J. Xodjayev,
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi
A. Turayev
2. Sohaga 10 nafar xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda agroxizmatlar markazlari uchun yetuk kadrlarni tayyorlash, ularni doimiy malakasini oshirish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil mart
|
1,3 mln AQSh dollar (XMI mablag‘lari)
|
141.
|
Agrosanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobar oshirish.
|
2022-yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish.
sanoatbop meva-sabzavot hajmi 3,4 mln tonnaga, qayta ishlash quvvatlarini 3,1 mln tonnaga va qayta ishlash darajasini 16 foizga yetkazish;
meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlarini 3,1 mln tonnaga (107 foiz), sutni — 2,9 mln tonnaga (111,5 foiz), go‘shtni — 410 ming tonnaga (119 foiz) yetkazish;
oziq-ovqat mahsulotlari assortimentini (qayta ishlangan go‘sht-sut, meva sabzavot, yog‘-moy va boshqalar) 898tadan 1100 taga yetkazish;
3,2 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil mart
|
XMI va tijorat banklari hamda tashabbuskorlar o‘z mablag‘i
|
Bosh vazir o‘rinbosari
Sh. G‘aniyev
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
J. Xodjayev
|
142.
|
Agrologistika markazlarini rivojlantirish va zamonaviy laboratoriyalar soni ko‘paytirish.
|
1. Agrologistika markazlari sonini 73 taga va quvvatlarini 1,1 mln tonnaga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.
|
Chora-tadbir dasturi
|
2022-yil mart
|
156,5 mlrd so‘m
(o‘z mablag‘i — 65,3 mlrd so‘m, bank krediti — 29 mlrd so‘m, xorijiy investitsiyalar — 6,2 mln doll., xorijiy kredit liniyalari )
|
Bosh vazir o‘rinbosari
Sh. G‘aniyev
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
J. Xodjayev,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Sh. Vafayev,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar
|
2. Xalqaro moliya institutlari mablag‘i hisobiga xususiy sektorni jalb qilgan holda kichik agrologistika markazlari tarmoqlarini kengaytirish.
Bunda:
Jahon banki ishtirokida xususiy sheriklik asosida agrologistika markazlarini qurish tartibini ishlab chiqish;
talabgorlarga tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tender savdolarini o‘tkazish;
tender g‘olibi tomonidan loyiha obyektini tayyor holda qurib topshirish.
|
Amaliy-chora-tadbirlar
|
2022-yil davomida
|
65 mln doll. (Jahon banki mablag‘lari)
|
3. Zamonaviy laboratoriyalar soni ko‘paytirish choralarini ko‘rish, shu jumladan, “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” DUK tarkibida Andijon viloyatida xalqaro darajada akkreditatsiyalangan hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kompleks tahlil qiluvchi referens laboratoriyalar tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil aprel
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |