78-savol Notakomil zamburug’lar sinfi
Deyteromitsetlar yoki takomilllashmagan zamburug’lar sinfi 25-30 mingdan ziyod turni o’z ichiga oladi.Ularning miseliylari bo’g’imli,yani ko’p hujayrali, hayot sikli faqat gaploidli davr bilan tugaydi. Jinsiy jarayon sodir bo’lmaydi. Jinssiz yo’l bilan ko’payishi konidiyasporalar vositasida ro’y beradi. Deyteromiset zamburug’larining vegetative tanasidagi mitseliy gaploidli fazada bo’lib,lo’p yadroli hujayralardan iborat. Mitseliy bo’g’imli bo’g’imlar oraslig’ida xaltachali zamburug’larnikliga o’xshash sporalar bo’ladi.
Ko’pchilik deteromisetlar konidiyasporalar,ayrim vakillari esa sklerostiy hosil qilish yo’li bilan ko’payadi.Jinssiz ko’payishi ko’p hujayrali mitseliy uchlaridagi konidiyasporalarning yetilishi vositasida bo’ladi
Eng murakkab konidiya tuzilish piknidi hisoblanadi. Uning konidiya bandlari ichi kavak va uch qismida torgina teshikcha bo’ladi. Piknidi ichidagi qisqa bandli konidiyalar uchida sporalar rivojlanadi. Konidiya sporalar yetilgach sachraydi va atrofga tarqaladi. Deyteromisetli zamburug’larning konidiyalari morfalagik jihatdan har xil;sharsimon,ellipsoid, ipsimon,yulduzsimon,bir hujayrali,bo’g’imli bo’ladi.Konidiya ranglari yaltiroq,qo’ng’ir-qoramtir bo’lishi mumkin.
Deyteromisetli zamburug’larning vakillari tabiatda keng tarqalgan bo’lib ko’plari saprofit oziqlanadi. Tuproqda boshqa tur zamburug’lar ichida ko’pchilikni tashkil etadi. Shular orasida trixodesma[trichodesma] katta ahamiyatga ega. U tuproqdagi qoldiqlarni sellyuloza va ligninni chiritishda muxim ro’l o’ynaydi.Shu bilan birga deyteromisetli zamburug’larning vakillari yuksak o’simliklarda parozitlik qilib,ekinlarga katta ziyoh keltiradi.
79-savol
Lishayniklar o’ziga xos tuzilgan simbioz organizm bo’lishligi bilan boshqa o’simliklardan farqqiladi. Ular zamburug’ va suvo’tlarinig qo’shilishidan vujudga kelgan. Ikki tuban o’simlik shunchalik bir-biriga qo’shilib ketganki ularda modda almashinuvi chambarchas boqlangan, bir butun organizmni hosil qilgan. Lishay-niklarning tarkibini asosan xaltachali, bazidiyali zamburug’lar hamda yashil va ko’k-yashil suvo’tlarni tashkil qiladi. Lishayniklar avtotrof organizm bo’lib, ulardagi zamburug’lar anorganik moddaning bir qismi bilan oziqlanadi va o’z navbatida suvo’tlarini suv va unda yerigan mineral moddalar bilan ta'minlaydi.
Lishayniklar har xil rangda bo’ladi. Ular tanasining tuzilishiga ko’ra yopishqoq yoki po’stloqsimon, bargsimon yoki plastinkasimon hamda bo’tasimon yoki shoxlangan lishayniklarga bo’linadi (82-rasm).
Lishayniklarning vakillari asosan tundrada, tog’ toshlarida, qoyalarda, daraxt po’stloqlarida xullas havosi toza muhitda yashaydi. Tabiiy sharoitda ular asosan vegetativ ko’payadi. Ular yuksak o’simliklarning o’sishi uchun zamin yaratadi. Tundra zonasida katta maydonlarni egallagani uchun ularni asosan bug’ilar iste'mol qiladi. Bundan tashqari lishayniklarni oziq-ovqat sifatida, meditsinada, parfyumyerasanoatida, efir moyi olishda, bo’yoq olishda ishlatiladi. Lishayniklar organizmlarning o’ziga xos guruhi bo’lib , tanasi 2 xil komponentdan : yani avtotrof fikobiont va geterotrof mikrobiont iboratdir. Ular birgalikda morfologo- anotomik, fiziologik , bioximik , ekologik va sifat jihatdan mustaqil hayot kechiruvchi zamburug’lar va suvo’tlardan farq qiladigan , yagona simbioz organizm hosil qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |