Ayrim suvda yashovchi (gidrobiont) hayvonlar suvni yutishi yoki filtratsiya qilish orqali yashashga moslashgan. Natijada suv havzalarida biologik tozalanish sodir bo’ladi. Masalan, lixet, mshanka, astsidiy, plankton, qisqichbaqasimonlar, midiyalar bir sutkada 150-280 m3 suvni tindiradi va tozalaydi. Qurg’oqchil sharoitda yashovchi suvo’tlari, lishayniklar va moxlar poykilokserofitlar deb atalib, ular qurg’oqchil davrlarda qurib qolib, anabioz holatga o’tadilar va yog’ingarchilik bo’lgan vaqtda yana hayotini tiklab davom ettiraveradilar.
Nazorat savollari:
Tirik organizmlar qanday muhitlarda tarqalishini tushuntiring.
Moslashish tushunchasini izohlab bering?
Ekologik omillarni sanab bering.
Ekologik omillar orasida antropogen omilning o‘rni qanday kechmoqda?
O‘simliklarning qanday hayotiy shakllarini bilasiz?
D.N.Kashkarov hayvonlarni harakatlanish bo‘yicha qanday guruhlarga ajratgan?
Ekologik nisha nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |