15-savol Hosil qiluvchi to‘qima
Hosil qiluvchi to‘qima meristema (yunoncha so‘z bo‘lib, meristos - bo‘linish) hosil qiluvchi to‘qima bo‘lib, yangi hujayralarni va to‘qimalarni hosil qilish xususiyatiga ega va o‘simliklarning o‘sishini ta’minlaydi.Meristema to‘qimasi behisob bo‘linish xususiyatiga ega va uni ko‘p vaqt saqlab qoladigan bir qancha initsial hujayralarga ega. Ulardan o‘simliklarning barcha to‘qma va organlari hosil bo‘ladi. Hosil qiluvchi to’qimalar o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi, chunki ularning ishtirokisiz o’simliklar o’smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi.
Hosil qiluvchi to’qimalar o’simliklarda joylashgan o’rniga ko’ra 4 xil bo’ladi. 1) Тepa- apikal meristema. 2) Intyerkalyar meristema. 3)Yon meristema. 4) Yara meristemalari
16-savol Hosil qiluvchi to’qimalarni hujayrasini yadrosi yirik, tez- tez bo’linish xususiyatiga ega bo’ladi. Hosil qiluvchi to’qimadan vujudga kelgan hujayralar avval o’sadi, so’ngra ma’lum shaklga kirib, doimiy to’qimani hosil qiladi. Bu to’qima keyinchalik yashay veradi va kam o’zgaradi yoki nobud bo’ladi. Hosil qiluvchi to’qimani o’zi kelib chiqishiga ko’ra 2 xil bo’ladi.
Birlamchi hosil qiluvchi to’qima- prokambiy
Ikkilamchi hosil qiluvchi to’qima- kambiy
Prokambiy to’qimasi o’simlik organlarining o’sish nuqtalarida ildizning va poyaning uchida, ya’ni o’sish konusida bo’ladi. O’sish konusidagi hujayralarning bo’linishi hisobiga ildiz va poya bo’yiga o’sadi. Birlamchi hosil qiluvchi to’qima (meristema) o’sish konusining eng uchida joylashgan bitta dastlabki xujayraning ketma- ket bo’linishi natijasida rivojlanadi. Keyinchalik bu hujayradan kelib chiqishga ko’ra birlamchi hisoblangan har xil to’qimalar ajraladi. Birlamchi meristemadan cho’ziq va ingichka hujayralar guruhi ham ajralib chiqa boshlaydi va ular o’sish konusidagi birmuncha pastda joylashadi.
Prokambiy to’qimasi asosan bir pallali o’simliklarda uchraydi. Birlamchi yogochlik va birlamchi lubni hosil qilgandan keyin bir pallali o’simliklarda o’zi yo’q bo’lib ketadi. Ikki pallali o’simliklarda esa yoshlik vaqtida bo’ladi. Birlamchi yog’ochlikni va birlamchi lubni hosil qilib o’zi yo’qola boradi. Yo’qolib borayotgan bir qism prokambiy hujayralarini qayta bo’linib ko’payishidan kambiy to’qimasi vujudga keladi. Kambiy to’qimasi hosil qilishda davom etadi va chetga tomon ikkilamchi lub, markazga tomon ikkilamchi yog’ochlik kattalashadi. Natijada ikki pallali o’simliklarni o’z organlari o’sib, yo’g`onlashadi. Yillik halqalar kambiy to’qimasining faoliyati tufayli, vujudga keladi. Alohida qoplovchi to’qima- po’kak hosil qiluvchi po’kak kambiy ham ikkilamchi hosil qiluvchi to’qimaga kiradi.
Fellogen faoliyatining xarakteriga ko’ra turli ko’rinishdagi po’stloq hosil bo’lishi mumkin. Fellogenning doira shaklda joy olishdan halqasimon po’stloq hosil bo’ladi. Agarda fellogen ayrim bo’laklar shaklida hosil bo’lsa, tangachasimon po’stloq kelib chiqadi. Bu xildagi po’stloq ko’p uchraydi. Qalin qatlamli po’stloq daraxt tanasini mexanik shikastlanishdan, yong’indan va haroratning keskin o’zgarishidan saqlaydi. Ba'zi o’simliklarda po’stloq umuman hosil bo’lmaydi (chinor, chetan, shumrut).
17-savol Qoplovchi to’qima Qoplovchi to’qimaning vazifasi o’simliklar tanasini eng tashqi tomondan qoplab turib, ularni tabiatning noqulay omillari ta’siridan asrash, hamda zararli mikroorganizmlarni ularning ichki qismlariga kirishdan saqlaydi. Bundan tashqari qoplovchi to’qimalar gaz almashinuvini ta'minlaydi, qisman o’simlik va atmosfera o’rtasida havo almashnuvini idora qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |