunda qо‘llanilish sohasi, usullari bilan farqlanadigan kо‘p sonli har xil turlardagi amaliyot tizimlar mavjuddir.

Kompyuterning amaliyot tizimi – bu amaliy dasturlar, foydalanuvchi va kompyuter apparaturasi orasida bog‘lovchi qism bо‘lib xizmat qiladigan о‘zaro bog‘langan dasturlar majmuasidir.

Tarmoq amaliyot tizimlarini о‘rganishga о‘tishdan oldin alohida ishlaydigan kompyuterlar uchun amaliyot tizimlarni kо‘rib chiqamiz, chunki oldin kompyuterlarning mustaqil qurilma sifatida ishlashini ta’minlaydigan amaliyot tizimlarning vazifalarini о‘rganish muhim, keyin esa ularning vazifalari tarmoq kompyuterlarida ishlashini о‘rganish kerak.

Avvalo, kompyuterning amaliyot tizimi foydalanuvchining barcha ishini sezilarli soddalashtiradi, hatto uning ichki tuzilishini, bog‘lamalari va bloklarining ishlash tamoyillarini bilmagan holda, kompyuter resurslaridan maksimal foydalanish imkoniyatini beradi. Foydalanuvchining kompyuter bilan bundan oddiy muloqoti qulay grafik interfeys, faylli tizim, yuqori darajadagi dasturlash tillarining mavjudligi bilan ta’minlanadi. Bu qulaylik amaliyot tizim tomonidan ta’minlanadi.

Disk bilan ishlashda dasturchiga har bir nomga ega bо‘lgan fayllar tо‘plami kо‘rinishida dasturni taqdim etish yetarli bо‘ldi. Foydalanuvchiga faylni ochishni bilish, ishlov berish operatsiyasini, о‘qishni yoki yozishni bajarish yetarli bо‘ladi, barcha qolgan ishlar: disklardan bо‘sh joylarni qidirish, bloklarni manzillashtirish, disklar yо‘laklaridagi sektorlarni nomerlash, joylashtirish va о‘qish tartibini amaliyot tizimning о‘zi bajaradi. Amaliyot tizim kompyuterning apparat qurilmalari - printerlar, skanerlar, barcha turdagi TXQ, DXQ XQ ichki xotiralari, kesh-xotira bilan ishlashni о‘z zimmasiga oladi. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, joylashtirish, saqlash va о‘z vaqtida ma’lumotlarni о‘qish ham amaliyot tizimning vazifasi hisoblanadi.

Zamonaviy kompyuterlarda amaliyot tizim multidasturli ish tartib, virtual xotira bilan ishlash, real vaqt tartibida ishlash, konveyrli va superskalyar ishlov berish kabi murakkab ishlov berish amallarini bajaradi.

Amaliyot tizimning yuqorida kо‘rsatilgan barcha vazifalarini ham foydalanuvchi, ham kompyuterning qurilmalari maksimal imkoniyatlaridan foydalanish uchun qulay interfeys sifatida ta’minlanadigan dasturlar tо‘plami yordamida ishlatiladi.

Amaliyot tizimning boshqa muhim vazifalari kompyuter о‘zining resurslarini boshqarishi hisoblanadi. Bu resurslar xotira, tо‘plagichlar, kiritish-chiqarish qurilmalari ishlatilishi jarayonida hisoblash jarayonlari orasida taqsimlanishi kerak. Jarayon - bu ma’lumotlarga ishlov berish dasturini ishga tushirish yordamida bajarilishidir. Boshqacha aytganda, bu foydalanuvchi tomonidan yozilgan dasturni dinamik ishlatish jarayoni hisoblanadi. Resurslarni boshqarish quyidagi umumiy masalalarni yechishni о‘z ichiga oladi:


  • kerakli vaqt momentida, kerakli hajmda, kerakli jarayonda yechiladigan resurslar (jarayonlar) masalalari uchun ajratiladigan resurslarni rejalashtirish;

  • sо‘raladigan resurslarga sо‘rovni qoniqtirish;

  • ajratiladigan resursdan foydalanishni nazorat qilish:

- resurslarni ishlatishda jarayonlar orasidagi vaziyatlarni hal etish.

Amaliyot tizim, turli algoritmlarning kelish tartibi, ustunliklarni о‘rnatish asosi, doirali xizmat kо‘rsatish bо‘yicha resurslarga xizmat kо‘rsatishni tashkillashtiradi. Bunda resurslarni boshqarishning kо‘plab vazifalari amaliyot tizim tomonidan avtomatik ravishda bajariladi, foydalanuvchi bu harakatlar haqida xabardor ham bо‘lmaydi.



Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish