Mexanik aralashtirish usuli mexanik aralashtirgichlarni aylanma yoki tebranma harakati tufayli amalga oshiriladi. Aralashtirgichlar vertikal, gorizontal yoki qiya joylashtirilgan valga o’rnatilgan parraklar kombinatsiyasidan iborat bo’ladi.
Suyuqlikni pnevmatik aralashtirish uslubida uning muayyan qatlami orqali siqilgan inert gaz o’tkaziladi. Gazni suyuqlikning ko’ndalang kesimi bo’ylab bir xilda tarqatish uchun barbotyorlar qo’llaniladi. Barbotyorlar perforatsiyalangan quvurdan (d=10÷50 mm) xochsimon yoki spiralsimon shakllarda tayyorlanadi. Sanoat korxonalarida plastina yoki disk shaklida ishlangan barbotyorlar ham keng qo’llaniladi.
Pnevmatik aralashtirish usuli ishchi gazni suyuqlikka ta’siri natijasida mahsulotning sifat ko’rsatkichlari buzilmaydigan holatlardagina qo’llaniladi.
TSirkulyatsion aralashtirish usulida aralashtirilayotgan suyuqlik «qurilma-nasos-qurilma» yopiq sistemasi bo’yicha, nasos vositasida, ma’lum bir vaqt mobaynida uzluksiz haydaladi.
Vaqt birligi ichida nasos yordamida uzatiladigan mahsulot miqdorini qurilmadagi suyuqlik hajmiga nisbati tsirkulyatsiyaning karrali soni deyiladi. Ushbu qiymat kattaligi jarayonning intensivligini belgilaydi.
Turbulizatorlar yordamida aralashtirish usulida suyuqlik turli xildagi turbulizatorlar (masalan, vintlar, spirallar va x.) orqali haydaladi. Turbulizatorlar qurilmalarning ishchi qismlariga (masalan, qizdirish trubkalari ichiga) o’rnatiladi.
Aralashtirish qurilmasidagi suyuqlikning harakati
Mexanik aralashtirish moslamasi bo’lgan qurilmalarda ishchi organning aylanma harakati ta’sirida suyuqlikning uch o’lchamli murakkab oqimi (tangentsial, radial va aksial oqimlar) yuzaga keladi. Agar suyuqlik tezligi υ deb belgilansa, u holda uning tangentsial ulushi υ, radial ulushi υr va aksial (o’q bo’yicha) ulushi υz ga teng bo’ladi.
Tangentsial oqim barcha tipdagi aralashtirgichlarni ishlashi paytida hosil bo’ladi. Qurilmadagi suyuqlikning tangentsial oqimi aralashtirgichni aylanish tezligiga parallel bo’lgan kontsentrik aylanalar bo’yicha harakatlanadi. Oqimning tangentsial υ tezligini o’rtacha qiymati radial υr va aksial υz tezliklarning o’rtacha qiymatlaridan deyarli 10 marta katta bo’ladi. υ qiymati qurilmaning balandligi bo’yicha sezilarli darajada o’zgarmaydi va amaliy jihatdan aralashtirish balandligidan bog’liq bo’lmaydi.
Tangentsial tezlik aralashtirgich diametri d=0.75D bo’lganda maksimal qiymatga ega bo’ladi.
Aralashtirgich katta tezliklarda aylanganda (Rem=100) aralashtirilayotgan suyuqlik markazdan qochma kuch ta’sirida moslama parraklari yuzasidan radial yo’nalishda oqib tusha boshlaydi. Radial oqim aralashtirgichning aylanish o’qiga perpendikulyar bo’lgan yo’nalishda suyuqlikning idish devori tomon harakati bilan tavsiflanadi. Bu oqim aralashtirgichning aylanish yuzasi bo’ylab harakat qilib, idish devoriga yetgandan so’ng, ikki qismga bo’linadi.
Oqimning birinchi qismi idish devori bo’ylab uning tubiga tomon yo’naladi, ikkinchi qismi esa yuqoriga qarab, suyuqlikning erkin yuzasi tomon harakatlanadi (16.1-rasm). SHu tariqa radial
oqimning yuzaga kelishi natijasida aralashtirgich qamrab olgan soha - past bosim zonasi paydo bo’ladi. Bu sohaga suyuqlikning erkin yuzasidan pastga va idish tubidan yuqoriga yo’nalgan oqimlar intiladi. Natijada, ushbu past bosim zonasida qurilmaning yuzasidan pastga, parrak tomonga yo’nalgan va idish tubidan yuqoriga yo’nalgan suyuqlikning aksial oqimi yuzaga keladi. Aksial oqim yo’nalishi aralashtirgichning aylanish o’qiga parallel bo’ladi.
SHunday qilib, qurilmada suyuqlikning barqaror aksial (meridial) oqimi yoki barqaror majburiy tsirkulyatsiya hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |