Markazdan qochma tipdagi nasoslar. Markazdan qochma tipdagi nasoslar qovushqoqligi kam bo’lgan va nisbatan ko’p miqdordagi suyuqlikni past bosimlarda uzatish uchun qo’llaniladi. Bu nasoslarning ishlash printsipi oqimning kinetik energiyasini (bosimni) potentsial energiyaga aylantirishga asoslangan. Bunday turdagi nasoslarning spiralsimon qobig’i orasida joylashgan parrakli ishchi g’ildirakning aylanishi tufayli markazdan qochma kuchlar paydo bo’ladi. Bu kuchlar ta’siri ostida suyuqlikni nasosga so’rilishi va undan haydalish jarayonlari bir me’yorda uzluksiz boradi.
So’rish quvuridan ko’tarilayotgan suyuqlik ishchi g’ildirakning o’qi bo’ylab korpusga yo’naladi. Ishchi g’ildirak suyuqlikni aylanma harakatga keltiradi. Aylanish natijasida yuzaga keluvchi markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlik korpus va ishchi g’ildirak oralig’ida hosil bo’luvchi o’zgaruvchan ko’ndalang kesimli kanalga o’tadi. Ishchi g’ildirakning parraklari (kuraklari) va spiralsimon shaklda tayyorlangan qo’zg’almas qobiq orasida hosil bo’luvchi bu kanalda suyuqlik tezligi asta-sekin haydash quvuridagi tezlikkacha pasayadi, uning bosimi esa ortib boradi. Bu bosim ta’sirida suyuqlik nasos kanalidan haydash quvuriga siqib chiqariladi. Bu paytda ishchi g’ildirakka kirish zonasining markazida bosim pasayib, siyraklanish hosil bo’ladi. Natijada, suyuqlik oqimi nasosga uzluksiz ravishda so’rilib turadi.
Suyuqlikning haydash quvuridagi muayyan tezligini bir me’yorda ta’minlash uchun nasos kamerasiga yo’naltirgich va diffuzor o’rnatiladi.
Nasosni ishga tushirish oldidan yoki uni qisqa muddatlarga to’xtatilganda ishchi g’ildirak suyuqlik bilan to’ldiriladi. Bunday paytda suyuqlikning oqib ketishini oldini olish uchun so’rish quvuriga teskari klapan o’rnatiladi.
Ishchi g’ildiraklar soniga ko’ra bir bosqichli va ko’p bosqichli markazdan qochma tipdagi nasoslar mavjud.
Bir bosqichli nasosning umumiy bosimi 50, ayrim hollarda esa 70 metr suv ustuni balandligidan oshmaydi. SHuning uchun nasos korpusidagi valga bir nechta (beshtadan oshmagan) ishchi g’ildiraklar o’rnatilishi mumkin. Ko’p bosqichli nasosning umumiy bosimi, uning ishchi g’ildiraklari soniga mutanosib ravishda, 20 MPa gacha ortadi.
Markazdan qochma tipdagi nasoslarning ish unumdorligi, umumiy bosimi va iste’mol quvvati qiymatlari ishchi gildirakning aylanishlar chastotasi bilan aniqlanadi.
Ishchi g’ildirakning aylanishlar chastotasi o’zgarmas bo’lganda (n =const) nasosning bosimi N, foydali ish koeffitsienti va iste’mol quvvati N qiymatlarini uning ish unumdorligidan Q bog’liqligini ifodalovchi grafik (14.4-rasm) nasosning ishchi xarakteristikasi deb yuritiladi.
Ishchi xarakteristika haydash liniyasiga o’rnatilgan zadvijkaning ochiqlik darajasi turlicha bo’lgan holatlarda nasos ishini tekshirish uchun tuziladi. Zadvijka to’la berk bo’lganda (Q=0) nasos quvvati minimal bo’lib, uning salt ishlashi uchun zarur bo’lgan quvvatga to’g’ri keladi (Nmin=Nsalt). Bu paytda f.i.k. qiymati ham n=0. Zadvijkani ochish tufayli nasosning ish unumdorligini orttirsak (Q→ max) uning bosimi pasayadi (N→ 0), iste’mol quvvati esa ortadi.
14.4-grafikning tahliliga asosan quyidagi xulosaga kelish mumkin: nasosning ish unumdorligini ortishi bilan uning bosimi pasayadi, iste’mol quvvati esa ortadi. Nasosning foydali ish koeffitsienti, ish unumdorligining ma’lum chegaralarida, dastlab maksimum qiymatgacha ortib boradi, so’ngra kamayadi. Bu hol shuni ko’rsatadiki, nasos ishchi g’ildiragini aylanishlar chastotasi o’zgarmas bo’lgan holatda, uning xarakteristikasidan foydalanib, energiyani tejash imkonini beruvchi ratsional ish rejimlarini aniqlash mumkin.
Nasos dvigatelining iste’mol quvvatini N (kVt) quyidagi tenglama yordamida aniqlash mumkin
N = (QgH)/1000n , (14-19)
bu yerda Q- nasosning hajmiy ish unumdorligi, m3/sek; - cuyuklikning zichligi, kg/m3; N- nasos hosil qilgan bosim, metr suv ustuni; n- nasosning f.i.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |