2-qism Toshkent 2020 O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent farmatsevtika instituti



Download 0,82 Mb.
bet48/52
Sana21.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#687793
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
FITQusl.qol.2-qism.10.02.2020

II. Mavzuning ahamiyati: MDH davlatlarida farmatsiyani rivojlanishi haqida tinglovchilarda ko‘nikmalar hosil qilish.


III.Sinov testlari.


1.Moskvada birinchi dorixona qachon ochilgan?

  1. 1581 nyilda

  2. 1645 yilda

  3. 1475 yilda

  4. 1901 yida



2.Moskvada birinchi ochilgan dorixona qanday nomlangan?

  1. Podshoh dorixonasi

  2. Shahar dorixonasi

  3. Qishloq dorixonasi

  4. Hamma javoblar to‘g‘ri



3.Moskvada birinchi ochilgan dorixonaga kim rahbarlik qilgan?

  1. Angliyadan kelgan dorixonachi

  2. Meksikadan kelgan dorishunos

  3. Oddiy tabib

  4. Leningraddan kelgan Provizor Kaplan



4.Farmatsiya so‘zining ma’nosi.
A.Grekcha farmakon so‘zidan oligan bo‘lib shifo degan ma’noni anglatadi.
B.Lotin tilidan olingan bo‘lib Dori degan ma’noni bildiradi.
C.Rus tilidan olingan so‘z bo‘lib shifokor ma’nosini anglatadi.
D.Hamma javoblar to‘g‘ri.


IV.Mustaqil tayyorlash uchun savollar.

1.Moskvada farmatsiyani rivojlanishi.


2.Sankt-Peterburgda farmatsiyani rivojlanishi.
3.Xitoyda farmatsiyani rivojlanishi.


V.Axborot qismi.

Har qanday fanning o‘ziga xos kelib chiqish tarixi bo‘lgani kabi farmatsiya ham o‘zining tarixiga ega. Farmatsiya so‘zi grekcha "farmakon" so‘zidan olingan bo‘lib, dori (lekarstvo) degan ma'noni anglatadi. Hozirgi kunda esa farmatsiya bir qancha bilimlarning kompleksini o‘ziga mujassamlashtirib, tibbiyot, farmatsiya va veterinariyada qo‘llaniladigan dori-darmonlarni izlab topish, qayta ishlash, standartlash, saqlash va tayyor mahsulotni berishga asoslanadi.


Farmatsiya tushunchasi o‘ziga bir qancha yaqin fanlar: Farmakognoziya, Texnologiya, Farmatsevtik kimyo, Toksikologiya, Farmatsiya iqtisodiyoti va menejmenti fanlari asosini tashkil qiladi. Shuning uchun farmatsiya tarixi dorishunoslik tarixini bosqichma-bosqich ravishda izohlab berishdan iborat.
Kishilarni davolash va dorishunoslik asosida kishilik tarixi o‘z ifodasini topib, inson dunyoga kelib, ming yillar davomida har xil o‘tli ovqatlarni iste'mol qilish bilan birga ularda qandaydir shifobaxsh xususiyat mavjud ekanligini aniqlay boshladilar. Shulardan birinchilari og‘riq qoldiruvchi, oshqozon, ichak o‘simliklardir. So‘ngra insoniyat ongini o‘sib borishi kishilarni har xil ovchilik bilan shug‘ullanishlari natijasida hayvon go‘shtlari, yangi jigar, yog‘larni iste’mol qilishlari bilan odamlar o‘zlarini yaxshiroq, tetikroq his qila boshladilar.
Xalq tabobati esa ma’lum o‘simliklar bilan davolashni o‘rgandi. Masalan, angishvonagul, may marvaridguli, xina ildizi, qoqio‘t, bargizo‘t kabilar.
Hozirgi kunda ham ular tibbiyot va farmatsiyada keng qo‘llanilmoqda. Quldorlik davridan boshlab, tibbiyot va farmatsiya rivojlanib bordi (Xitoy, Hindiston, Arabiston, Gretsiya) 15-16 asrlarga kelib kapitalistik ishlab chiqarish yuzaga kelishi bilan birga kimyo va farmatsiya rivojlana boshladi.
Bu davrga kelib dorixonalar yaxshi jihozlangan kimyoviy laborotoriyalar vazifasini bajara boshladi. Farmatsevtlar ko‘pincha kimyoviy tajriba o‘tkazuvchilar bo‘lib qoldilar. Juda ko‘p kimyoviy izlanishlar dorixonalarda o‘tkazilib, bu faqat farmatsiya sohasida emas, balki kimyo sohasida ham iqtisodiy natija bera boshladi. Ayrim dorixonalar bazalarida ilmiy markazlar ham paydo bo‘ldi. Qadimgi Rossiyada ham har xil tibbiy yordam ko‘rsatishar edi. Vrachlik kasbi ancha ulug‘ hisoblanib XI asrda Rossiyada cherkovlar qoshida monarxlar va yaqin turuvchi aholini davolash uchun shifoxonalar tashkil qilindi. Bularda tabiblar xalq tabobati o‘simliklari bilan xalqni davolay boshladilar. XV asrga kelib rus knyazliklari yana birlashdilar. Bu vaqtda tibbiyotda undan ko‘proq tibbiyot mutaxassisliklari mavjud edi. Bularga tabiblar, o‘tdan dori tayyorlovchilar (travniki), qon tushirib davolovchilar kirardi. Ularda turli do‘konchalar mavjud bo‘lib, do‘konlarda har xil kukunlar, surtmalar, nastoykalar tayyorlanib, so‘ng sotilar edi. Bu sotuvchilar o‘sha zamonni yuqori bilimiga ega bo‘lgan, dorilarning xossasi va ta'sirini yaxshi biluvchi kishilar edi.
1581 yilda Moskvada birinchi dorixona ochilib, uni podsho dorixonasi deb nomlangan (sarskaya apteka). Unga aptekachini Angliyadan taklif etiladi. Bu dorixona faqat podsho oilasinigina ta'minlar edi. Dorilar esa faqat podshoning buyrug‘i asosida tayyorlanar edi. Tayyorlangan har bir dorini tabibni o‘zi va aptekachi tatib ko‘rgandan keyingina podsho va uning oilasiga ichish uchun berilardi.
Oradan qariyb 100 yil o‘tgandan keyingina 1672 yili ikkinchi dorixona ochiladi. Bu dorixona endi faqat katta lavozimda ishlovchilar va ularning oilalariga xizmat qiladi. Bu dorixona shtatida aptekachilar, vrachlar, alximiklar, tabib va dorixona o‘quvchilari bor edi. Dorixona ichida o‘tlar quritiladigan shkaf ya'ni sushilka, dori tayyorlash uchun laboratoriya va boshqa xonalar mavjud edi. 1682 yilda aholi gospitali qoshida uchinchi aholi dorixonasi ochildi. Lekin Rossiya aholisi eskicha tabib va dorishunoslar xizmatidan foydalanar edi.
Farg‘ona vodiysida birinchi dorixona 1892 yil Qo‘qonda, ikkinchisi 1894 yilning may oyida Marg‘ilonda, uchinchisi — Andijonda 1896 yil sentyabrda, to‘rtinchisi esa Namanganda 1901 yil avgustda ochildi. Buxoroda birinchi dorixona 1889 yil yanvarda Buxoroning eski shahar qismida ochildi. 1895 yil esa Buxoroning yangi shahar qismida «Ermans savdo uyi» tomonidan xususiy dorixona ochildi. 1903 yil Buxoroning eski shahar qismida ikkinchi xususiy dorixona ochildi.
1900 yillarda Toshkent temir yo‘li qurilishi munosabati bilan Toshkentga Rossiyadan ko‘pchilik aholi ko‘chib keladi. 1911 yilning may oyida Turkiston General-gubernatori Toshkentning ruslar yashaydigan qismida yana 7 ta dorixona ochishga ruxsat berdi va bu dorixo­nalar 1912 yil davomida ochildi. Ushbu dorixonalar yangi ochilgan ko‘chalar nomiga qo‘yildi. Shunday qilib, 1913 yil toshkentning 70 ming ruslar yashaydigan qismida 11 dorixona mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 170 ming aholi yashaydi­gan eski shahar qismida faqat shu yili aprelida yagona xususiy do­rixona ochildi. Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 1904 yilda, Marg‘ilonda esa 1908 yil may oyida xususiy dorixonalar ochildi.
1914 yilda O‘zbekistonning qishloq yerlarida 138 o‘rinli 23 shifoxona, 10 feldsherlik punkti, 6 dorixona bo‘lib, ularda 19 shifokor, 48 feldsher, 2 doya va 6 farmatsevt ishlar edi. Xiva shahrida birinchi dorixona 1915 yili ochildi. Oktabr to‘ntarishiga qadar hozirgi O‘zbekiston hududida 46 ta do­rixona bor edi. Toshkent shahar va viloyatida 17 ta dorixona, shulardan 12 ta xususiy dorixona Toshkent shahrida, 5 dorixona uyezd va qishloqlarda joylashgan edi. Farg‘ona viloyatida 13 ta dorixona bo‘lib, shulardan 9 tasi shaharlarda; Andijonda - 2 ta, Namanganda - 2 ta, Farg‘onada - 1 ta, Marg‘ilonda - 1 ta, O‘shda 1 ta, 4 tasi esa Asaka, Shaxrixon, Jalolobod qishloqlarida joylashgan edi. Samarqand viloyatida 10 ta dorixona bor edi, shulardan 4 ta dori­xona shaharlarda, 6 tasi qishloqlarda joylashgan edi. Buxoro shahrida - 3 ta, Surxondaryo viloyatida - 1 ta, Qashqadaryo viloyati Bexbudiy shahrida 1 ta dorixona bo‘lgan Qirg‘iziston Rossiyaga qo‘shib olinishidan avval uning yerlari Qo‘qon xonligiga qarashli edi. 1863-1876 yillari Qirg‘iziston yerlari Rossiyaga qo‘shib olinib, Turkiston General-gubernatorligi tarkibiga kirdi. Qirg‘iziston yerlari 1867 yili tashkil qilingan Semirechiya viloyati tarkibiga kirdi. Semirechiya viloyati 6 uyezdga bo‘lingan edi. 1885 yili O‘sh uezdi markazida dorixonasi bo‘lgan 15 o‘rinli shahar kasalxonasi faoliyat ko‘rsata boshladi. Qirg‘izistonda xususiy dorixonalar 1907 yili Tokmakda va Pishpeqda, 1908 yili O‘shda, 1911 yili esa Jalolobodda ochildi. 1913 yi­li Belovodsk va Tokmakda qishloq dorixonalari tashkil etildi.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish